1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə73/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
Folklor mavzular

6-Mavzu: Xalq maqollari va ularning temantik talqini
Reja:
1. Maqollar-hayotiy tajriba va sinovlar hosilasi.
2. Maqol va aforizm (hikmatli so`z) munosabati.
3. Maqollarning tematik tasnifi
Maqol. Maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikmat, foyda, hikmatli so`z, tanbeh, mashoyixlar so`zi, donolar Yoki donishmandlar so`zi, oqinlar so`zi va otalar so`zi atamalari bilan el orasida yurgan bu janr namunalari g`oyat ommaviy bo`lib, umumfolklor hodisasi hisoblanadi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
9.Maqol istiloh nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
10.Maqollar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
11.Maqollarda hayotiy tajriba va sinovlarning axloqiy bahosi qanday ifodalanadi?
12.Maqollarning tashviqiy mohiyati nimada?
13.Maqolning kompozitsion tuzilishi va unda saj’ san’ati qanday rol’ o`ynaydi?
14.Maqollar qaysi usulda tasnif qilinadi?
15.Maqollarning nutqdagi ahamiyati nimada ko`rinadi?
7.Topishmoqlar shaklan qanaqa ichki turlarga ega? Chaldirmoq nima?
8.Topishmoqlarning yozma adabiyot bilan munosabati qanaqa?

7-Mavzu: Latifa va loflarning qiyosiy talqini
Reja:
1. Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi.
2. Latifa janrining o`ziga xosligi
3.Turkiy xalqlarda Latifa janri
Latifa –arabcha so`z bo`lib, latif. go`zal, yoqimli ma`nosini bildiradi. Latifa –xalqninig nozikfahmlik bilan aytgan kichik hikoyasi ma`nosida qo`llaniladi.
Dunyo folklorshunosligida keyingi vaqtlarda dunyo boyicha xalq ogzaki ijodiga bo’lgan qiziqish susayib, uning o’rnini “ommaviy madaniyat” egallayotgani haqida katta minbarlardan ham aytilmoqda. Biroq xalq og’zaki ijodining eng ommabop janri bo’lmish latifalarga nisbatan bunday deyish qiyin. Latifa janrida susayish deyarli kuzatilayotgani yo'q. Aksincha, u zamon va davrga, davraga mos ravishda o’zgarib, o’zining teran ijodiy tabiatini namoyon qilayotir. Binobarin, latifa janrining ommabop va xalqchilligi, faol qo’llanishi uni ijtimoiy-tarixiy satxda tipologik jihatdan tasniflashni taqozo etmokda. Ayniqsa, qardosh xalqlar latifalarini qiyosiy-tipologik taxlil etish xalq ruhiyatini teranroq anglash va mushtarak badiiy-estetik qadriyatlarni aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Oʻzbekistonda latifa janrining o’rganilishi ko’p yillik tarixga ega bo’lib, janr xususiyatlari, ijro shakli, poetikasi, obrazlar tizimi anchagina batafsil tahlil etilgan. Biroq turkiy xalqlarning barchasi uchun mushtarak latifa qaxramonlari keng tarqalgani, hozirgacha faol tarzda yaratilib, ijro etilayotgani shu mahalgacha qiyosiy tahlilga tortilgan emas. Xususan, latifa janrining oʻzbek “Oʻzbek folklorida latifa janri (janr tabiati, tasnifi va badiiyati)” ikki aspektda baholash mumkin. Birinchisi, adabiy taʻsir, ikkinchisi, folklorshunoslikdagi yozilgan tadqiqotlar: maqolalar, monografiyalar misolida..
Shuningdek, latifalarning yaratilish tarixi xalq ijodining tarixi singari juda qadimiy. Latifalar xalq hayoti zaminida yuzaga keladi. Shu tufayli yozma adabiyotga xalq ogʻzaki ijodidan kirib kelgan va yozuvchilar tomonidan rivojlantirilgan. Oʻz navbatida yozma adabiyotda yaratilgan latifalar zamonlar Oʻtishi bilan asta-sekin xalq ogʻzaki ijodiga kirib kelib, komik qahramon nomi bilan bogʻlanib, latifalar miqdorini orttira borgan.
Latifalar uzoq zamonlardan beri xalq orasida aytilaverib maqollarga oʻxshab quyma holga kelgan, bir eshitgan kishining hech qachon esidan chiqmaydigan badiiy yuksak asar boʻlib qolgan. Latifalarda oʻzbek xalqiga xos kulgusevarlik, donolik va hozirjavoblik singari xususiyatlar mujassam boʻlganligi bilan inson hayotida muhim ahamiyatliligini isbotlaydi.



Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin