Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida quyidagilar bosh omil bo`lgan: 1.Xalqning hayotiy tajribasi va dono falsafasi.
2. Mashhur hind xalq kitobi Panchatantra va uning tarjimalari, Kalila va Dimna, shuningdek, arablarning mashhur Ming bir kecha ertaklari.
3. O`zbek xalq ertak va maqollari.
Maishiy hayotdagi o`rnak bo`larli voqea-hodisalar, ibratli axloqiy tushunchalar naqllar uchun mavzu qilib belgilangan.
Naqllarda voqelik hayotiy va xayoliy uydirma vositasida tasvirlanadi. Ulardagi obrazlar umumlashma xarakter kasb etadi va yaxshilik hamda yomonlik timsoli sifatida o`zaro zidlikda keltiriladi. Shuning uchun naqllarda ramz va zid qo`yish sanati yetakchi rol o`ynaydi.
Naqlning echimi kutilmaganda, favqulodda sodir bo`ladi. Bunga sabab bo`ladigan voqea esa oldindan sezilmaydi. Naqllar shakl va mazmuniga qarab ikki guruhga bo`linadi: a) Sinkretik naqllar b) Sof naqllar.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 1 Rivoyatlarda voqelik qanday bayon etiladi? Retrospektivlik nima?
2. Rivoyat bilan afsonaning o`xshashligi va farqi nimada?
3. Naqlning asosiy belgilarini nimalar tashkil etadi?
4. Naqllar shakl va mazmuniga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
5. Qaysi mashhur o`zbek naqllarini bilasiz?
6- MAVZU : Navro`z bayrami ananalari. Oilaviy marosimlar tadriji
Reja: 1. Marosim, bayram, anana, urf-odat tushunchalarining o`zaro munosabati va farqli tomonlari.
2.Mavsumiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari va turlari:
3. Bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiiyati.
4.Oilaviy- maishiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari,
5.Marosimlarning ijtimoiy-etnografik mohiyati va estetik vazifalari.
6. Nikoh to`yi uch bosqichli tarkibiy tuzilishga ega.
Marosim inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o`tadigan, o`z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo`shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.
Marosimlar kishilarning manaviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan manaviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to`kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o`tkaziladigan, xalq orasida qat`iy ananaga kirib qolgan hatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil topgan tadbir marosim deyiladi. Marosimni o`tkazish paytida ijro etiladigan qo`shiq va aytimlar, o`qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning verbal qismi sanaladi.
O`zbeklar marosimlarga boy xalqdir. Shu xususiyatlari, qolaversa, o`tkazilish vaqti, o`rni, tarzi, tartibi, ijodkorlari, ishtirokchilari tarkibi va vazifalariga ko`ra o`zbek marosim folklorini uchta katta guruhga bo`lib o`rganish mumkin: Mavsumiy marosimlar folklori.