15-Mavzu: Hayvonlar haqidagi ertaklar
Hayvonlar haqidagi ertaklar - Bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o'rni beqiyos. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali murg'ak tafakkurlarida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblarida ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissini tuyadilar. Mazkur to'plamdan o'zbek va jahon adabiyotidagi hayvonlar haqidagi ertaklarning eng yaxshi namunalari o'rin olgan aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bolib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Keyinchalik hayvonlar haqidagi ertaklarning bir qismi oz ma`nosini yoqotib, kochma ma`no kasb etdi majoziy ertaklarga aylandi, ya`ni ba`zi qoy, buzoq va echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bori, tulki orqali ochkoz, yovuz, hiylakorlik sifatlari ko`rsatiladi.
O`ZBEK FOLKLORI” FANI BO`YICHA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI
Ozbek folklori fani va fan yuzasidan mustaqil ta`limining
maqsad va vazifalari:
- ozbek xalq ogzaki poetik ijodi fanining maqsad va vazifalari talabalarni (bakalavr) xalq ogzaki ijodining oziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
- ogzaki ijod janrlari va asoslarini organish, shu bilan bir qatorda milliy mafkura tamoyillarini egallash;
-talabalarni ogzaki ijod namunalarini chuqur tahlil eta olishga orgatish, shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, manaviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik va oquv qollanmalar boyicha fan boblari va mavzularini organish.
Tarqatma materiallar boyicha maruzalar qismini ozlashtirish.
Maxsus adabiyotlar boyicha fanlar bolimlari yoki mavzulari ustida ishlash.
Yangi ilmiy adabiyotlarni, adabiy jarayon tendentsiyalarini va estetik tamoyillarni organish.
Talabaning oquv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogliq bolgan fanlar bolimlari va mavzularni chuqur organish.
Faol va muammoli oqitish uslubidan foydalaniladigan oquv mashgulotlari.
Masofaviy (distantsion) talim.
Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar
Dostları ilə paylaş: |