3-MAVZU: Topishmoqlar aql charxi
Reja:
1. Topishmoq va yozma adabiyot munosabati.
2. Tez aytishlar-xotira mashqi
Topishmoq. Hayotni o`ziga xos badiiy idrok etish shakli bo`lgan topishmoq o`zbek folklorining ommaviy janrlaridan biridir. Inson va uni o`rab olgan olam topishmoqlarda ko`chimlar, o`xshatishlar, taqqoslashlar, qiyoslar, solishtirishlar, savollar vositasida o`ziga xos poetik shaklda aks etadi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1.Topishmoq istilohi nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
2.Topishmoqlar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
3.Topishmoqlarda epitetning ijtimoiy-estetik va kompozitsion vazifasi nimadan iborat?
4.Topishmoqlar tuzilishiga ko`ra qanday tarkibga ega?
5. Topishmoqlar yashiringan predmet soniga ko`ra qanday ko`rinishlarga ega?
6.Topishmoqlar yaratilish davri va mazmuniga ko`ra qanday tasniflanadi?
7.Topishmoqlar shaklan qanaqa ichki turlarga ega? Chaldirmoq nima?
8.Topishmoqlarning yozma adabiyot bilan munosabati qanaqa?
4-Mavzu:Allalar va erkalamalar,ovutmachoqlar
Reja:
1.Alla janri tabiati.
2. Aytim-olqishlarning janriy tabiati.
3. Erkalama va ovutmachoq janrlari
Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlar va muzikali poetik janrlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Uni yaratishda kattalar ham, bolalar ham baravar hissa qo`shishgan
Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish, deklomasiya qilish mumkin emas. boshlanuvchi butun bir turkumi borki, faqat 2-3 yashar bolalarga mo`ljallangan. Buning sababi shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi, binobarin, ularni havolata-havolata, ko`tarib-tushirish o`ngg`ay. Erkalama ham xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solinib aytiladi:
Ha, do`rsa-do`rsa, do`rsa. . .
Otasi bozorga borsa,
Go`shtu birinch keltirsa,
Onasi pazanda bo`lsa,
Bolasi xo`randa bo`lsa. . .
Boychechak - bolalarning mavsumiy marosim qo`shig`i. Bolalar Navro`z elchisi sifatida erta bahorda dala-tuzda boychechakni ko`rishlari bilanoq undan guldastalar yasaganlar, tolxivichlarga shodalab, boshlariga gulchambar qilib kiyganlar. So`ngra hovlima-hovli yurib, Boychechak qo`shig`ini kuylab, gul ulashib, bahor kelganidan xabar berganlar. Bolalarning biri - yakkaxon (solo) to`rtliklarni kuylasa, qolganlari naqarotini xor bo`lib ijro etganlar:
Boychechagim boylandi,
Qozon to`la ayrondi.
Ayroningdan bermasang,
Qozonlaring vayrondi.
Erkalamalarning «Ha, lo`tti-lo`tti, «Ha, do`rsa, do`rsa, do`rsa, «Ha, kishta-kishta, kishta singari taqlidiy va so`qma so`zlar tizimidan to`qilgan ananaviy satrlar bilan alqaganlar.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Bolalar folklori nima?
2. Bolalarni erkalovchi xalq poeziyasi tarkibiga qaysi janrlar kiradi?
3. Aytim-olqishlarning etnografik mohiyati nimada?
4. yerkalama nima? Ovutmachoq-chi?
5. Bolalar taqvi mohiyati nimada?
6. Yalinchoq nima? Hukmlagich-chi?
7. Bolalar hazilkashligida laqab va tegishmachoq qanday vazifani bajaradi?
8. Bolalar o`yin folklori qanday xususiyatlarga ega?
9. Harakatli o`yin nima? Uning tasnifi qanaqa?
10. Manaviy o`yin yoki so`z o`yini nima?
11. Tez aytishlar qanaqa xususiyatlarga ega?
12. Chandish nima? Uning qanaqa ichki ko`rinishlari bor?
13. Guldur-gup nima?
14. Bolalar folklorining ijtimoiy-estetik, etnopedagogik va etnografik ahamiyati nimada?
Dostları ilə paylaş: |