Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Askiya. O’XI. Т.: G’ACN, 1970.
2.Askiyalar // O’zbek folklori ocherklari. 2-tom. Т.: «FAN», 1989, 163-176-b. lmomov K., Mirzayev Т., Sarimsoqov В., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Darslik. Т.: «O’qituvchi», 1990.
3.Imomov K. O’zbek xalq prozasi. Т., 1981.
4.Loflar / Askiya. O’XI. Ko’p tomlik. »T.: G’ASN, 1970, 111-122-b.
5.Mirzayev Т., Safarov O., O’rayeva D. O’zbek xalq og’zaki ijodi xrestomatiyasi. O’quv qo’llanma. — Т.: «Aloqachi», 2008.
11-Mavzu: Qo’g’irchoq teatrining shakllanish tarixi va tasnifi: chodir jamol, chodir xayol va fonus xayol teatrining asosiy belgilari, repertuarlari va personajlari
Qogirchoq qadimiy turkiy soZ sifatida Mahmud Koshgariyning «Devonu lugotit turk» asarida «Oxshanchik, oxshogu, kuzurchik, qoborchuq» shakllarida qollangan bolsa, sugdiylarda «zocha va zochak» shaklida, A.Navoiy davri adabiyotlarida esa «lobat, lobatak» shakllarida istifoda etilgan. «Zochak» hozir ham buxoroliklar lafzida qogirchoqni anglatadi.
Qogirchoq oyini shunchaki qiz bolalar ermagi bolmay, xalqimizning qadimiy ogzaki teatri sifatida qaror topgan ananaviy sanat hamdir. Uning qadimiyligini Umar Xayyom (1048-1123)ning tubandagi ruboiysi ham tasdiqlaydi:
Mo lobatakonem-u falak lobatboz,
Az royi haqiqat, na ki az royi majoz;
Bozicha hamekunem bar nati vujud,
Aftem ba sanduqi adam yak-yak boz.
Bu ruboiy Sh.Shomuhammedov tarjimasida shunday jaranglaydi:
Bizlar qogirchog-u, falak qogirchoqboz,
Bu sozim chin sozdir, emasdir majoz.
Yoqlik sandigiga bir-bir tushamiz,
Vujud palosida oynagach bir oz.
Shuningdek, ruboiynavislikda uning ananalarini davom ettirgan Pahlavon Mahmud (1247-1326) ruboiysidagi tubandagi satrlarda ham shu fikrning rivojlantirilganligini kuzatish mumkin:
Quyosh charog bolsa, jahon bir fonus,
Qogirchoqdek tunda biz sargardonmiz.
M.Qodirov garchi qogirchoq teatrini «qogirchoq oyini» deb tariflab, uni dorboz, nayrangboz, chavandoz, ayiq, ilon, maymun oynatish va yogoch oyini kabilar bilan bir qatorda qoysa-da, aslida jonli sozlashuvda «Qogirchoq oyini» ifodasi bolalarning qogirchoq oynashini anglatishini, binobarin, u nisbiy manodagina qogirchoq teatri hodisasini ifodalashi mumkinligiga u qadar ahamiyat bermaydi. Qolaversa, qogirchoq oynayotgan qizaloq qogirchoqboz ham emas. Qogirchoq vositasida biror hayotiy voqelikni korsatish nfyatida qogirchoqlarni oynatuvchi, yani boshqarib turuvchi kishilar qogirchoqborfar yoki korfarmonlar deb yuritiladi. Ular sahna oldida, yo sahna ortida turib, qogirchoqlarning ozaro munosabatiga aralashadilar, aniqrog’i, ularni harakatga solib, o’zaro munosabatga kirishuvlarini ta’minlaydilar. Наг bir qo’g’irchoqning ruhiyatiga, ko’rinishiga moslab ovoz beradilar, bunda ovozni turlantirish uchun tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka moslama) qoyib oladilar. Binobarin, qogirchoqlarni jonlantirib, voqelik mantiqiga mutanosib harakatga omuxta ovozda sozlash uchun korfarmon (qogirchoqboz)larda alohida aktyorlik istedodi shakllangan bolmogi zarur. Qolaversa, ularning oz leksikasi mavjuddir. Soz ularning asosiy quroli hisoblanadi. Ular jonli xalq tilidan ustalik bilan foydalanib, qogirchoq ijro etayotgan personajning individualligini taminlaydilar.
Qogirchoqbozlik sanati sirlari esa otmishda avloddan-avlodga otishi uchun korfarmonlar oz hunarlarini bolalariga otkazish asosida ananaviylik kasb etgan. Buning uchun esa otmishda yurtimizda qogirchoqbozlar alohida mahallalarda yashagan, hatto chetdan qiz ham olmagan va chetga qiz ham chiqarmay, oz kasblarini farzandlariga orgatishgan. Faqat korsatgan tomoshalaridan tushgan daromad evaziga rozgor tebratishgan. Buxoroda oglon darvozasi mahallasida qogirchoqboz va sozandalarning yuzga yaqin oilasi yashagani malum. Toshkentda ham Kokcha, Sebzor, Beshyogoch va Shayxontohur dahalarida qogirchoqbozlar oilalari istiqomat qilishgaa
Qogirchoq teatri oziga xos oyin-kulgi vositasi bolib, xalqning ijtimoiy-maishiy turmush tarzi, axloq normalari, turli munosabatlarini satira va yumor orqali namoyish etish sanati sanaladi. Qogirchoq teatrining tarixiy-genetik ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Uning ilk ildizlari ajdodlarimizning otmishdagi urf-odatlari va marosimlariga bogliq bolib, ibtidoiy insonning tabiat hodisalari oldida ozini ojiz sezib, turli mabudlarga siginishi, tabiiy koringan hodisalarni tariflash maqsadida yasalgan ramziy shakllarga, totem sanalgan hayvonlar qiyofasini aks ettiruvchi niqoblarni kiyib, ritual raqsga tushishi hodisalari pirovardida qogirchoq teatri yuzaga kela boshlagan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, qogirchoq teatrining paydo bolishi dunyodan otgan ajdodlami teatrlashtirilgan holda yodga olish marosimi asosida yuz bergan. Bu marosim qoidasiga kora, marhumning eng yaqin kishisi uning niqobini kiyib, xuddi osha marhumga oxshab va oxshatib gapirgan, harakat qilgan. Keyinchalik esa, bu marosim ozidagi urfiy belgilarini yoqotib, oddiy tomoshaga aylana borgan, ibtidoiy-mifologik ishonchlarning kuchsizlanishi va yoqola borishi natijasida mazkur ramziy shakllar qogirchoqbozlar qoliga otib, tanqidiy vazifani ado eta boshlashi tufayli qogirchoq teatri shakllangan. Qogirchoq teatrining mavzulari kengaya boshlashi oqibatida niqoblar arsenali ham turfalashib kopaya borgan. XI-X1I asrlarda Orta Osiyoda qogirchoq teatri juda tez rivojlangan. Temuriylar davriga keUb qogirchoq teatri yanada gullab-yashnaganki, buni Alisher Navoiyning «Xamsa» asarida odamlar hayotini qogirchoq teatriga oxshatib tariflagani ham yaqqol tasdiqlaydi. Qolaversa, XY asrda yashagan Husayn voiz Koshifiy «Futuvvatnomayi sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati» asarining tortinchi fasli ikkinchi qismini maxsus «Qogirchoqbozlar bayonida»gi sarlavha bilan xalq qogirchoq teatrining tabiati va turlarini tavsiflashga bagishlagani bejiz emas. Jumladan, u yozadi: «Agar qoghchoqbozlikning shartlari nimadan iborat, deb sorasalar, aytgil: asosiy sharti shuki, qogirchoq oynatuvchi dono bolsin va haqiqatdan bahra topsin. Qogirchoq oynatuvchilarga xos narsalar nima deganda, chodir va peshband (peshtaxta), deb aytgil. Chodirda kunduzi, peshbandda esa kechasi oyin korsatiladi. Peshband deb sandiqni aytadilar. Sandiq ustida qogirchoqlarni oynatadilar. Kunduzgi oyinlarda qogirchoqni qol bilan oynatadilar. Kechki oyinlarda esa sandiq ustida bir necha iplar orqali qogirchoqlarni harakatga keltiradilar».79 Bu mulohazalardan shu narsa ayonlashayotirki, XY asrdayoq qogirchoq teatrining ikki turi keng rivoj topgan. Ayni zamonda esa uning uch ichki turi keng taraqqiy etayotir:
1. «Chodir jamol» qogirchoq teatri. Bunda qogirchoqlar qolga kiyihb, barmoqlar vositasida harakatga keltirilgan. Bu teatrda, asosan, uch korinishli «Kachal Polvon sarguzashtlari» xalq komediyasi oynalgan. Oz-ozidan ayonlashayotirki, bu teatming (komediyaning ham) bosh qahramoni Kachal Polvon bolib hisoblanadi. «Kachal» sozining lugaviy manosi kal bolib, kochma holda «maymoq, qaltiroq, qorqoq» degan manolarda qollanilib, istehzo va pichingni ifodalaydi. Shu manoda Kachal Polvonni maymoq Polvon, qaltiroq Polvon, qursoq Polvon deya kesatish, unga istehzo qilish va piching urish mumkin. Shu asosda Kachal uning laqabiga aylanib, bu bilan xalq unga hazil qilgan, uning ustidan tabassum etgan, muloyimgina jilmaygan. Aslida bunga uning bugdoy rang, qirgiy burun, qayrilma moylov, qora munchoqdan qilingan va yiltirab turuvchi qop-qora kozlari, yashil va kok rangli qalpogi tagidan chiqib turgan qora sochlari, toq qizil yoki sariq koylagi, hamisha xushchaqchaq va shox qiyofasi hamda ziddiyatli va murakkab xarakteri muhim rol oynagan. Chindan-da, u bir tomondan, ozgina yengiltak, maishatparast, urishqoq, hovliqma, yalqov, boqibegam, maqtanchoq, kamuquv, ikkinchi tomondan, sodda. shox. begubor. qorqmas, jasur, togrilik va haqiqat yolida tolmas kurashchi. U xarakteridagi ana shu ikkinchi qutb tufayli hamisha golib chiqib, maqsadiga yetishadi, qolaversa, xuddi shu fazilatlari tufayli inglizlardagi Ponch, fransuzlardagi Polishinel, ruslardagi Petrushka, nemislardagi Gonivurt yoki Gansvurt, chexlardagi Kashparon yoki Kashparak, italyanlardagi Pulchinello, turklardagi Qoragoz yoxud Qora qiz va eroniylardagi Pahlavon Kachalga safdoshdir. M.Gorkiy togri takidlaganidek, «u har kimni va hamma narsani, politsiya, poplar, hatto shayton va olimni yengib chiqadi, ozi esa olmay qolaveradi. Mehnatkash xalq bu qopol va sodda obrazda oz xususiyatlarini, oqibat-pirovardida hamma narsani va barcha dushmanni yengib chiqishga bolgan ishonchini mujassamlashtirgan».
Oxshatmasa uchratmas deganlaridek, uning xotini Bichaxon ham oziga mostushgan, tabiatan ular bir-birini toldirib tursa-da, Bichaxon ham (bazan Oyimchaxon, Buvichaxon yoki Oyxonim nomlari bilan harakat qiladi) mazkur xalq komediyasining ikkinchi bosh qahramoni. U goh Kachal Polvonning xotini, goho esa*mashuqasi qiyofalarida harakat qiladi. U shahlokoz, bodomqovoq, qayrilmaqosh, oq badan. Yosh va suluv juvon. Yuzida bir dona xoli bor. Ikki yuzi qip-qizil. Egnida odmigina guldor koylak (bazida rangdor, adras-shoyidan), boshida shoyi romol va peshonabog, boynida bir shoda marjon. Tabiatan shox va oziga yetar darajada tannozligi ham bor. Xuddi shu xususiyatlari tufayli tomoshabinni oziga jalb eta oladi.
«Chodir jamol»da oynovchi qogirchoqbozning kamida 20 ta qogirchogi bolgan. Spektakljarayonida shulardan 8-12 tasini qolga kiyib, 4-6 epizodni namoyish qilgan. U, asosan, kunduzi oynalganligi sababli «roz bozi» deb ham atalgan.
Professor M.Qodirov «Chodir jamol»da lOOdan ortiq qogirchoq qatnashganini takidlab, ularni tubandagicha tort guruhga taqsimlab tasvirlaydi:Satirik personajlar. rais, yasovul, sudxor, hoji kampir, tergovchi, koknori, dalla-sovchi...
Xalq tiplari: ozbek, rus, qozoq, yahudiy, turkman, Abram mujik va Oyqiz Shura.
Sanat ahli: sozanda, yallachi, masxaraboz, raqqosa, dorboz, maymunboz, tosboz...
Hayvonlar va afsonaviy maxluqlar. yalmogiz kampir, ajdaho, shayton, qoravoy it va boshqalar.Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida ozigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning goyaviy-badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq berishgan.
II. «Chodirxayol» qogirchoq teatri. Bunihozir zamonaviylashtirib marionetka teatri deyiladi. «Chodir xayol» teatrida qogirchoqlar harakati iplar yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga boglangan qogirchoqlar kechasi qora parda fonida harakatlantirilgani uchun iplari kozga tashlanmaydi va qogirchoqlar goyo ozi harakatlanayotganday koringani uchun tomoshabinlarda katta qiziqish hamda estetik zavq uygotgan. Bu teatrda, asosan, «Sarkardalar» xalq komediyasi oynalgan. Hozirgacha bu teatr repertuaridan bizga malum bolgan yagona asar shu komediya bolib, uni 1927-yilda M.F.Gavrilov yozib olgan.
«Chodir xayol»da ham 100 ta qogirchoq personaj mavjud. P.A.Kamarov kolleksiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa hanuzgacha nomalum. «Chodir xayol» spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. Shu vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qogirchoq personajlar kop. Chunonchi yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni Yoldosh yasovul shu silsilaga kiradi.Yoldosh yasovul boshida qora popugi osilib turgan qizil qalpoq kiyib olgan, ikki beti ham anordek qip-qizil, qirrador burni dumaloq yuzi ustida savlat tokib turibdi. Yashil shalvor va havorang mundir kiyib olib, belini oq-qizil yo1-yol tasma bilan mahkam boglagan, oyogida qora etik, chap qolida qamchi. Yuzlarida qorquv va dahshat ifodasi bor. Hayronlikdan ogzi ochilib qolgan, goyat siqilgannamo, birmuncha sodda, zahmatkash va dilkash qiyofadagi kishi sifatida harakat qilsa, boshqa personaj qogirchoqlar uning shu xatti-harakatini toldiradi. Bularni uch guruhga bolish mumkin:
Sanat ahli. Bular aslida mehnatkash xalq vakillari bolib, Toshpolat dorboz, Parda karnaychi, raqqosalar Lazokat poshsha, Saodat poshsha, Ernazar maymunchi, Orif jarchi kozaboz, Oysha xotin olmaboz, erkak-ayol parangi muallaqchilar, Shodmon botir qilgizlardan iborat.
Satirik personajlar. Bular asli real tarixiy shaxslar bolib, Xudoyorxon, Puchuq oftobachi (bazan Abdurahmon oftobachi), Oratepa begi Abdugafforbek, Saydulla yuzboshi, Iso avliyo, Haraid qiyshiq ogri, Said Botir qalandar, Qongirboy komirchi singari personaj- qogirchoqlar harakat qiladi.
Shuni takidlash joizki, «Chodir xayol» spektaklida kamida 50 tacha qogirchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish zaruriyatga aylangan. Bu tomosha, asosan, kechqurun oynalganligi tufayli «Shab bozi» deb ham yuritilgan. III. «Fonus xayol yoki soya» qogirchoq teatri. Bu teatrda tomoshalar qogirchoq yoki qol barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan.Ana shu uch turdan tashqari qogirchoq teatrining yana bir shakli ham borki, unda ijrochi hamda qogirchoq teng turishib tomosha korsatishadi. Tomosha ularning dialogidan tashkil topadi. Har qalay bu hodisani qogirchoq teatrining tortinchi turi sifatida etirof etish oyinga aylanib bormoqda.
Biroq mazkurtort turning faoli va keng tarqalgani hamda qadimiysi «Chodir jamol»va «Chodir xayol» bolib, ulardagi chodir va peshtaxta (sandiq) mohiyatini Husayn voiz Koshifiy snunday tariflaydi: «Agar chodir (xayma) nimaga ishora qiladi, deb sorasalar, bu inson badaniga ishora, deb javob bergil. Chunki inson ichidan har lahzada yuz xil qogirchoqlar bosh kotaradi va tilga kiradi. Bu xayma, yani badan ichida turli fe1-ravishlar bolsa-da, biroq bularning hammasi yagona qudratning sanati, ijodidan boshqa narsa emas.
Agar peshtaxta (sandiq) nimaga ishora etadi, deb sorasalar, odamizod qalbiga ishoradir, deb aytgil. Zero, qalb ajoyib sandiq bolib, odamning ahvoli, xislatlaridan nishona berib turadi».81 Demak, chodir va peshtaxta (sandiq) inson tashqi va ichki olamini ifodalovchi ramziy vositalar sifatida qogirchoq teatrining falsafiy-estetik mohiyatining zuhuroti sanaladi.
Qogirchoqbozlarning repertuari rang-barang. Ularda, asosan, zulm va zorlik, hukmron tabaqa vakillarining noxush kirdikorlari, tovlamachi, ikkiyuzlamachi va munofiq kishilar hajv qilinadi. Shu bilan birga, qogirchoqbozlar repertuarida xalq orasida bazan ertak, hajviya, hikoya va latifalar sujeti, qolaversa, mavjud hayot voqeligini aks ettiruvchi zamonaviy yangi pyesalar ham uchrab turadi. Ular yuksak goyaviyligi, otkir hajviy vazifani otashi bilan etiborni oziga tortib turadi. Yangi pyesalarda ham ananaviy Kachal Polvon va uning xotini Bichaxonlar bosh obraz sifatida faoliyat korsatmoqda. Bu esa, xalq komediyasining yozma adabiyotga korsatayotgan samarali tasiri natijasidir. Sh.Sadullaning «Kachal Polvon yoxud yogoch qogirchoqning sarguzashtlari» ertak-qissasi va shu asosda yaratilgan multfilm buning yorqin dalili sanalishi mumkin.
Qogirchoq teatri jahon xalqlarining barchasida mavjud umumfolkloriy hodisadir. Har bir xalqning oz milliy ruhiyatini ifodalovchi milliy qahramoni bor. Endilikda xalqona qogirchoq teatrlari ham professional teatrlarga aylana bormoqda. Ular qogirchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (UNIMA) atrofiga uyushganlar. UNIMAning esa hozirgacha XII kongressi va qator festivallari bolib otdi. Ularda qogirchoq teatrlari taraqqiyotining oziga xos tamoyillari belgilanib, ijro mahoratini tobora takomillashtirish va tajriba almashtirishga qaratilgan tanlov koriklar ijobiy natijalar bermoqda.
Dostları ilə paylaş: |