1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə53/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
Folklor mavzular

To`rtlik bolalar ijodkorligida g`oyat keng tarqalgan. SHaklan ixchamligi, xilma-xil poetik niyatlarni ifodalashga qulayligi, turli-tuman maqsadlarga muvofiqlashtirishga o`ngg`ayligi, ommaviyligi va ijro jarayonining serqirraligi sababli bolalar o`tmishda ham, hozir ham unga faol munosabatdadirlar. Ularda barcha yoshdagi bolalarning qalb kechinmalari-orzu-umidlari, o`kinchu alamlari, quvonchu zavqlari, xullas, hayotga munosabatlari tarovatlanib turadi.
To`rtliklarda bolalar dunyoqarashining shakllanish jarayoni ko`zgudagidek tovlanib turadi. Ularda o`zbek bolalarining o`tmishdagi mashaqqatli hayotiga oid manzaralarni ham:
Etikchamni bo`yi bor,
Kiyay desam-juda tor.
Boyvachcha kunda kiyar,
Ko`nasiga40 bizlar zor.
Tez aytishlar vositasida bolalar ona tilidagi tovushlar va so`zlarni ravon, burro, ochiq talaffuz etishni, tovushlar ohangdorligini, so`zlarning nozik ma’no tovlanishlarini his va idrok qilish, anglash hamda ilg`ab olishni mashq qiladilar. Shu ma’noda tez aytishlar tovush va so`zlar ustidagi mantiqiy poetik mashqlar hisoblanadi.
Tez aytishlar nutq tovushlari alliterasiyasiga asoslangan folklor janri bo`lib, o`xshash tovushli so`zlar yoki so`z birikmalarining bir nafasda shiddatli aytilishi jarayonida u yoki bu tovush, u yoki bu so`z talaffuzida chalg`ish yo tutilish natijasida voqe bo`luvchi ma’no o`zgarishi negizida yuzaga keladi:
-Namanganda usta Musa puch pistafurush bor ekan. O`sha usta Musa puch pistafurushning oltmish uch pud puch pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pistasi bo`lsa ham-o`sha usta Musa puch pistafurush, oltmish uch pud pistasi bo`lmasa ham-o`sha usta Musa puch pistafurush.
Tez aytishda savdodagi qalloblikni fosh etish-yetakchi motiv: pistaning puchligini ta’kidlovchi “p”va “ch” tovushlari-alliteriasiya asosi, tez aytish uchun muddao husni-motivni ifodalovchi vositaga aylangan, alliterasiya rivojiga turtki beruvchi o`zak ham shu iborada. Muddao husni, aslini olganda, ham she`riy, ham nasriy tez aytishlarda tugun vazifasini o`taydi. Ular motivnigina emas, qaysi tovushni alliterasiyaga solishni, qay so`zni takrorlashni belgilovchi vosita sifatida so`z yoki birikma shaklida namoyon bo`ladi:
Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish qishmasmish.
Chustda usta Tursunmatning uchta tustovug`i bor. O`sha uchta tustovuq Chustdagi usta Tursunmatning uchta tustovug`imi yoki o`sha Chustdagi usta Tursunmatning uchta tusdagi tustovug`imi?
Dastlabki tez aytishda “kishmish” so`zi muddao husni bo`lib, “sh” undoshining alliterasiyasiga zamin yaratgan va qish fasliga oid ma’lumotni tashigan. Keyingisida “uchta tustovuq” birikmasi –muddao husni: “ch, t, s” undoshlari alliterasiyasi shu negizda hosil qilingan. Bu ibora vositasida lutf san’ati yuzaga keltirilib, dastlab tustovuqlar miqdori-uchtaligi anglashilsa, keyin tovuqlar rangi-uch tusdaligiga ishora qilinadi. Tovushlar alliterasiyasi tez aytish ijrochisiga shu nozik ma’noni ilg`ashiga xalal yetkazadi, natijada chalg`ish hosil qilinadi. Tez aytishlar shu xildagi rang-barang tovush alliterasiyalari, omonimlar, omofonlar, omograflar, paronimlar va taftalogiyalarga asoslangan ma’no tovlanishlari bilan pedagoglar va bolalar e’tiborini qozonib kelmokda.
Xullas, bolalar xilma-xil janrlardagi ana shu qo`shiqlarning qay birini shovqin solib, qay birini jo`r (doira shaklida o`ynab turib) bo`lib, qay birini raqsga tushib, qay birini yakkaxon (solo) holatda, qay birini yurib yoki sakrab turib, hakkalab chopgancha kuylash yoxud aytishni ham yaxshi biladilar. Xuddi shu asosda bolalar folklori navqiron avlodning yosh psixologiyasi xususiyatlarini, badiiy ijodkorligi salohiyati va imkoniyatlarini ifodalagan, unda bolalarning voqelikka munosabatlari, estetik-axloqiy qarashlari va rango–rang tuyg`u-kechinmalari muhrlangan.
Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: bolalar folklori, onalik folklori, alla, aytim-olqishlar, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq, qaytarmachoq, yalinchoq, hukmlagich, bolalar taqvimi, bolalar maishiy qo`shig`i, aytishuv, arazlama, yarashtirgich, bolalar hajviy qo`shig`i, bolalar yumoristik qo`shig`i, tegishmachoq, masxaralama, o`yin, raqs, sport, chorlama, cheklashmachoq, sanama,tarqalmachoq, harakatli o`yin, ma’naviy o`yin, tez aytish, chandish, guldur-gup.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin