5- Mavzu: Yor-yor va Kelin salomlar
Xalq qoshiqlarini yozib olish tajribasi shuni korsatadiki, yor-yorlar xalq orasida boshqa mazmundagi qoshiqlardan kengroq ommalashgan. Malumki, xalq ogzaki ijodidagi hamma janrlardan kora qoshiq ozining tez yaratilish bilan ajralib turadi. Bu fikr yor-yorlarga ham taalluqlidir. Bu orinda shuni takidlash joizki, shoirlik istedodiga ega bolgan yor-yor ijrochisi toyning otkazilish sharoitiga qarab, yangi-yangi tortliklarni toqib ketavergan.Natijada,aynan toy otkazilayotgan paytdagi vaziyatlar ham qoshiq matnida oz ifodasini topgan:
Qish kunida sovuq yeb,
Horib keldik yor-yor,
Achchiq-tirsiq kerakmas,
Koyib keldik yor-yor.
Ammo yor-yorlarning ayrim-ayrim namunalari qanday mazmunda bolishidan qati nazar oxir-pirovardida yosh oilaga baxt tilangan.
Taxta-taxta koprik
Taxting bolsin yor-yor,
Paygambarning qizidek
Baxting bolsin yor-yor.
Togri, lirik janrga xos bolgan his-tuygularni ifodalash jarayonida qoshiq ijrochilari ozlarining hayotlaridan orin olgan ayrim noxush holatlarni ham ifodalashdan tortinmaganlar. Bunday qoshiq namunalarida qizning yoshi katta
odamga turmushga chiqayotgani, yashash jihatidan juda uzoq manzilga uzatilayotgani kabi lavhalar ham oz aksini topgan:
Toyda qizlar oynashib,
Kongli tolsa, yor-yor,
Yosh boshiga er qildi,
Chol ham bolsa, yor-yor.
Yoki quyidagi tortlikka etibor bering:
Uzoqqa borgan qizning
Rangi sariq, yor-yor,
Kozidan oqqan yoshi
Misli ariq, yor-yor.
Ammo bevosita toyning otkazilish sharoitini koz
oldimizga keltirsak, chor-atrofda oyin-kulgilarga etiborning kuchliligini nazarda tutsak, yuqoridagi qoshiqlarda aks ettirilgan qaygu-alamlar toy ishtirokchilariga u qadar katta tasir korsatmasligi ham oz-ozidan ravshan boladi.
Marosim qoshiqlaridan yor-yorlar bir qator badiiy jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi. Xususan, bu qoshiqlarda parallelizm tasvir sanatining namoyon bolishi koproq uchraydi. Parallelizm deganda, tasvirlanayotgan bir voqea-hodisani ikkinchi bir voqea-hodisaga qiyoslash nazarda tutiladi.
Masalan:
Tokchadagi qaychini
Zang bosibdi yor-yor,
Yangi tushgan kelinni
Gam bosibdi yor-yor.
Yoki:
Togda toychoq kishnaydi,
Ot boldim deb, yor-yor
Uyda kelin yiglaydi,
Yot boldim deb, yor-yor.
Yuqoridagi misollarda tokchadagi qaychining zang bosishi bilan kelinning gam bosishi, toychoqning ot bolib kishnashi bilan qizning oz oilasidan yot bolib ketishi qiyoslangandir.Bunday tasvir sanati parallelizm hisoblanadi.
Yor-yor qoshiqlarining qofiyalanish tarzi kopincha (a-b-a-b), tarzda va bazan (a-b-v-b) tarzda boladi.Yor-yorlar matnini organish shuni korsatadiki, bu qoshiq turlari mehnat va mavsum-marosim qoshiqlaridan qofiyalanishdagi mukammallik bilan ham ajralib turar ekan.Jumladan, yor-yorlarda «baxt», «taxt», «somon», «omon»,«alvon», «polvon» kabi chiroyli qofiya misollarini uchratamiz. Bu qoshiq turlari misralararo olti-etti bogindan iborat bolib, turoq tizimi 4+3, 5+2 tarzida belgilangan, Masalan:
Qat-qat korpa ustida,
Piyolaman, yor-yor.
Yorga salom bergani,
Uyalaman, yor-yor.
Kelin salomlar ham marosim qoshiqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Ananaviy kelin salomlarning boshlanish qismida Allohga, Muhammad paygam
barimiz(s.a.v.)ga, Chahoryorlarga, avliyo va anbiyolarga murojaat qilish alohida orin tutadi. Agar umuman xalq qoshiqlarini har bir qoshiqsevar shaxs ijro etaversa, hatto yor-yorlarni ham tort-besh odam aytishi mumkin bolsa, kelin salomlarni bitta qoshiqchi va bazan ikkita qoshiqchi ijro etishi odat tusiga kirgan. Kelin salom marosimi toy marosimidan alohida ajralgan holda otkaziladi. Odatda, bu rasm orqali kelin salom ijrochisi oz mahorati bilan yiginga alohida
fayz kiritishi mumkin boladi. Ehtimol, shuning uchun ham kelin salom ijrochilari mazkur qoshiqlarda yumor detalidan unumli foydalanishga urinadilar. Masalan:
Husayni uzumning gorasi,
Kuyov bolaning jorasi,
Kuyov joralariga bir salom.
Yoki:
Koylaklari yamoqli,
Yopgan noni sanoqli,
Qaynonasiga bir salom.
Albatta, bunday kulgili orinlarga jiddiy munosabatda bolish togri emas. Kelin salom marosimini otkazish jarayonini koz oldimizga keltirsak, bunday qoshiq namunalari hech qanday asorat qoldirmasligiga ishonamiz.Chunki, aynan shundan keyin quyidagi namuna keltiriladi.
Yursa yolni toldirgan,
Otirsa sozni boldirgan,
Qaynonasiga bir salom.
Kelin salomlar boshqa qoshiqlardan farqli olaroq uch misradan iborat boladi. Dastlabki ikki misra ozaro qofiyalanib keladi. Uchinchi misra esa «bir salom» sozlari bilan yakunlanadi.
Masalan:
Qora papoq yarashgan,
Qizlar izidan qarashgan,
Kuyov bolaga bir salom.
Dostları ilə paylaş: |