4-mavzu. Ozbek xalq dostonlari
Doston janri haqida malumot. Doston - xalq ogzaki ijodining sinkretik janri sifatida. Dostonda badiiy matn (nazm va nasr) va musiqaning orni. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari haqida malumot. Xalq dostonlarining ijro ananasiga kora (Samarqand. Xorazm. Farg'ona) turlari. Dostonlarning tasnifi (qahramonlik, romantic, tarixiy, kitobiy, jangnoma dostonlari) haqida malumot. Xalq dostonlarida turkumlik: Qahramonlik dostonlarining govaviy badiiy xususiyatlari. Alpomish va “Go'rog'li” dostonlari g'oyaviy-badiiy sathda organiladi. Epos va etnos masalasi ko‘rib chiqiladi. Dostonlardagi yetakchi qahramonlar genezisi tadrijiy bosqichlari yoritiladi. Asosiy motivlarning syujet ko‘lamidagi o‘rni o‘rganiladi. Dostonlardagi epik qoliplar, ananaviy sheriy takrorlarning badiiyati keng yoritib beriladi. Romantik dostonlarning g'oyaviy badiiy xususiyatlari. Ravshan, Qunduz va Yulduz, Kuntugmish, Malika ayyor, Orzigul kabi dostonlar poetikasi tahlili orqali romantik dostonlarga xos xususiyat va belgilari ochiladi. Romantik dostonlarning yetakchi motivlari, ularning qahramonlari, syujet tiplari, badiiy tasviriy vositalari, goyaviy qatlamlari tahlil qilinadi.
5-mavzu. Ozbek xalq ertaklari
Ertak xalq ogzaki ijodining eng qadimiy ommaviy janrlaridan biri ekani. Ertakjanrini anglatuvchi atamalar. Ertakda xalq hayoti, orzu-istaklari, psixologik dunyosining aks etishi. Xalq ertaklarining janr xususiyatlari. Ertaklarning mazmuniga kora tasnifi.
A)Hayvonlar haqidagi ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar genezisi, ularning mifologik va mavsumiy marosimlar bilan aloqasi, badiiy ramz va timsollari haqida soz boradi. Susambil, Tuxum bilan buyrak, Qirq quloq, Ovchi, kokcha va dono, Bori bilan tulki kabi ertaklar tahlili vositasida nazariy fikrlar dalillanadi.
B)Sehrli-fantastik ertaklar va ularning talqinlari, goyaviy-badiiy xususiyatlari. Sehrli-fantastik ertaklar magzidagi xalq falsafiy dunyoqarashi va uning badiiy talqinlari, ramz va timsollari ochiladi. Kulsa gul, yiglasa dur, Ur, toqmoq, Ahmadlar, Gungula, Dunyoda yoq hunar kabi ertaklar tahlili orqali sehrli-fantastik ertaklarning badiiyati, goyaviy mazmuni korib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |