1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə68/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
Folklor mavzular

Mehnat qo`shiqlari. Mazmunan mehnat jarayoni bilan bog`liq bo`lgan qo`shiqlar mehnat qo`shiqlari deb yuritiladi. Mehnat qo`shiqlari xalqimizning qo`shiqchilik repertuarida alohida va mustaqil o`rin tutadi. Mehnat qo`shiqlarining mazmun-mundarijasini, janr xususiyatlarini mehnat turlari va uni amalga oshirish jarayoni belgilaydi. Mehnat qo`shiqlari o`ziga xos ohangda sozsiz ijro etiladi.
1. Chorvachilikka daxldor qo`shiqlar.. Bu, o`z navbatida, ikki guruhga bo`linadi:
a) hayvonlarni e’zozlovchi qo`shiqlar;
b) sog`im qo`shiqlari;
- ho`sh – ho`shlar yoki ho`shimlar;
- turey – tureylar ;
- churey – chureylar yoki churiyalar.
II. Dehqonchilikka aloqador qo`shiqlar. Bu tubandagi ichki xilma– xillikka ega:
a) qo`shchi qo`shiqlari;
b) o`rim qo`shiqlari yoki “yozilar”;
c) yanchiq qo`shiqlari yoki ho`p maydalar;
d) yorg`ichoq qo`shiqlari;
e) bog`dorchilik yoki qo`riqchilik qo`shiqlari.
III. Kasb–hunarga daxldor qo`shiqlar. Bularni ham o`z navbatida dastlab uch ichki guruhga bo`lish mumkin, qolaversa, har bir guruh yana o`z ichki xilma–xilligiga ega :
To`quvchilik qo`shiqlari;
a) urchuq qo`shiqlari
b) charx qo`shiqlari
c) urmak to`qish qo`shiqlari
2. Tikuvchilik qo`shiqlari:
a) kashtachilik qo`shiqlari;
b) do`ppido`zlik qo`shiqlari;
c) to`nduzlik qo`shiqlari.
3.Sarboz qo`shiqlari.
Hunarmandchilikka aloqador qo`shiqlar. Hunarmandchilik kasbi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish davrida, ov hamda boshqa mehnat qurollarini yasashga nisbatan ehtiyojning tug`ilishi tufayli paydo bo`lgan. hunarmandchilikning paydo bo`lishi shahar hayotining taraqqiy etishi bilan ham bog`liq. Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish esa yana bir mehnat turi-savdo-sotiqni ham keltirib chiqargan.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLLAR:
1. Mehnat qo`shiqlari boshqa turdagi qo`shiqlardan qaysi jihatiga ko`ra farqlanib turadi?
2. O`zbek mehnat qo`shiqlarini necha guruhga ajratib o`rganish lozim?
3. Sog`im qo`shiqlarini ijro etish ehtiyojining kelib chiqishini qanday izohlaysiz?
4. Sog`im qo`shiqlari sog`iladigan hayvon turiga qarab qanday nomlar bilan atalib kelinadi?
5. Dehqonchilik bilan bog`liq mehnat qo`shiqlari tarkibi qaysi janrlarni qamrab oladi?
6. Yanchiq qo`shiqlari xalq orasida qanday nomlar bilan yuritiladi va asosiy motivi nimadan iborat?
7. Yorg`ichoq qo`shiqlari nega dehqonchilikka aloqador qo`shiqlar sirasiga kiritiladi?
8. Hunarmandchilikka aloqador qo`shiqlar orasida qaysi turlari asosiy o`rin egallaydi?
9. Kashtaning qanday turlarini bilasiz va ular kashtachilik qo`shiqlarida qanday ta’riflangan?
10. O`rmak qo`shiqlari qaysi jarayonda kuylangan?
11. Tikuvchilik qo`shiqlarida kasbga munosabat qanday ifodalangan?

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin