MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Bolalar folklori nima?
2. Bolalarni erkalovchi xalq poeziyasi tarkibiga qaysi janrlar kiradi?
3. Aytim-olqishlarning etnografik mohiyati nimada?
4. Erkalama nima? Ovutmachoq-chi?
5. Bolalar taqvi mohiyati nimada?
6. Yalinchoq nima? Hukmlagich-chi?
7. Bolalar hazilkashligida laqab va tegishmachoq qanday vazifani bajaradi?
8. Bolalar o`yin folklori qanday xususiyatlarga ega?
9. Harakatli o`yin nima? Uning tasnifi qanaqa?
10. Manaviy o`yin yoki so`z o`yini nima?
11. Tez aytishlar qanaqa xususiyatlarga ega?
12. Chandish nima? Uning qanaqa ichki ko`rinishlari bor?
13. Guldur-gup nima?
14. Bolalar folklorining ijtimoiy-estetik, etnopedagogik va etnografik ahamiyati nimada?
15. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: bolalar folklori, onalik folklori, alla, aytim-olqishlar, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq, qaytarmachoq, yalinchoq, hukmlagich, bolalar taqvimi, bolalar maishiy qo`shig`i, aytishuv, arazlama, yarashtirgich, bolalar hajviy qo`shig`i, bolalar yumoristik qo`shig`i, tegishmachoq, masxaralama, o`yin, raqs, sport, chorlama, cheklashmachoq, sanama,tarqalmachoq, harakatli o`yin, manaviy o`yin, tez aytish, chandish, guldur-gup.
AMALIY MASHGULOTLAR
1-MAVZU: Mustaqillik va xalq ogzaki ijodi
REJA:
1.Folklorning xalq ma'naviy hayoti, yosh avlodni tarbiyalashdagi o`rni
2.Mustaqillik davri folklorshunosligida amalga oshirilgan ishlarning amaliy ahamiyati
3. Milliy qadriyatlarga e`tibor va folkor namunalarini toplash.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning 2017-yil 13 sentabrdagi Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targib qilish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi togrisida”gi PQ3271-son, 2019 yil 14 maydagi Baxshichilik sanatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ4320-sonli qarorlari istiqlol davri ozbek folklorshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan 2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash, targib qilish va ulardan foydalanish togrisidagi Davlat dasturi Ozbekistonning qadimiy folklori va nomoddiy madaniy meros yodgorliklari saqlanib qolinganligi, shuningdek, Navrozning tiklanish tarixi va mustaqillik yillarida uning ham mazmunan, ham shaklan boyishi jarayonini tadqiq etish ishlari jadallashtirildi. Bundan tashqari, nomoddiy madaniy merosimizning boyligi bolgan, ammo unutilish arafasida turgan betakror, purmano soz va iboralarni toplash asosida qoshiqlar, maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, marosimlarga oid toplamlar nashr etib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |