1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə31/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

1. Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat” deb ta’kidlagan edi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun, avvalo, u haqdagi g‘oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim.
Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy asoslar bilan shakllanishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat: iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi; ijtimoiy-siyosiy asos - mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi, hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan -kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi; huquqiy asosi - inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi, yuridik tenglikning ta’minlanishi va ularga huquq hamda erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi; ma’naviy asos - insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasida tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura, dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishadi.
O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki fuqarolik jamiyatining bu progressiv jihatlari (tamoyillari va belgilari) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon beradi.
Aslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinida jamiyatning muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘liqdir.
Ma’lumki, yetuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Bu haqda so‘z borar ekan, aytish mumkinki, mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekiston demokratiyani o‘z taraqqiyotining bosh yo‘li sifatida tanladi. Demakki, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni qurish davlat va jamiyat oldida muhim vazifa bo‘lgan.
Fuqarolik jamiyati tushunchasini quyidagi jihatlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni u: - davlat hokimiyati tizimining ijtimoiy negizi; - jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini shakllantirish, ta’minlash makoni; - jamiyatni demokratlashtirishning ijtimoiy zamini; - davlat hokimiyati idoralari tizimi vakolatlari ta’siri doirasini oqilona chegaralash va uning ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish vositasi; - kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlarning siyosiylashmagan tomonlari; - siyosiy tizim, davlat hokimiyati shakllanishining dastlabki negizi kabilarni ham tushunish mumkin.
Huquqiy davlat - bu shunday bir davlat hokimiyatidirki, u huquq normalariga binoan va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi.
Fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi inson huquqlari va fuqaro huquqlarining farqlanishini belgilab berdi.
Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro huquqlarini - davlat ta’minlaydi. Ikkala holatda ham shaxs huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi, biroq birinchi holatda ayrim inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik huquqlari nazarda tutilsa, ikkinchi holatda - uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi.
Inson huquqlari va fuqaro huquqlari o‘rtasidagi farq muayyan asoslarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) inson huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilgani va qonun yo‘li bilan mustahkamlanganidan, ularning egasi - inson u yoki bu davlatga mansubligidan qat’i nazar mavjud bo‘lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa mazkur shaxs qarashli bo‘lgan davlat tomonidan himoya qilinadi; 2) dunyoda hali anchagina odamlar umuman fuqarolik maqomiga ega emas (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular rasmiy darajada fuqaro huquqlariga emas, balki inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik jamiyatining vazifasi ijtimoiy hayotning rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Shu sababli, uning asosiy tarkibiy qismlarining vazifalari qatoriga bu jarayon normal kechishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar faoliyati tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy qadriyatlarini oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma’naviyat, tartib, davlatchilik tashkil etadi. Bunda hammani va majburiy tartibda mulkdorlarga aylantirish nazarda tutilmaydi - ularning ko‘pchiligi buni xohlamaydi, biroq bunday imkoniyat har kim uchun saqlanishi lozim. Mulk har doim shaxs va butun jamiyat erkinligining bosh omili sifatida amal qiladi. Mulkka nisbatan hurmat mavjud bo‘lmagan joyda shaxsga nisbatan hurmat ham mavjud bo‘lmaydi.
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari “yuqoridan” turib emas, balki “quyidan”, fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning manfaatlari, qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi davlat tuzilmalariga qaram emaslikda, ichki qoidalar bilan nazarda tutilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: - erkin individlar uyushmasi; - o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma; - murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuralistik tizim; - o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari; 2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish; 3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati; 4) qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi; 5) hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat; 6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; 7) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va burchlari; 9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik; 10) odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat kabilardir.
Shunday ekan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniyat yo‘nalishlaridagi masalalarni hal etish mumkin bo‘ladi. Unda ko‘pchilikning ishtirokini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin