Mavzu yuzasidan savollar
Folklor asarlari qanday tur va janrlarga bolinadi?
Maxsus tur deganda qanday janrlar nazarda tutiladi?
Folklor janrlaridagi goyaviy-badiiy prinsiplar umumiyligi nimalardan iborat?
Janrlarning ozaro munosabatlariga oid mushtaraklik deganda nimani tushunasiz?
Janrlarning genetik aloqasi haqida tushuncha baring.
Janrlar tarixiy taqdiridagi mushtaraklik haqida malumot bering.
Adabiyotlar:
1. K.Imomov, T.Mirzaev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, Ozbek xalq ogzaki poetik ijodi. T.: «Oqituvchi», 1990.
2. Ozbek folklori ocherklari. Uch tomlik, 1-tom, T.: «Fan», 1988.
4-MAVZU: MIF, AFSONALAR VA ULARNING
ADABIYOTDAGI ORNI
Reja:
1. Qadimgi davr folklori haqida umumiy tushuncha
2. Mif (asotir) atamasining mohiyati, janrning o`ziga xos belgilari.
3. Mifologiya - miflarni o`rganuvchi fan.
4. Afsona istilohi haqida tushuncha. Afsonaning mavzusiga ko`ra turlari
Og`zaki nasriy asarlar tuzilishi jihatidan xalq lirikasi va og`zaki dramasi namunalaridan ajralib turadi. Bu farq, asosan, voqelikni ifodalash yo`liga qarab belgilanadi. Chunki xalq nasriy asarlarida voqealar aniq va mukammal syujet asosida bayon etiladi, tafsiliylik ustunlik qiladi. Ularda emosionallik, metrik o`lchov uchramaydi, voqelik epik nutq vositasida bayon etiladi.
Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og`zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo`lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi.
5-Mavzu: Rivoyatlarning janr xususiyatlari.
REJA:
1. Rivoyat janri haqida
2. Rivoyat janri tabiati, o`ziga xos xususiyatlari va turlari.
3. Rivoyatning afsona janridan farqi.
Rivoyatlar xalq og`zaki ijodidagi mustaqil, keng ommalashgan epik janrlardan biri. Ular, asosan, informativ vazifani ado etadi. Yani, u yoki bu voqea haqida xabar beradi va uni tasdiqlaydi. Kichik hajmli epik nasr namunasi bo`lgan rivoyatlarda voqelikni bayon qilish usuli retrospektivlikka asoslanadi. Retrospektivlik rivoyat janrining yetakchi xossalaridan biridir. Chunki rivoyatlarda tasvirlanayotgan voqelikning zamonaviy yo`nalishi o`tmishga qaratiladi.
Ota-bobolarimizning Otmish tarixi, ulug siymolarning hayot yOli va ezgu ishlari, ajdodlarimiz taqdirida muhim ahamiyat kasb etgan tarixiy voqea-hodisalar haqidagi malumotlar kOproq rivoyat janriga mansub asarlarda mujassam bOlgan.
Rivoyatlarga xos xususiyat shundaki, ularda hayotiy voqealar badiiy tOqimalar vositasida aks ettiriladi. Rivoyatlar afsonalardan hayot haqiqatiga birmuncha yaqinligi bilan farq qiladi.
Rivoyatlarning mavzu doirasi keng, goyaviy jihatdan rang-barangdir. Rivoyatlarda tarixiy hodisalar, xalq orasida malum va mashhur bOlgan shaxslar nomi bilan bogliq bOlgan voqealar, joy nomlarining kelib chiqishi, shahar qala va saroylarning bunyod etilishi yoki vayron bOlishi haqida hikoya qilinadi. Rivoyatlarda aql-zakovat, ishq va sadoqat, ilm-marifat, axloq-odob kabi yuksak insoniy fazilatlar tarannum etilib, zulm-zOrlik, haqsizlik, adolatsizlik, jaholat kabi illatlar keskin qoralanadi.
Ozbek xalq prozasi janrlari yuzasidan chuqur izlanishlar olib borgan folklorshunos olim K.Imomovning malumotlariga qaraganda rivoyatlar tarixiy va toponimik kabi ikki guruhga bOlinadi.
Tarixiy rivoyatlar tarixiy voqea-hodisa, tarixiy shaxslar nomi bilan bogliq bOlsa, toponimik rivoyatlar joy nomlarining kelib chiqishi bilan boglanadi.
Naql xalq donoligining o`ziga xos ifodasi bo`lib, asosan, axloq normalari haqida bahs yuritadi. Shuning uchun uning asosida har doim o`git nasihatomuz fikrlar yotadi.
Dostları ilə paylaş: |