Maishiy hayotiy ertaklar. Bu ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog`liqdir. Ularda real ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahramon bo`lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar ortiqcha uydirmalardan deyarli xoli bo`lib, ularda ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
Maishiy-hayotiy ertaklarda voqelik makoni aniq shahar yoki qishloqda kechadi, aniq qahramon ishtirokida yuz beradi. Ular mazmun-mundarijasi va g`oyaviy yo`nalishi, obrazlariga ko`ra sehrli-fantastik va hayvonlar haqidagi ertaklardan farq qiladi. Ularda aniq shaxsning o`z aql kuchi, tadbirkorligi, chidam va matonati, yuksak insoniy fazilatlari tufayli murod-maqsadiga yetishuvi ko`rsatib beriladi. Shu sababli maishiy-hayotiy ertaklar syujetini ijtimoiy-maishiy mazmundagi voqelik tashkil etadi. Ularning aksariyatida jamiyatdagi ijtimoiy kamchiliklar, nosozliklar, mehnat ahlining hukmron tabaqa vakillaridan noroziligi umumlashma obrazlarda ochib beriladi. Bunday ertaklarning aksariyati tanqid qilishga asoslanganligi tufayli shartli ravishda hajviy ertaklar deb yuritiladi. Biroq aytish joizki, maishiy ertaklarning barchasi ham tanqidga asoslanmagan, shu vajdan bunday ertaklar o`zbek folklorshunosligida shartli ravishda tanqidga asoslangan ertaklar tarzida yuritiladi. Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida, etiqodida kechgan o`sish-o`zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o`qiladi, eng muhimi, navqiron avlodning manaviy-axloqiy kamol topishida beqiyos tasir ko`rsatib kelmoqda.
3.Ertaklarda ananaviy kirish va boshlama munosabati qanday?
4.Sehrli-fantastik ertaklar qanday xususiyatlarga ega?
5.Hayvonlar haqidagi ertaklar-chi?
6.Maishiy-hayotiy ertaklar-chi?
7.Ertaklarning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati nimada?