10-Mavzu: Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi Reja: 1.Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi.
2.Lofning ijro xususiyati, unda satira va yumorning orni.
3.Loflarning kompozitsion-badiiy xususiyatlari. Dialog va mubolaga lof kompozitsiyasining asosi.
Lof ozbek xalq ogzaki ijodining oziga xos, alohida mustaqil janrlaridan biridir. Uning tabiatida epiklik va dramatiklik ozaro uygunlashib ketganligi tufayli lof epizodik ogzaki drama namunasi sifatida kozga tashlanadi. Loflar sahnaga moljallangan, satira va yumorga asoslangan, tomoshabinlar guruhining mavjud bolishini taqozo etadigan asarlar bolib, ular oziga xos ijro usuliga ega. Loflar askiyalar kabi sozga chechanlik va hozirjavoblikni talab etadi. Harakatning kontrast asosida qurilganligi-yu, kuchli mubolagaga asoslanishi bilan alohida ajralib turadi.
Loflar kishida bir lahzalik kulgu uygotib, unga cheksiz zavq-shavq bagishlashi bilan diqqatga sazovordir. Ularning sujeti dialog asosida quriladi. Lof aytish mubolagali savol-(epizod)ga undan kuchliroq mubolagaviy mantiqiy javob qaytarishdan iborat sozga chechanlik musobaqasi shaklida namoyon boladi. Lofchilarning sozamollik bobidagi tortishuvi bevosita lofni yuzaga keltiradi. Loflar hech qanday kirishlarsiz boshlanadi. Sujet yechimi esa latifalarnikidek favqulodda yuz beradi.
Loflar odatda ikki qismdan tashkil topadi: Birinchi qismida biror voqea yo hodisa boshlovchi tomonidan bo rttirilgan holda bayon etilsa, ikkinchi qismida esa ikkinchi lofchining undan-da oshirib-topilgan javobi keltiriladi. Shu tariqa loflar sujeti birikib, yaxlit kompozitsiyali asarni tashkil etadi.
Loflarda badiiy shartlilik asar sujetining epizodik shaklda bolishi, voqealarning kechish vaqti, personajlarning xatti-harakati, nuqtalarning yagona maqsadga yonalganligi, yagona goyani ifodalashga boysundirilganligida namoyon boladi. Lof janri, asosan, qiziqchi va askiyabozlar, shuningdek, talantli, hayotiy tajribaga boy kishilar orasida shakllangan va ijro etilgan. Loflarda kopincha notabiiy voqealar, salbiy belgilar kulgi ostiga olinadi. Lofchilik, lof urish, lof aytish, lofbozlik oz sajiyasiga binoan xalq ogzaki sanatining askiya, qiziqchilik masxarabozlik, latifagoylik turlariga juda yaqin turadi.
Lofchilar ustoz-shogirdlik munosabati orqali maxsus tayyorgarlikdan keyin yetishib chiqqan. Hozir sozga chechan kishilar tomonidan u keng ijro etilaveradi. Lof kishilarning ozaro suhbatida ham tez-tez ishlatiladi. Bu esa loflarning kelib chiqish tarixi ijtimoiy zaruriyat bilan bogliqligini korsatadi. Masalan, sovchilar nutqida lof kop uchraydi. Ular kelin va kuyovning maqtovini keltirishda lofdan obdon foydalanishadi.
Loflarning mavzu kolami keng qamrovlidir. Ular mazmunan ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Loflarda insonlarga xos gozal fazilatlar uluglansa, ayrim shaxslarga xos yaramas xatti-harakatlar hajv ostiga olinadi. Jamiyatda uchraydigan illatlar ham loflarda satira tigi bilan fosh etiladi.Loflar tuzilishiga kora sodda va murakkab boladi. Sodda tuzilishdagi loflarda sujet qisqa va favqulodda yechim topish xarakterida boladi. Personajlar ikkitadan oshmaydi. Bayon qilinayotgan voqealar bir joyda yuz beradi. Masalan:
« - Yangi yilni oyda kutmoqchiman! - *debdi lofchi maqtanib.
- Oyga borsangiz, - debdi dehqon lofchi bosh kelmay, - men
ekib kelgan qovun-tarvuzlardan mazza qilib eng-u, ozimga ham
ikkatasini ola keling».
Bu lof sodda tuzilishga ega bolib, unda faqat ikkita lofchining mubolagah dialogi keltirilgan, xolos. Murakkab tuzilishdagi loflarda ikkitadan ortiq lofchi ishtirok etadi. Shu bilan murakkab loflar sodda loflardan farq qiladi.
« - Qoshnim xotinining zulmiga chiday olmay, ozini 6-qavatdan tashladi, - debdi zor gap topganday maqtanchoq Ali lofchi. -Lekin bechora qoshnim norasida bolalarini oylab, 4-qavatga yetganda yana ortiga qaytdi.
He, bu gap hech narsa emas. Xotinini korsa dagillaydigan bir qoshnim ozini 30-qavatdan tashladi-yu, yarmiga yetganida parashyut esiga tushib, qaytib chiqdi, debdi Vali lofchi.
Shu ham gap boldi-yu, - deb gapni ilib ketibdi Soli lofchi. -Xotinidan olguday qorqadigan bir tanishim ozini endi 7-qavatdan yerga otaman deb turganida, xotini korib qolib: «Hoy, ortingga qayt!» degan ekan, u 2-qavatga yetganida, yana bir sakrab, 7-qavatga, xotinining oldiga chiqib ohbdi».
Ana shunda loflami eshitib turgan Mamarayim: « Osha sen korgan odaming men edim», degan ekan.Korinib turibdiki, har bir lofchi oziga xos mubolaga yolini tanlab, bir-birini yengishga, gapda golib chiqishga harakat qiladi. Shu holat lofning asosiy mohiyatini tashkil etadi.
Murakkab loflar sodda loflarga qaraganda juda kam uchraydi.
Loflami mavzu yonalishiga kora ikkiga bolib organish mumkin:
1.Siyosiy loflar.
2.Ijtimoiy-maishiy loflar.
Siyosiy loflarlarda xalq vakillaridan tanlab olingan Boqi-Soqi yoki Esboy-Bekboy obrazlari orqali siyosiy tus olgan voqealar mubolagalashtirilib keltiriladi. Ularda siyosiy ruh, siyosiy kayfiyat, voqelikka siyosiy munosabat ustunlik qiladi:«Amerikalik» sugurtachi lofchilar bilan toshkentlik lofchi sugurtachilar uchrashib qolishibdi:
- Ishni hal etishda hech kim bizga teng kelolmasa kerak, - debdi toshkentlik lofchi. - Bizda dushanba kuni vafot etgan mijozning merosxori seshanba kuni ertalab sugurta pulini sanab olaveradi.
Namuncha imillamasalaring, debdi xorijlik lofchi. Idoramiz
osmonopar binoning 45-qavatida joylashgan. Otgan hafta bir
mijozimiz 70-qavatdan ozini tashladi. Biz esa unga derazamiz oldidan
uchib otayotganida aqcha chekini qoliga tutqizib yubordik».Bu lofda jamiyat qusurlari-sansolarlik, buyruqbozlik, qogozbozlik kabi illatlar ustidan kulinmoqda.Ijtimoiy-maishiy loflar uyda, kocha-koyda, ozaro qoni-qoshnichilikda, malum qishloq aholisi ortasida dost-birodarlar orasida boladigan mubolagali hangomalardan tashkil topadi.
Lofning kompozitsion asosini dialog tashkil etadi.
Lof uzoq yillar davomida ozbek folklorshunosligida epik tur tarkibiga kiruvchi mustaqil janr sifatida etirof qilindi. Lekin bu talqin asossizdir. Chunki lofda askiya va latifaga oxshash hozirjavoblik, zukkolik yetakchilik qilishini, umumjanrmiqyosida hajv va yumoming hukmronligini etiborga olsak, uning xalq qiziqchilik sanati tarkibida rivoj topganligini, aniqrogi, dramatik turga mansub bolganligini kuzatish mumkin. Qolaversa, lof kompozitsiyasining dialog shaklida qurilganligi, ijro jarayonida ijrochi va tomoshabin tinglovchilarning mavjudligi kabi xususiyatlar ham uning dramatik turga mansubligini tasdiqlab turadi.
Loflarning badiiyati oziga xosdir. Unda mubolaganing har uchala turi guluv, tablig, igroq, oxshatish, litota, jonlantirish, qarshilantirish behad serob. Ayniqsa, mubolaga loflarda alohida orin tutadi. Lofdagi mubolagalash usuli ertak va dostonlarda ham uchrab turadi.
Loflarda aksariyat hollarda qahramonlarning ismi ozaro qofiyalangan boladi. Ali, Vali, Soli kabi. Tovushlarning bunday uygunligi zamirida ham yumonstik kulgi yotadi. Xullas, lof xalq qiziqchilik sanatining nodir namunasi bolib, hozirgi davrda ham faol yaratilmoqda.