1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar)



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə92/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
Folklor mavzular

II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
O‘ZBEK FOLKLORIGA KIRISH


1-mavzu. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganishning yetakchi masalalari. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20l6-yil 13-maydagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” farmoni mavzu bilan bog‘lab sharhlanadi. Folklorning so‘z san’atiga aloqasi va san’at inson tafakkur salohiyatining natijasi ekanligi o‘rganiladi. Mahorat va fikriy kashfiyot san’atning muhim belgilaridan biri xususida so‘z boradi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari mahorat, aqliy (fikriy) kashfiyot namunalarining badiiy ifodasi sifatida tahlil qilinadi.


2-mavzu. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning badiiyati
Mif tushunchasi izohlanib, uning xalq og‘zaki ijodi asarlari tarkibiga badiiy estetik holatda o‘tish jarayoni o‘rganiladi. Mifologik tafakkurning badiiy estetik tafakkurga o‘tish bosqichlari afsona, rivoyat, naql, epos, ertak, qo‘shiq misolida ochib beriladi. Afsona, rivoyat, naql atamalari haqida ma’lumot. Ularning umumiy va o‘ziga xos jihatlari. Afsona va rivoyatlar tasnifi. Osmon yoritgichlari, tog‘, daraxt, suv, olov va hayvonlar bilan bog'liq afsona va rivoyatlar tahlil etiladi. To‘maris va Shiroq rivoyatlari asosida Vatan mavzusi yoritiladi.
3-mavzu. Marosim folklori. Mavsumiy va oilaviy marosim folklori va ularning badiiyati
Mavsumiy marosim folklorida so‘z magiyasining badiiy estetik sathga o‘tishi va boshqa masalalar yoritiladi. Xalqona taqvimlar, Navro‘z, shoxmoylar, Sust xotin, Choy momo, loy tutish kabi marosimlarning verbal tizimi tahlil etiladi. Oilaviy marosim janrlari yor-yor, kelin salom, o‘lan va boshqa namunalarning badiiyati, ma’no qatlamlari ko‘rsatiladi. Ushbu marosim janrlarining obrazlar tizimi, she’riy tuzilishi ohang yo‘llari tahlil etiladi, o‘ziga xos jihatlari yoritiladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin