1. Xalq ijodiyoti namunalarini to`plash.
2. Xalq og`zaki ijodiyoti bo`yicha to`plangan namunalarni nashr etish.
3. Xalq og`zaki badiiy ijodini tadqiq qilish
TOPSHIRIQLAR
O`zbek folklorining asosiy janrlar tarkibini aniqlang.
Qardosh xalq adabiyoti folklori va o`zbek folklor janrlari bilan qiyoslang.
Internet materiallari asosida folklor janrlar tarkibi materiallarini topib o`qing va o`zlashtiring.
To`plangan materiallar asosida namunalar keltirib, izohlang.
Mavzu yuzasidan fikr-mulohazalaringizni yozma bayon etib, uni himoya qiling.
Mavzu yuzasidan slaydlar tayyorlang.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I. A. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, Ma`naviyat, 2008.
2. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B. Safarov O. O`zbek xalq og`zaki poetik ijodi. Toshkent, O`qituvchi, 1990.
Masharipova Z. O`zbek xalq og`zaki ijodi. Toshkent, 2008.
O`zbek folklori ocherklari. 3 tomlik, Toshkent, Fan, 1988.
Imomov K. O`zbek xalq nasri poetikasi. Toshkent, Fan, 2008.
Safarov O. Folklor-bebaho hazina. Saylanma, Toshkent, Muharrir, 2010.
Jo`rayev M. O`zbek xalq nasri janrlarini tasnif qilish mezonlari. O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1996 yil, 5-son, 28-35-betlar.
http://www.yandex.ru www. Ruthenia.ru./folklore/
Qadimgi davr folklori. Miflar haqida
Uslubiy korsatma (6-soat)
Qadimgi turkiy mifologiya. Miflar va kosmogonik tasavvurlar.
Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og`zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo`lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi. Shundan so`ng ertak, naql, doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan. Og`zaki nasrning ilk namunalarida qadimiy urf-odat va marosimlarning bayoni, real voqea va hodisalar, olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy formada ifodalangan.
TOPSHIRIQLAR
Qadimgi mifologik tasavvuflar haqida o`qing.
Eng qadimgi miflarni aniqlang va o`zbek folkloridagi izlarini ko`rsatib bering.
Mifologik obrazlar va ularning poetik talqini borasidagi ilmiy mulohazalarni aniqlang.
O`zbek folkloridagi mifologik obrazlar borasida qardosh xalq olimlarining o`zbek olimlari fikrlari bilan taqqoslang.
Mavzu yuzasidan fikr-mulohazalaringizni yozma bayon etib, uni himoya qiling.
Mavzu yuzasidan slaydlar tayyorlang.
Dostları ilə paylaş: |