1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə94/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
Folklor mavzular

V)Hayotiy-maishiy ertaklar. Hayotiy-maishiy ertaklarda ijtimoiy hayot muammmolari ifodasi. Ularda do‘stlik, mardlik, zakiylik, insonparvarlik kabi shaxs fazilatlarining ulug'lanishi. “Uch ko‘r va bir yigit”, “Egri va to‘g‘ri”, “Uch og‘ayni botirlar” kabi hayotiy-maishiy ertaklarning badiiy qimmati, g‘oyaviy ko‘lami yoritiladi. Hayotiy-maishiy ertaklarga xos syujet tiplari, yetakchi motivlar, asosiy qahramonlar o‘rganiladi.
6-mavzu. Xalq qo‘shiqlari. Termalar.
Mehnat qo'shiqlarining folklor san’atidagi o‘rni ochiladi. Qo‘shiqlarning mehnat turlariga ko‘ra farqlanishi, mehnat jarayoni va ibtidoda turli marosimlar bilan bog'liq jihatlari ko'rsatiladi. Mehnat qo‘shiqlari tarkibiga kirgan lirik xarakterdagi namunalar, xususan, “Yoz qo‘shiqlari” va boshqa misollar keng talqin etiladi. Lirik qo‘shiqlar. Lirik qo‘shiqlarga xos xususiyatlar, ularning ijro o‘rni, ohangi, an'anaviv takrorlari, qo'shiqlarda parallelism, vazn, qofiya, badiiy til masalalari. Mavzu turlari o‘rganiladi. Lirik qo‘shiqlarda ramz va timsollarning vazifalari ko‘rsatiladi. Qo‘shiqlarning janr xususiyatlari, asosiy xossalari o‘rganiladi, ularning inson qalb kechinmalari tarjimoni ekanligi ta’kidlanadi.
Terma janrining xalq epik ijodidagi o‘rni. mavzu doirasi, g‘oyaviy badiiy xususiyatlari ko'rsatiladi. Xalq termalarining baxshi- shoirlar ijodidagi, epik asarlar ijro jarayonidagi vazifalari tahlil etiladi. An'anaviy va individual termalar qiyosan o‘rganiladi.
7-mavzu. O‘zbek xalq paremikasi
Topishmoqlar - ijtimoiy hayot ifodachisi. Topishmoq aytish tartibi: ta’qiq va shartlari. Topishmoq va yozma adabiyot munosabati. Maqollar - hayotiy tajriba va sinovlar hosilasi. Paremiologiya yoki o ‘zbek maqolshunosligi asoslari. Maqol va aforizm (hikmatli so‘z) munosabati.
8-mavzu. O‘zbek xalq og‘zaki dramasi
Og‘zaki drama — xalq ijodining mustaqil janri. Og‘zaki drama janri tabiati, o‘ziga xos belgilari, ijro xususiyatlari. Masxarabozlar va qiziqchilar teatri. Qo‘g‘irchoq va qo‘g‘irchoqbozlik istilohlari izohi. Qo‘g‘irchoq teatri tabiati va undagi ijrochilik xususiyatlari. Qo‘g‘irchoq teatrining shakllanish tarixi va tasnifi: chodir jamol, chodir xayol va fonus xayol teatrlarining asosiy belgilari, repertuarlari va personajlari. “Askiya” atamasining mohiyati, janr tabiati va o‘ziga xos ijro xususiyati, ichki turlari. Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi. Lofning ijro xususiyati, unda satira va yumorning o‘rni. Lofning kompozitsion-badiiy xususiyatlari. Dialog va mubolag‘a-lof kompozitsiyasining asosi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin