Yangi to p ish m o q lard a a n anaviy to p ish m o q larn in g shakli, jum boqlash usullari, asosan, saqlanib qoldi, lekin m etafo rik topishmoqlar kam yaratildi. Yangi topishmoqlarning yaratilishida individual ijodkorlarning xizmatlari katta b o ldi. Bunday ijodkorlar yaratgan topishmoqlarnnng muayyan qismi ommaviy repertuarga o'tib, bolalar orasida tobora keng tarqalib bormoqda. Topishmoqlar tuzilishi jihatidan nasriy yoki she'riy shaklga ega. Nasriy topishmoqlar sheriy tuzilishdagi topishmoqlarga nisbatan ozchilikni tashkil etadi. Sheriy topishmoqlarda sher shakliga xos turoq, vazn, qofiya, radif kabi barcha jihatlarga to la amal qilinadi. Masalan:
Tortdir uning oyogi,
Temir mixli tuyogi,
Manzilga yetishtirar,
Toshdan qattiq tuyogi. (Ot)
Topishmoqlarning savol hamda javob qismi bir komponentli (bir savol-javobli, bir predmetli) yoki kop komponentli (kop savol javobli, kop predmetli) b o lishi mumkin. Bori, baliq, sumalak, toshbaqa haqida yaratilgan quyidagi topishmoq to 'rt komponentlidir:
Togda talaymonni kordim,
Suvda sulaymonni kordim,
Tuzsiz pishgan oshni kordim,
Yumalab yotgan toshni kolrdim.
Topishmoqlar ritmik izchilligi, badiiy ohangdorligi, qofiyalaming m o l- k o lligi va x ilm a-x illig i bilan ajralib tu rad i. M etafo ra, m etonim iya, m ubolaga, o xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalari va kochimlar ulardagi badiiylikni ta minlaydi. Alteratsiya va takrorlaming rang-barangligi va turfa-turfa tovlanishi topishmoqlarning jarangdorligi va emotsional tasirchanligini yanada oshirgan. Bulaming barchasi birlashib, ularning kishi xotirasida uzoq saqlanishini ta minlay olgan. Topishmoqlar adabiyot va sanat taraqqiyotiga barakali ta sir etdi. U lar adabiyotimiz tarixida chiston, muammo, muvashshax, ta rix kabi lirik janrlarning paydo b o lishi va rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bugungi kunda topishmoqlar juda katta m arifiy va tarbiyaviy aham iyatga ega. U lar bolalar va yoshlarimizning fikr doirasini kengaytirish, topqirligini oshirish va muhokama qobiliyatini o stirishning muhim estetik vositasidir.
Maqol.
Maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikmat, foyda, hikmatli soz, tanbeh, mashoyixlar sozi, donolar yoki donishmandlar sozi, oqinlar sozi va otalar sozi atamalari bilan el orasida yurgan bu jan r namunalari goyat ommaviy bolib, umumfolklor hodisasi hisoblanadi. Ilmiy taomilda esa maqol atamasi istemoldadir. Maqol arabcha «qawola» sozidan olingan va «aytmoq, sozlamoq» manolarini anglatadi. Xalq orasida «Qavlida sobit» yoki «Qavlida tuturuqsiz» iboralari bor: birinchisida «sozida qatiyatli, bir sozli» m anolari
anglashilsa, ikkinchisida «sozida turmaydigan, oz sozi ustidan chiqa olmaydigan, sozi bilan ishi bir bolmagan» manolari ifodalangan. Binobarin, «maqol» sozi o zbek tilida ikki manoda, avvalo, o z lugaviy manosida «soz, nutq»ni anglatsa, ikkinchidan, istilohiy ma’noda folklorda keng tarqalgan janrni ifoda etadi. Maqol masal va naql janrlarining yuzaga kelishiga tasir korsatgan, masal va naqlning xulosasi, qissadan chiqarilgan xulosasiga aylanganligi tufayli b azan masal va bazan naql istilohlari bilan aralashib ketgan. Aslida esa «masal» sozi ham arabcha bolib, «oxshamoq» manosini anglatsa-da, ozbek tilida maqol va biror maqsadni izohlashga qaratilgan majoziy hikoya singari ikki m anoda qollanadi. Biroq XX asrga kelib, uni maqol m anosida istifoda etish bilan cheklanildi. Faqat tojik folklorshunosligida maqolni masal istilohi bilan atash qaror topdi.«Naql» sozi h am maqol m anosida q o llansa-da, arabcha soz bolib, «kochirmoq» manosini anglatadi. 0 zbek tilida esa «bayon qilmoq, hikoya qilmoq, rivoyat qilmoq» singari ikkinchi bir manoga ega va xalq ogzaki nasrining mustaqil aforistik janrini ifodalovchi ilmiy istiloh sifatida qo'llanadi. «Yaxshi naql-tomiri aql» maqolida
«naql» maqol manosidadir. Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifatida ogzaki badiiy ijodning keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona axloq-odob qoidalari deb atash mumkin. Zero, maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy,
manaviy-madaniy. axloqiy-falsafiy qarashlarining goyat ixcham, londa, siqiq va obrazli ifodasidan tugilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki malum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tugiladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bolib yuzaga keladi. Aytaylik, jahondagi barcha xalqlarda ham yashamoqning asosiy sharti-yemoq va kiymoq bolib, buning moddiy negizi ekin ekish va undan mol-kol hosil olgan holda ham moddiy, ham m anaviy imkoniyatlarini taminlashdir. Ekin ekish uchun yerni qay vaqtda shudgor qilish uning unumdorligini oshiradi? Bu savol javobi necha asrlik dehqonchilik tajribasining axloqiy xulosasi sifatida «Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda» maqolining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, xalq turmushidagi tajriba bir xil xulosalarni keltirib chiqargan. N atijada m ohiyatan bir mazmundagi maqollar yuzaga kelgan. Chunonchi, o ‘zbeklardagi «Bug‘doydan-bug‘doy, aфadan-arpa» va «Nima eksang — shuni o‘rasan» maqollari tojiklarda «Gandum az gandum biro‘yad, javzi jav» va ruslarda «Chto poseyesh, togo i pojnesh» shakllarida qollanadi.
Bu h o lat xalqlarning o zaro m anaviy aloqalari ta siri yanada chuqurlashib borayotganligi kochish natijasi ham bolishi mumkin. U holda maqolning dastlab qaysi tilda yaratilganligini aniqlash oson emas. Shu sababli turli tillarda mavjud bir xil mazmundagi maqollarni o sh a xalqlar turmush tarzidagi o xshash jihatlarga oid hayotiy tajribalaming mantiqiy-axloqiy yakunlari sifatida qarash asosliroqdir. Lekin masalaning bu qirrasi paremiologiya-maqolshunoslikda deyarli organilayotgani yoq. Har bir xalq maqollarida o sha xalqning qalbi, milliy tabiatiga xos qarashlari ifodalansa-da, ulardagi goya umumxalqqa tegishlidir. Shu xususiyatiga k o ra, m aqollar ham miiliy, ham
umuminsoniy mohiyat kasb etgan. Maqollar insonlaming turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq muddatli sinovlardan o tgan turmush tajribalarining hosilasi-barqaror va o zgarmas, to gri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kelgan. Bu hol maqollarda mavzular doirasini behad kengaytirgan va xilma-xillashtirgan. Binobarin, inson hayoti va turmushining barcha qirralari maqollarda axloqiy bahoga aylangan. Shuni takidlash orinlidirki, hadislar ham maqollaming paydo b o lishi va taraqqiyotida m alum darajada ta sir korsatgan, aniqrogi, h a d isla r jo n li s o zlashuv ja ra y o n id a q ay ta ish la n ib , yanada ixchamlashib, obrazlilik kasb etgan holda xilma-xil maqollar shaklida faolroq q o llana boshlagan. Masalan, Abdulloh ibn U m ardan rivoyat
qilinadigan «Alloh Taoloning rozi bolishi otaning rozi bo*lishiga va uning g azabi ham otaning gazabiga bogliqdir» hadisi mavjud. U xalq ijodida «Ota rozi-xudo rozi, Ota norozi-xudo norozi», «Ota oldida kek urma, odobingga chek urma», «Ota oldidan o tm a, odob oldidan ketma», «Ota o gli b o lsang, ota nomini baland tut» singari o nlab maqollaming yuzaga kelishiga turtki b o lgan. Xalq maqollari kop asrlik tadrijiy yolni bosib, avloddan-avlodga, ogizdan-ogizga o tish jarayonida yanada silliqlanib, zam on ruhiga yogrilib, teranlashib borgan. Ijtimoiy hayotdagi o zgarish ularda ham aks topa borgan. M.Koshgariyning «Devonu lugotit turk» asarida uchraydigan «Osh totugi tuz»> maqoli arablar istilosidan song arabcha sozlarning turkiy tilda faollasha boruvi tufayli «Oshning tami tuz bilan» shaklida leksik va sintaktik o zgarishga uchragan holda qollana boshlagan. Bunda arab ch a «tarn» so zi tu rk iy «to tu q » sozini a lm a s h tirg a n va «bilan» k o m ak ch isi y o rd am id a m aq o ln ing transformatsiyaga uchragan yangi shaklda yashashini ta minlagan.
0 tmishda ustoz-shogird munosabatini ifodalovchi «Ustoz korgan shogird andin-mandin qarmalar, ustoz kormagan shogird har maqomda yorgalar» maqoli qachonlardir ikki qismdan iborat bolgan. Unda ustoz shogirdni o z xonadonidagi tekin xizmatkorhk muddatini chozish maqsadida hunari sirini o rgatishni paysalga solar yoki istar-istamay tushuntirar, shunda ziyrak shogird faqat o z ustozi korsatmalari bilan cheklanmay, boshqa ustozlar ishlarini sinchkovlik bilan kuzatish asosida mahorat sirlarini o zlashtirib borar edi. Maqolning birinchi qismida ana shu axloqiy ibrat ifodasini topgan bolsa, ikkinchi qismida usta kormagan, yani shogird tushib, hunar o iganmagan kishining har maqomda yorgalishi uquvsizligi kesatilgan. Davrlar o tishi bilan u sto z-sh o g ird o rtasidagi m unosabatlardagi o zg arish lar tufayli maqolning birinchi qismi tushib qolib, maqol yanada ixchamlashgan. Maqollarda ajdodlarimiz axloqiy qarashlari narsa-hodisalarga m uno sab atlari, ruhi va tafak k u ri sezilib tu rad i. 0 zbek xalq maqollarida o zbek xalqining dono siymosi, tarixiy taqdiri, mentaliteti, bagrikengligi, saxovati, adolatpeshaligi, ilmga, mehnatga chanqoqligi, b u n y o d k o rlig i, m e h m o n d o stligi, o ilap arv arlig i, b o lajo n lig i, b o lap arv arlig i, m eh m o n n av o zlig i, to g riligi, sev g i-sad o q ati, jo sh q in lig i, tiy rak lig i, g a y r a t- sh ijo a ti, q u v o n ch i, iz tiro b i, dushmanlariga qahr-gazabi, betakror urf-odatlari va an analari yaqqol aks etib turadi. Xalq shu maqollari orqali kelajak avlodiga oz turmush tajribalaridan saboq beradi. Maqollar malum vaziyatda, m alum voqea-hodisa munosabati bilan yo fikmi boshlash oldidan, yo fikr bayoni jarayonida, yo fikrni
xulosalash maqsadida aytiladi. Uni keksa-yu yosh baravar aytsa-da, koproq hayotiy tajriba egasi bolgan katta avlod nutqida faolroqdir. Maqollarni ish jarayonida ham , oddiy yoki jid d iy muomala-munozaralarda ham, to y-hashamlarda ham aytish mumkin. Har bir gapga bir maqolni qoshib, fikrni dalillash, tasdiqlash yo inkor etish asosida nutqning tasir kuchi oshiriladi. Bunday nutq tinglovchini befarq qoldirmaydi, uning his-tuygulariga tez ta sir qilib, fikrini uygotadi, adolatli xulosalarga kelishi va hukm chiqarishini taminlaydi. Maqollarning axloqiy hukm sifatidagi mohiyati shunda korinadi,
zero, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab boriladi. Maqollarda ifodalangan yagona hukm har bir tinglovchida har xil kechinma yo fikr uygotishi tabiiy. Lekin baribir barcha bir xil xulosaga keladi.
Maqollar ogzaki badiiy ijod va falsafa oraligida turgan hodisa bolib, ularda aytilgan hukmni hech kim inkor etolmaydi.Chunki bunday hukm, awalo, asrlar davomida turmush tajribasida qayta-qayta sinalib tasdiqlangan, so'ngra esa, xuddi shu xususiyati tufayli tarix hikmatiga aylanib tashviqiy mohiyat kasb etgan. Shuning uchun maqollardagi fikrlartinglovchilartomonidan etirozsiz, hech bir qarshiliksiz va izohsiz qabul qilinishi odatiy holdir. Maqollarda mantiq kuchi baland, fikr ishonarli va bahslashishga o rin qoldirilmagan. Shu sababli ulardan nutqning istalgan joyida, istalgan maqsadda foydalanish mumkin. Shunga qaramay, maqollar, odatda, jiddiy tusda aytiladi va tinglanadi. Lekin b azi hollarda maqollar kinoya, piching, istehzo, zaharxanda m anolarida ham ishlatilishi mumkin: «Jojan i kuzda sanaydilar» maqolida ishining natijasi korinmay maqtanadigan kishilarga kinoya, «Gado arazlasa to rvasiga ziyon» maqolida huda-behudaga achchiqlanadigan kishilarga zaharxanda ma'nolari ifodalangan. Maqollar m ano-mazmunini to la anglash va idrok etish uchun tin glovchi, avvalo, o sha m aq o ln i yaratgan xalqning tarixini, d u n y o q arash in i, u rf-o d atlarin i, diniy aq id alarin i, o sha xalq yashayotgan yurtning jugrofiy muhitini, hayvonlar va o simliklar dunyosini, iqlim sharoitlarini puxta bilmogi lozim. Chunki har bir maqol o'zicha mustaqil qomusiy asar b o lib, uning asosida kishilik yaratgan bilimlarga oid tushunchalar o'zaro qorishib ketgan. Xalq taqvimi va urf-odatlariga oid kopgina maqollarda bu ravshanroq korinadi. Jumladan, «Ayamajuz olti kun, qahri kelsa qattiq kun», «Aziz momo - olti kun, qahri kelsa yetti kun», «Aziz momo, olti kun, qaltirasa yetti kun, sakransa - sakkiz kun, to qransa to qqiz kun, o qransa o n kun» singari maqol mazmunini anglashga harakat qilaylik. Ayamajuz Navro'zdan oldin keladigan va qish intihosiga aloqador ayozli hafta b o lib, aslida «toqson»ning ilovasi hisoblanadi. 0 rta Osiyo xalqlarida qadimdan qish to qson kun sanalib, shu muddat «to‘qson» deb atalgan, so'ngra qirovli kunlarning cho‘zilishi inobatga olinib, ehtiyot yuzasidan unga yana o ‘n kun q o ‘shib, yuz kunga to 4lg‘azganlar va uni «sadi роk» deb yuritganlar. Hozirgi hisobga ko‘ra, «to‘qson» 13 dekabrdan 13 martgacha b o lgan muddatga to g ri keladi. Kop yillik kuzatishlar shuni kolrsatdiki, to qsonning oxirgi haftasi-hamisha sovuq zorayib, hatto yer muzlashgacha borib yetadi. Shu olti kun «Ayamajuz, Ayyom yoki shisha kunlari» deb atalgan. Abu Rayhon Beruniy bu kunlarga xalq e tiqodi asoslarini «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklap> asarida shunday ta riflaydi: «Shu oy ichida «kampir kunlari» bolib, uning boshi yigirma oltinchi shubotdir. U ketma-ket yetti kun boladi. yil kabisali bolsa, to it kuni Shubotdan, uch kuni ozor oyidan bo'ladi: (yil) kabisali b o lmasa, uch kuni Shubotdan, to rt kuni ozordan (boladi)... Qadimgilar hikoyasicha, bu kunlar «kampir kunlari» deb atalishining sababi shuki, ... Od qavmi shu kunlarning qattiq sovuq shamoli, girdoblari va dahshatlari bilan halok bolgan. Ularjumlasidan bir kampir tirik qolib, halok b o lganlarga marsiya aytib, yig'lagan. Shuning uchun bu kunlar «kampir kunlari» deb atalgan. U (kecha- kunduzlaming) qissalari mashhurdir.
Bazilaming gumonicha, shu (kunlarning «kampir kunlari») deb atalishiga sabab shuki, bir kampir (havoning) isiganini k o rib, paxtali kiyimini yechib tashlagan va shu kunlaming sovugida o lgan. Bazi arablar fikricha, «kampir kunlari»ning bunday atalishiga (sabab), bu kunlar qishning «kampiri», yani oxiridir». Mana shulardan bexabar holda mazkur maqol «magzi»ni chaqish qiyin. Maqollar ham sheriy, ham nasriy shakllarda bolsalar-da, na link, na epik turga kirmaydi. Maqollar shaklan ixcham bolsalar-da, badiiyatiga kora yuksak obrazlilikka egadirlar. Ularda fikr sodda, tabiiy, ravon, silliq va tushunarli b o lib, tasirchan ifodalanishi ehtiyoji turli narsalar, hayvonlar. o simliklar va hodisalar obrazlaridan goyaviy-badiiy niyatni ifodalashda foydalanishni taqozo etgan. Natijada timsoliy obrazlar v o s ita sid a h ay o td ag i ijobiy yo salb iy v o q ealarg a, in s o n iy munosabatlarga axloqiy baho berilib, hukmlar chiqarilgan. Maqollar tuzilishiga kora, bir va bir necha sintaktik butunliklar asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat maqollar, odatda bir qismli maqollar sanalib, ko'pincha darak gap yosinida b o ladi: «Ayol tilini ayol bilar», «Argamchiga qil-quvvat», «Vatanni sotgan er bolmas». «Gavhar yerda yotmas», «Yomon it egasini qopar», «lshni ishchandan o rgan» kabi. Kop sintaktik butunlikdan iborat maqollar esa, kop qismli yoki murakkab m aqollar deb yuritiladi. Bunday maqollar bir-biriga o xshash yoki zid fikrlar bayonidan iborat boladi. Aksariyat maqollar ikki qismdan tashkil topgan; bir qismi tasviriy mohiyatga ega b o lsa, ikkinchi qismi xulosadan iboratdir: «Aytmas yerda ogzingni tiy, mehmonga borsang nafsingni», «Bulbulning sayrashi guldir, m ehr xazinasi tildir», «Bugdoy noning b o lmasin, bug'doy sozing bolsin», «Yolqitsa ham, yog yaxshi, yondirsa ham, yoz yaxshi», «Ishonish bilan kasal b o lsang, umid qilsang, tuzalasan» kabi yuzlab maqollarda ikkinchi qismi zarbli va asosiy o gitni ifodalaydi. Bir qismli maqollarga nisbatan kop qismli maqollar tez o zgarishga mo-yilroqdir. Chunki bazi holatlarda maqol aytuvchining unda ifodalanayotgan m a'noni tushunib yetmasligi yoki eshitganini eslay olmasligi natijasida o zicha qo'shimcha sozlar, izohlar q o shishi tufayli m aqolning yo m azm uniga, yo tuzilishiga jid d iy zarar yetkazilishi mumkin. Bunday vaziyatda o'sha maqolda asosiy fikrni tashigan uzvlardan birining tushirilib qoldirilishi hech gap emas.
Binobarin, maqollami aytish va tinglash ham alohida e'tib o r va mas'uliyatni taqozo etadi. Aks holda beparvolik tufayli maqolning asl m anosiga putur yetkazilib, kelajak avlodga notogri talqinda o tib qolishi va mantiqqa zid m anoda qollanilishi mumkin. Shuningdek. maqolni aytuvchining o zi, awalo, aytayotgan maqoli o zi bildirayotgan fikr mantigiga, mavjud sharoitga, vaqtga, voqelik mohiyatiga nechogH mos tushishini obdon chamalab kormogi zarur. Aks holatda esa aytilgan maqol yangi kiyimga tushgan yamoqqa aylanib qoladi. Maqollar jonli sozlashuv tilida yaratilgan va shu taxlitda sozlanadi. Aksariyati to gri manolarda qollansa, malum qismi kochma (ramziy va majoziy) mano tashiydi: «Awal o yla, keyin soyla», «Yosh kelsa ishga, qari kelsa oshga», «Mehnat, mehnatning tagi rohat», «Vatani boming baxti bor, mehnati borning taxti», «Vataning tinch sen tinch» maqollarida togri mano ustuvor; «Dunyoni suv olsa o rdakka ne gam?», «Borini yoqlasang, qulogi korinadi» singari maqollar kochma manodagina hikmatlilik kasb etgan. Keltirilgan maqollaming birinchisi begam, beparvo, na oila, na el-yurt gamini oylamaydigan, qom i to ysa boldi boshqasi bilan ishi bolmaydigan kishilarga qarata kesatiqni ifodalasa, ikkinchisida yomon niyatni konglingga solma, tilingga olma, aks holda u ozingga uradi manosi majoz orqali o z aksini topgan. M aq o llard a b ad iiy til vositalari fikrni ixcham va obrazli ifodalashga, tinglovchi qalbida kechinmani tez uygotishga xizmat qiladi. Bu jihatdan maqollarda uchrovchi sinonimiya va antonimiya hodisalari etibom i tortadi. Maqollar orasida shakli boshqa bolsa- da, m azm uni b ir xil b o lib, sinonim ik q ato rlar hosil qiluvchi namunalaranchagina. Bu motivlar silsilaviyligi asosida yuzaga kelgan. «Kattani katta bil, kichikni kichik» maqolidagi axloqiy motiv «Kattaga tegma yiglarsan, kichikka tegma uyalarsan», «Kattaning uyalgisi kelsa kichikka tegadi», «Katta kattaligida tursin, kichik kichikligida», «Kattaga kattalarcha bol, kichikka - kichiklarcha», «Kattalar aytsin, kichiklar eshitsin», «Kichikni maqta, kattani saqla», «Kattaga hurmat kichikka shafqat» kabi o nlab maqollarda aksini topib, butun bir silsilaviy sinonimik qatorni yuzaga keltirgan. Bu xildagi maqollarni shartli ravishda sinonim maqollar deb yuritish mumkin; ular. odatda, mazmuniga kora tasnif qilinganda bir mavzu doirasida beriladi. Aksariyat m aqollarda ikki mantiqiy markaz o zaro ziddiyatli munosabatda beriladi, bunda tazod sanati asosiy badiiy-tasviriy vosita sifatida estetik vazifani o taydi: «Awal o yla, keyin soyla», «Kop oyla, oz soyla», «Awal bahor, oxir xazon», «Bas etgan o zar, qasd qilgan to zar», «Boyning o gli kelsa to rga, kambagalning ogli gorga», «Yomon o gil molga o rtoq, yaxshi o gil jonga», «Ishlagan yemi yashnatar, ishlamagan qaqshatar» singari maqollarda o git magzi yaxshi va yomon nisbatlaming o zaro qarama- qarshi q o yilishi natijasida yarqirab turibdi va bu maqollarda antonimiya hodisasi tarzida qaraladi. Maqollarda sajlar faol b o lib, o ziga xos ichki qofiyadoshlikni yuzaga keltirgan va ularda ohang jilolarining jozibasini oshirgan: «Ishlagan tishlar, ishlamagan - kishnar». «Nodon kuzatar, dono tuzatar», «Otaga mol, qizga jamol» va boshqa qator maqollarda saj san ati yuzaga keltirgan ohangdoshlik kompozision bir butunlikni va fikriy-mazmuniy yakunlanganlikni ta minlab turibdi. Bunda ohangdoshlik kopincha alteratsiyalar zamirida kechib, maqollarga ritmik o ynoqilik bagishlagan. Xususan, ikki va undan ortiq qismli maqollarda alliterasiya qismlami ohangdoshlik asosida o zaro boglab turuvchi yetakchi estetik vazifani bajargan.
M aqollarni tasnif qilishning xilma-xil k o rinishlari mavjud. Jumladan, alifbe tartibida, mavzulari, sinonimlik yoki antonimlik mohiyatiga kora, etimologiyasiga kora, to gri yoki kochma m ano tashishiga hamda qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga xronologiyasiga kora guruhlash yo tasnif qilish pareomiologiyada an'anaga aylangan. Ammo hozircha o zbek maqolshunosligida alifbe tartibi va mavzusiga kora tasnif qilish an anasiga ikki jildlik « 0 zbek xalq maqollari» (1987) va kop jildlik « 0 zbek xalq ijodi» ruknida « 0 zbek xalq maqollari» (1989) va « 0 zbek xalq maqollari» (2003) ham da etimologiyasiga kora Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedovlaming «Hikmatnoma» (1990) va «Manolar xazinasi» (2003) to plamlarini tuzishda amal qilingan. Xalq maqollari yozma adabiyotda hikmatli soz (aforizm)larning yuzaga kelishiga kuchli ta sir korsatdi. Ahmad Yassaviy hikmat, Rabguziy foyda va Alisher Navoiy tanbeh deb atagan bu hodisa yozma adabiyotgagina xos b o lib, maqoldan muallifming aniqligi, hikmatdan iborat m a'no-m azm unining kitobiy uslubda ifodalanganligi, hajman nisbatan yoyilganroq shakldaligi bilan ajralib turadi. Abu Rayhon Beruniy «Hikmatlar»i (1973), Abu Ali ibn Sino «Hikmatlar»i (1981), Amir Xusrav Dehlaviy «Hikmatlar»i (1973), Alisher Navoiy «Aforizmlar»i (1947), «Abdulla Qahhor hikmatlari» (1990), shuningdek, «1001 hikmat», «Tafakkur gulshani» va boshqa o nlab to 'p lam lar ana shunday xulosaga kelishga asos b o la oladi.
Xullas, maqollar xalq aforistik tafakkurining kaliti bolib, hajman siqiq, m azm unan purhikmat, ommaviy va keng tarqalgan janridir. Ularda kishilikning tabiat va jamiyatga munosabatining hamma qirralari axloqiy-falsafiy hukm tarzida baholangan. Maqollar ota- bobolaming asrlar davomida to plangan hayotiy tajribalarini zamonlar osha yetkazishda manoviy koprik bolib, avlodlarning bir-birlariga boglanishlarida beminnat xizmat qilib kelmoqda.