Adabiyotshunoslik (ar. adab, fors. tanish, organish) badiiy adabiyotning kelib chiqishi, mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarni organuvchi fan. A.ning obyekti bolmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar kolami-predmeti juda keng. Zamonaviy A. fani uchta asosiy sohadan tashkil topadi: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid. Uning matnshunoslik, manbashunoslik, bibliografiya singari yordamchi sohalari ham mavjud.
Allegoriya( yun. allos-ozgacha, agoreuo- gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan kochim turi. Mas. tulkiayyorlikni ifodalaydi.
Alliteratsiya (lot.al- yonida, literaharf) sheriy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy korinishi. Mas. sochilgan sochingdek sochilsa siring (Cholpon).
Annotatsiya (lot. annotatio- izoh, sharh) asar mazmunining qisqacha bayoni. Noshirlik amaliyotida kitoblarning ichki muqovasida, ilmiy maqolalarning sarlavhasidan keyin beriladi. A. asarning oziga xos pasporti bolib, u bilan umumiy tarzda tarzda tanishtiradi.
Antologiya (yun. guldasta) biror milliy adabiyot, davr, adabiy yonalishga mansubligi jihatidan tanlangan ijodkorlar asarlaridan namunalarni jamlovchi toplam.
Aforizm (yun. tarif, ixcham ifoda) muallifi malum bolgan, ixcham shaklda va tasirli ifoda etilgan umumlashma fikr.
Badiiy tahlil (ar. tekshirish, hal qilish) adabiy asarning mazmun mohiyatini idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudligini turli aspektlarda organib, oziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga qaratilgan hissiy-intelektual faoliyat.
Badiiy toqima (ruscha kalka-xud.vim.) yozuvchining ijodiy tasavvur va taxayyuli mahsuli, voqelikda real asosi yoki toliq oxshashi mavjud bolmagan badiiy obrazlar, hayotiy holatlar, voqealar yaratishda namoyon boluvchi bad. Ijodning muhim komponenti.