Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Askiya. O’XI. Т.: G’ACN, 1970.
2.Askiyalar // O’zbek folklori ocherklari. 2-tom. Т.: «FAN», 1989, 163-176-b. lmomov K., Mirzayev Т., Sarimsoqov В., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Darslik. Т.: «O’qituvchi», 1990.
3.Imomov K. O’zbek xalq prozasi. Т., 1981.
4.Loflar / Askiya. O’XI. Ko’p tomlik. »T.: G’ASN, 1970, 111-122-b.
5.Mirzayev Т., Safarov O., O’rayeva D. O’zbek xalq og’zaki ijodi xrestomatiyasi. O’quv qo’llanma. — Т.: «Aloqachi», 2008.
12-Mavzu: Terma janrining xalq epik ijodidagi orni. Mavzu doirasi, goyaviy badiiy xususiyatlari korsatiladi
13- Mavzu: Hayotiy- maishiy ertaklar va ularning xususiyatlari
Hayotiy-maishiy ertaklar - bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o'rni beqiyos. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali murg'ak tafakkurlarida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblarida ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissini tuyadilar.
14- Mavzu: Sehrli-fantastik ertaklar va ularning talqinlari, goyaviy-badiiy xususiyatlari
Jahon xalqlari ertaklaridagi umumiy oxshashlik haqida fikr borganida, koproq sehrli ertaklar nazarda tutiladi. Inson qadim zamonlarda ham xayol surgan, ozicha turli-tuman garoyib voqyelarni oylab topgan. Aslida, miflarning vujudga kelishida ham ajdodlarimizdagi aynan ana shu xususiyat yetakchi ahamiyatga ega bolgan. Keyinchalik fantastik voqyealar totem, fetish obrazlardan uchar gilamlarga, sehrli dasturxonlarga, oltin qaynaydigan xumlarga, istagan odamni istagan paytda korish mumkin bolgan jomlarga, oynalarga otgan. Bunday voqyealarni oylab topish ajdodlarimiz orzulari, havaslari bilan asoslangan. Yol azobidan aziyat chekkan inson uchar gilam, ot, manzilga koz ochishda yetkazgan borini oylab topgan. Oziq-ovqat topishga qiynalgan odam esa ochil dasturxonning ijodkoriga aylangan. Natijada, sehrli ertaklardagi voqyea-hodisalar haqiqiy ma'noda ajdodlarimiz orzu-havaslarining majmuasiga aylangan.
Sehrli ertaklar bosh qahramonga nimadir (kopincha, farzand) yetishmasligi, qahramonning yetishmayotgan narsasiga ega bolishi, unga nimadir qilishning (gapirish, alohida bir eshikni ochish, biror narsaga qarash va h.k) taqiqlanishi, taqiqning buzilishi, kuchli raqibga duch kelish, xavfli safarga chiqish, safar yakuni, raqib bilan olishuv, murod-maqsadga yetish kabi lavhalardan iborat boladi. Taniqli olim V.Ya.Propp yuqoridagi tartibning jahon xalqlari ijodidagi sehrli ertaklar matni tarkibini tashkil qiluvchi asosiy unsurlar ekanini chuqur ilmiy asosda misollar bilan isbotlab berdi55.
Aksariyat hollarda sehrli ertak voqyeasi farzandsizlik motividan boshlanadi. Ammo tez orada asar qahramoni farzandga ega boladi. Bu hodisa olma, arpa yoki biror narsa yeyishdan, ba'zan oz-ozidan royobga chiqadi. Tugilgan bola bilan dastlabki tanishishdanoq uning gayrioddiy fazilatlari borligi ayon boladi. Bu fazilat, avvalo, uning ota tez sur'atlar bilan katta bolishida korinadi. Farzand voyaga yetgach esa ozi yashayotgan muhitga ta'sir etadi va hayotdagi keskin ozgarishlarga erishadi.
Sehrli ertaklar jozibasi, kopincha, asardan orin olgan mojizaviy safarlar, hayratomuz tokinlik aks etgan lavhalar, xayol bovar qilmaydigan jodu va afsonaviy uchrashuvlar tasvirida oz ifodasini topadi. Ertaklarda hayot shu qadar mazmunli va bebaho ehsonki, unda bolishi mumkin bolmagan hodisalar tizimining ozi yoq, yechimi topilmas muammo uchramaydi, degan xalq falsafasi nafas oladi.
Shunday qilib,sehrli ertaklarni mazkur janr shakllanayotgan davr mahsuli deb baholasak, xato bolmaydi. Ulardagi hayratomuz gozal tasvirlar asarni ijro qilish davomida ertakchining mahorat darajasiga kora qoshilib borgan bolishi mumkin. Tajribali va iste'dodli aytuvchi ozi eshitgan va endilikda aytmoqchi bolgan ertagiga ijodiy yangiliklar qoshgani ehtimoldan xoli emas. Sehrli ertaklar inson fantaziyasi cheksiz ekanini isbotlaydi.
Dostları ilə paylaş: |