SEMINAR MASHG`ULOTLARI
1- MAVZU: Xalq qoshiqlarida ramziy timsollar talqini
Reja:
“Qo`shiq” istilohi, janriy xususiyatlari.
Xalq qoshiqlarida ramziy timsollar ifodasi
Kopgina xalq qoshiqlarida mazmun bilan shakl mustahkam boglangan holda yuksak badiiylik kasb etib, eshituvchiga zavq beradi, ayniqsa, qOshiqdagi sodda til, Otkir ibora va ifoda, mazmundagi mantiqiylik uning tasirchaligini yanada oshiradi.
KOrganlarim mening yorug dunyoda,
Gamim soni sochimdan ham ziyoda.
Agar undan qutilmoqqa urinsam,
Gamim otliq qocholmayman piyoda.
QOshiqda asosiy goyani tashuvchi keyingi bayt katta bir ruhiy dunyoni ochgan. Hayotda otliqning piyodaga etib olishi tabiiy hol bOlganidek, gamdan qochib qutilib bOlmaslik ham ayni haqiqat. «Gamim soni sochimdan ham ziyoda», «Gamim otliq» kabi istiora va iboralar qOshiqning tasirchanligini yanada oshirgan.
Oxshatish, qiyoslash va istioralar Ozbek xalq qOshiqlarida asosiy Orin egallaydi:
Piyola rangiga boqsam,
Mening rangimga Oxshaydir.
Ichidagi qora choyi
YUrak qonimga Oxshaydir.
Men ham devonai Mashrab,
Jahon birla ishim bormi.
KOngilni senga boy berdim,
Mening aqlu hushim bormi.
Ishq dardiga mubtalo bOlgan insonning ruhiy iztiroblari, yurak dardlari nihoyatda mungli, hazin va ayni paytda betakror tashbehlar orqali ifodalangan.
Ishq dardida aqlu hushidan judo bOlayozgan oshiq Ozini devona Mashrabga, ishq otashida kuyib qoraygan yurak qonini piyola ichidagi choyga, hijron azobida qolib oqarib ketgan yuzini piyolaning rangiga muqoyasa qilyaptiki, bu Oxshatish tabiiy va tasirchandir.
SHunday lirik qo`shiqlar ham borki, tarixiy hayotda yuz bergan adolatsizliklar, yosh-yosh qizlarning katta mol-mulk evaziga otasi tengi kishilarga sotilishi yoki tariximizga qora dog bOlib tushgan bazi xonu beklarning xotinbozligi, maishiy buzuqligini Ozida aks ettiradi:
Osmondagi oylara,
Gul kOrmagan soylara,
On uch yoshda sotildi,
Gul bekachim boylara.
Qiz olib, juvon sotgan,
Olim bersin xonlara.
Xalq qOshiqlarida butun butun bir xalqning ruhiy kechinmalari, dunyoqarashi tOlaqonli aks etadi. QOshiqlar xalq manaviyatining qudratini, xalq irodasining bukilmasligini ifodalab, insonni jasoratga, dOstlikka, sevgida sadoqatga chorlaydi.
Xalq qo`shiqlarini badiiy-tasvir vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, Oxshatishlar va sifatlashlar qOshiqning tasirchanligini oshirib uning badiiy mukammalligini taminlaydi.
YOrim keladi yashnab,
Zar kokilini tashlab.
Xipcha belini ushlab,
SHakar labini tishlab.
Xullas, lirik qOshiqlar ham xalq manaviy madaniyatining muayyan bir qismi sifatida inson ruhiyati va dunyoqarashi, ichki kechinmalari va estetik ideallarini rang-barang badiiy tasvir vositalari va badiiy obrazlari orqali aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |