Qahramonlik dostonlari.
«Qahramonlik» termini o`zbek folklorshunosligida ikki manoda keng manoda, umuman o`zbek eposiga nisbatan, tor manoda, uning bir turiga nisbatan ishlatiladi.
Romanik dostonlar. O`zbek xalq baxshilari repertuaridagi dostonlarning eng katta qismi romanik dostonlardir. «Xalq romani», «romanik» terminlari turkologiyada shartli ravishda kabul qilingan bo`lib, ular og`zaki yaratilgan, bazan kelib chiqishi jihatidan kitobiy manbaga ega bo`lgan va og`zaki ijro etilgan muayyan dostonlar guruhini bildiradi
Jangnoma-dostonlar qahramonlik dostonlari bilan romanik epos o`rtasidagi alohida bosqichni tashkil etadi. Shu manoda ular alohida turni tashkil etishi mumkin.
O`zbek xalq dostonlarining tarixiy-madaniy ahamiyati tengsizdir. U xalqimizning o`ziga hos badiiy tarixidir. Unda xalqimizning asrlar bo`yi qilgan orzu-umidlari, porloq kelajak haqidagi o`y-fikrlari mujassamlashgan.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Doston atamasining mohiyati nimadan iborat?
2. Doston janri o`zbek folklorida qanday o`rin tutadi?
3. Dostonlarning yaratilishiga nimalar tasir ko`rsatgan?
4. Xalq dostonlari yozma adabiyotdagi dostonlardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
5. Baxshi atamasining qo`llanishi va dostonchi baxshilar faoliyati to`g`risida nimalar bilasiz?
6. Dostonlarni kimlar tasnif qilgan?
7. Dostonlar qanday turlarga bo`linadi?
8. Dostonlarning har bir turiga xos muhim belgilar nimalardan iborat? Birma-bir misollar bilan izohlang.
9. Dostonlarning kompozitsiyasi va badiiyati haqida nimalar bilasiz?
8- MAVZU: «Alpomish» dostoni talqinlari
Reja:
Alpomish» dostoni badiyati.
Alpomish va obrazlar tahlili
Go`ro`g`li turkumi dostonlarining variantlari sususida
Go`ro`glining tug`ilishi va Ravshan dosioni.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alpomish" dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash to'g'risida"gi 1998-yil 13-sentyabr qarorida ham yuz jildlikni nashr etish masalasi qo'yilgan edi. Bundan 50 yil oldin folklorshunoslik bo'yicha birorta ham «Fan» doktori yo'q edi. Bugun, birgina Til va adabiyot instituti folklor bo'limida besh nafar «Fan» doktori (K.Imomov, T.Mirzayev, M.Jo'rayev, A.Musaqulov, J.Eshonqulov, Sh.Turdimov) kabilar, bundan tashqari mamlakatimizning oliy o'quv yurtlarida O.Safarov, S.Ro'zimboyev, H.Abdullayev, U.Jumanazarov, S.Yo'ldosheva, S.Mirzayeva, M.Yoqubbekova, D.Jo'rayeva, I.Yormatov kabi folklorshunos «Fan» doktori va professorlar faoliyat ko'rsatmoqdalar.
Mening bilishimcha ba'zi O'rta Osiyo ana'nalarida tug'ilish va uylanish bilan bog'liq alohida hikoyalar mavjud hamda ular uzundan uzun epik dostondan mustaqil ravishda ham talqin etiladi. Bu masala bo'yicha Qirg'iz epik dostoniga nisbatan T. Hatto ancha mulohazali fikr yuritadi.7
Qahramonlik dostonlari. O`zbek xalq dostonchiligi taraqqiyotida ko`pgina qatlamlar bo`lsa-da, ayniqsa, ikki qatlam, davomiy ikki bosqich qahramonlnk va romanik dostonlar bosqichi alohida ajralib turadi. O`zlarining yaratilish davri, mundarijasi, g`oyaviy mazmuni, ijtimoiy voqelikni tasvirlash tamo-yillari bilan ham bu dostonlar bir-birlaridan jiddiy farq qiladi. Biroq ular bir necha asrlar davomida baxshilar tomonidan baravar kuylab kelingan, shuning uchun ham bu xil dostonlar orasida muayyan yaqinliklar mavjud. Demak, biriga xos xususiyatning ikkinchisida zohir bo`lishi, sof qahramonlik dostonlariga xos belgilarning keyingi o`ringa surila borishi, qahramonlik dostonlaridan romanik motivlar va epizodlarning o`rin olishi tabiiy edi.«Qahramonlik» termini o`zbek folklorshunosligida ikki manoda keng manoda, umuman o`zbek eposiga nisbatan, tor manoda, uning bir turiga nisbatan ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |