1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə29/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
Folklor mavzular

6-mavzu: O`ZBEK XALQ QO`SHIQLARI. TERMALAR
Reja:
1. Xalq qo‘shiqlari haqida umumiy ma’lumot.
2. “Qo`shiq” istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy – kompozitsion belgilari.
3. Mehnat qo`shiqlarining tabiati, tasnifi:.
4. Lirik qo`shiqlarning o`ziga xos tabiati va ijro xususiyatlari.
5. Tarixiy qo`shiq janri tabiati va uning o`zbek folklorida tutgan o`rni.
6. Terma janri tabiati va ichki ko`rinishlari.
Tayanch tushunchalar: Terma, qo`shiq, mehnat qo‘shiqlari, dehqonchilik, chorvachilik, kasb-hunar, janr, poeziya.
O`ta milliy, tarixiy badiiy-estetik hodisa sanaluvchi qo`shiqlar millatning poetik xotirasi, bilimlari qomusi, tuganmas ma’naviy boyligi sifatida juda qadim zamonlardan to hozirgacha yaratilib, kuylanib kelmoqda. Xalq she`riyatining qadimiy, ommaviy, an’anaviy turi sanaluvchi qo`shiqlar insonga, insoniyatga doimiy hamroh bo`lib, unga ma’naviy turmushda ko`makchi, xilma-xil marosimlarning betakrorligini ta’minlovchi badiiy qismi vazifasini o`tab kelmoqda.
Xalq qo`shiqlarida insonning ruhiy olami, ichki kechinmalari, turmushida sodir bo`luvchi ko`ngilli va ko`ngilsiz voqealar, g`am-anduh yoki shodlig-u xurramliklari, mehnat mashaqqatlari, sevgi iztiroblari his-tuyg`ular orqali aniq badiiy obrazlarda gavdalantiriladi.
“Qo`shiq” atamasining ilmiy istiloh holatiga keltirilganligiga juda ko`p asrlar bo`lgan. Zero, u keng ma’noda xalq poeziyasini anglatsa, tor ma’noda xalq lirikasi shaklini – janrini ifodalaydi. Bu holatni qoraqalpoq, ozarbayjon va uyg`ur folklorida bo`lganidek, tojik folklorida ham kuzatish mumkin. Chunonchi, tojikcha “surud”, qoraqalpoqcha “Qo`siq”, ozarbayjoncha “Qo`shma” va uyg`urcha “Qo`shoq” istilohlari shunday estetik mohiyatga ega. M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida shunday to`rtlik bor:
Turkan qatun qutyog`a,
Tergur menden qoshyog`
Ajg`ul sizni tabug`chi,
Otnur jaqi tabug`.26
Mazmuni: Turkan xotun qoshig`a,
Mendan yetkur she`r.
Xizmatga xodimingiz
Rost, deb payom ber.27
Bu akademik A.Qayumovning she`riy tabdili. Chindan-da, “Qoshig`” so`zi dastlab “maqtov, alqov” ma’nosida qo`llangan. Shunisi e’tiborliki, bu istiloh Yusuf xos Hojibning “Qutadg`u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asarida fonetik o`zgarishga uchragan holda “Qoshug`” shaklini olgan bo`lsa, Xorazmiyda “Qo`sh” shaklini olgan. Chunonchi, Yusuf xos Hojibda:
Bu turkche qoshuqlar tuzettim seg`e,
Oqo`rda uno`tma du`o qil meg`e.28
Mazmuni:
Bu turkcha qo`shiqlarni sen uchun tuzdim (yozdim),
O`qiganingda unutmay duo qil meni.
Xorazmiyda:
Kel,ey oy yuzli dilbar, tut bir qo`sh,
Biror qo`sh birla qilgil bizni madxush.29
Bu baytda “Qo`sh” so`zi she`r bitish, yaratish ma’nosidadir.
XII asr tilshunosi Mahmud Umar Zamaxshariy “Muqaddimat ul- adab” arabcha – forscha – turkcha-mo`g`ulcha to`rt tilli lug`atida arabcha “she`r” istilohi turkiyda “Qo`shiq” deyilishini izohlab, unga “-chi” qo`shimchasini qo`shib yasalgan “Qo`shiqchi” so`zi mohiyatan “shoir” atamasiga ekvivalent ekanligini shunday ta’kidlaydi: «She`r ko`toh guft shoir – qisqa qo`shiq aytdi qo`shiqchi».30
Alisher Navoiy ham “Mezon ul – avzon” (“Vaznlar o`lchovi”) asarida “Qo`shiq” istilohini “poeziya” ma’nosida qo`llab, yana uning ayolg`u, lahn, turki deb yuritilishini, ayni chog`da bular xalq poeziyasining ichki shakllari sifatida uchrashini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy “Qo`shiq”ning tor ma’noda janr tushunchasiga egaligiga alohida diqqat qilib yozadi: “Yana qo`shiqdurkim, org`ushtak usulida shoyidur va ba’zi advor kutubida ul usul bo`lubtur va ul surud a’robning teva surur hudilari vazni bila madidi musammani solimda voqe bo`lur, aning asli bu na’vdurkim, bayt:
Vahki ul oy hasrati dardi dog`i firqati,
Ham erur jonimga o`t ham hayotim ofati.”31
Navoiy bunda kuy bastalangan, vale aruzda bitilgan xalq qo`shig`ini ko`zda tutadiki, hozir bunday hodisa “ashula” istilohi ostida qo`shiqdan farq qilinadi va qo`shiqning ichki bir xili sifatida tushuniladi.
Bobur ham “Risolai aruz”da bu fikrni tasdiqlab yozadi: “Sulton Husayn Mirza zamonida yana bir surud chiqti kim “Turkiy”ga o`q mavsum bo`ldi

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin