1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə51/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Folklor mavzular

“Boychechak” - bolalarning mavsumiy marosim qo`shig`i. Bolalar Navro`z elchisi sifatida erta bahorda dala-tuzda boychechakni ko`rishlari bilanoq undan guldastalar yasaganlar, tolxivichlarga shodalab, boshlariga gulchambar qilib kiyganlar. So`ngra hovlima-hovli yurib, “Boychechak” qo`shig`ini kuylab, gul ulashib, bahor kelganidan xabar berganlar. Bolalarning biri - yakkaxon (solo) to`rtliklarni kuylasa, qolganlari naqarotini xor bo`lib ijro etganlar:
Boychechagim boylandi,
Qozon to`la ayrondi.
Ayroningdan bermasang,
Qozonlaring vayrondi.
Qattiq yerdan qazalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yog`ochga soldilar.
Qilich minan chopdilar,
Baxmal minan yopdilar.
Qo`shiq tugagach, boychechakchilarga sovg`a-salomlar berishgan, bolalar bularni o`zaro bo`lib olishgan yo hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishgan. Qo`shiqda ta’riflangan boychechak-erta bahorda ochiladigan gulgina emas, umumlashma darajasiga ko`tarilgan ramziy obraz ham. Unda murg`akkina bolalik obrazi tajassum topgan. Xalq bolani erta bahorning ilk guli timsolida ko`rgan, bola shu gulday nozik, yoqimli navnihol va chindan ham insoniyat bahorining g`unchasi tarzida e’zozlangan.
Bolalar repertuarida ibtidoiy ajdodlarimizning qachonlardir animistik va totemistik etiqodlari asosida shakllanib, endilikda o`sha mohiyatini yo`qotgan yalinchoqlar va hukmlagichlar hamon yashamoqda.
Mohiyatan tabiat hodisalari bilan bog`liq bo`lib, ibtidoiy animistik qarashlar zamirida vujudga kelgan va yagona vazifadoshlik kasb etgan holda shakllangan bolalarning mavsum – marosim qo`shiqlari yalinchoqlar hisoblanadi. Davrlar o`tishi bilan animistik e’tiqod ham so`na borgan, natijada unga daxldor marosim ham so`ngan. Biroq marosimga oid ayrim qo`shiqlar, inchunin, quyoshga, oyga, kamalakka, yulduzlarga, shamolga, yomg`irga va boshqa tabiat hodisalariga yalinishdan iborat animistik mohiyatini yo`qotgan holda bolalar repertuariga o`tib, goh rudiment holida, goh transformasiyaga uchragan holda yashay boshlagan. Bolalar repertuarida g`oyat keng tarqalgan va xilma-xil variantlarga ega “Oftob chiqdi olamga” yalinchog`i bu jihatdan e’tiborga loyiq. U qish oxirlab, quyosh bulutni yorib ko`ringan choqlarda ijro etiladi. Bolalar quyoshni ko`rishlari zahoti qator tizilishib, sakrab-sakrab birgalikda kuylashganlar:

Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga.
Xolam: - Ana yer, -dedi,
Borib o`tin ter, - dedi.
O`tin terdim bir quchoq,
Non yopdi o`choq-o`choq.
Menga berdi elakday,
O`ziga oldi gilakday.
Otib urdim eshikka
Boshim tegdi teshikk

Yalinchoqning quyosh ko`ringanda unga tikilib kuylanishida ajdodlarmizning quyoshga sig`inishdan iborat qadimiy animistik e’tiqodining tarixiy ildizini fahmlash qiyin emas. Gerodot ma’lumoticha, qadimgi massagetlar eng chopqir otni qurbon qilib, quyosh chiqishini kutganlar va unga sig`inish marosimini uyushtirganlar. To`marisning quyosh nomi bilan qasamyod qilishida ham Shu e’tiqodga ishora qilinayotgani ayonlashadi. Shu e’tiqodning so`nishi tufayli marosim ham yo`qolgan, davrlar o`tishi bilan bolalar qishki o`yinida kuylanadigan yalinchoq shaklida saqlanib qolgan. Biroq endi animistik mohiyatini ham yo`qotgan, unda yetimlik shikoyati motivini ifodalash real tus olgan. Bunda qishning shafqatsizligi o`gaylik mohiyatini ochuvchi ijtimoiy parallellizmni yuzaga keltirgan.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin