3-MAVZU:Xalq ogzaki ijodining o`ziga xos belgilari REJA: 1. O`zbek folklorining janriy tarkibi va tizimi
2. Janrlardasi g`oyaviy-badiiy prinsiplar mushtarakligi
3. O`zbek folklori va bashqa xalq folklorining o`xshashlik va farqli jihatlari
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel (eradan ol. 384-322) «Poetika» asarida adabiyot asarlarini uch guruhga ajratib tasnif qiladi va ularga xos xususiyatlarni belgilaydi. Keyinchalik nemis faylasufi Gegel (1770-1831) va taniqli rus tanqidchisi V.G.Belinskiylar (1811-1848) ham Aristotel qarashlarini rivojlantirib badiiy ijodning uch turi epos, lirika va drama mavjudligini etirof etadilar.
Adabiy turlarning bu tasnifi «Poetika»dan boshlangan bolib, hozirgacha ilmiy taomilda keng qollanib kelinmoqda.
SHu nuqtai nazardan qaraganda folklorshunoslik ham folklor janrlarini shu uch adabiy tur doirasida organib keladi. Tur tushunchasi keng manoga ega. U oz ichiga turli janrlarni qamrab oladi. Turlar voqelikni tasvirlash xarakteriga kora bir-biridan farq qiladi. Epos voqelikni obektiv holda syujetli-hikoyaviy shaklda aks ettirsa, lirika subektiv holda insonning voqelikdan olgan taassurotlarini, ichki kechinmalarini tasvirlaydi; drama esa personajlar nutqi va harakati orqali hayot lavhalarini aks ettiradi.
Professor B.Sarimsoqovning fikricha, adabiyotdagi ushbu uch turni folklor asarlariga ham qollash mumkin, lekin bu uch adabiy tur doirasiga sigmaydigan, faqat folklorga xos maqol, topishmoq, turli xildagi aytimlar, olqish va qargishlar alohida tur sifatida ajratib organilmogi lozim. SHu nuqtai nazardan olim ozbek folklori janrlari tarkibini quyidagi turlarga ajratadi:
1. Epos: afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, terma, tarixiy qoshiq, latifa, lof;
2. Lirika: sevgi-muhabbat qOshiqlari, marosim qoshiqlari, mehnat qoshiqlari, laparlar;
3. Drama: ogzaki drama, kulgi hikoya, qogirchoqbozlik, askiya;
4. Maxsus tur: oddiy otirish olqishlari, qargish, sokish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar.
Ozbek folklorining janrlar tarkibi boy va xilma-xil bolib, boshqa xalqlar folklorining janrlar tarkibidan farq qiladi. SHuningdek, unda hamma xalqlar folklorida uchrovchi umumfolklor janrlari ertak, maqol va topishmoq mavjudligiga qaramay, ruslardagi bilina, skandinaviyaliklardagi saga, oltoyliklardagi qaylardan farq qiluvchi doston janri bor. Lof va askiya kabilar, asosan ozbek folkloriga xos janrlardir. Bir necha xalqlardagi bir-biriga oxshash janrlar ham xarakter xususiyatlariga kora ozaro farq qiladilar. Bu xususiyat har bir xalqning tarixi, urf-odati, maishiy turmushi, orzu-umidlari, diniy etiqodi, dunyoqarashining ifodasi bolgan folklorning oziga xosligi bilan izohlanadi.