1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


Shaharlar - ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat maskani. Toshkent -“Islom madaniyati poytaxti”



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə50/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

3. Shaharlar - ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat maskani. Toshkent -“Islom madaniyati poytaxti”.
Ittifoq davrida qadimiy shaharlarga qo‘yilgan sun’iy nomlar istiqlolning ilk kunlaridayoq olib tashlandi. Natijada respublikadagi 30 ga yaqin ko‘hna shaharlar o‘zining haqiqiy nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Hamza - Tinchlikka (2011), Andijon viloyati Jalolquduq tumani markazi Oxunboboyev - Jalaquduqqa (2015), Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi To‘ytepa shahri Nurafshon (2017-yil) deb ataladigan bo‘ldi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorining qabul qilinishi (2002-y.) ayni muddao bo‘ldi. Mazkur qarorda Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari tartibga solinib, aholi punktlari turlarga bo‘lindi. Qonunning 9-moddasida aholi punktlarining turlarga bo ‘ linishi belgilab qo‘yildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida shaharlar miqdorida katta o‘zgarish yuz bermadi. Faqat Xorazm viloyatidagi Gurlan, Xonqa, Shovot, Qo‘shko‘pir va Hazorasp shaharlari shaharchalarga (1992-y.), Samarqand viloyatidagi Payariq (1994-y.), Buxoro viloyatidagi Shofirkon (1995-y.) va Navoiy viloyatidagi Yangirabot (1998-y.) shaharchalari shahar aholi punktiga, Jizzax viloyatidagi Marjonbuloq shahri esa shaharchaga aylantirildi, Navoiy viloyatida, asosan, qurilish materiallari (marmar) yetkazib beradigan Gazgon shahri qo‘shildi (2020-y.).
Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, haqli ravishda “Sharq darvozasi” deb nom olgan, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lmish azim poytaxtimiz Toshkent shahrining milliy davlatchiligimiz tarixida va ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Qadimdan ilm-fan va madaniyatning yirik markazi, tinchlik va do‘stlik ramzi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahrining 2200 yilligini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-aprelda qarori chiqdi, 2009-yilning aprel oyida YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Shu yil 26-27-mayda “Toshkentning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkazildi. Mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biri sifatida Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishida yana bir bor namoyon bo‘ldi. 2007-yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri -Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan bir qator shaharlar Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari, shuningdek, Toshkent islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi hamda YuNESKOning “Butunjahon ahamiyatiga molik yodgorliklar ro‘yxati”ga kiritildi. Tadbir munosabati bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi.
Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (XVI asr), Shayx Zayniddinbobo (XIII-XIX asrlar), Zangiota (XIV-XX asr), Xo‘ja Alambardor (XIX asr), Shayx Xovandi Tohur (XV asr), Yunusxon (XV asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (XIX asr) va boshqalar ta’mirlandi. Toshkent qadimdan mintaqamiz tarixida muhim o‘rin tutgan qadimiy shahardir. U turli davrlarda jahon dinlari tutashgan markaz bo‘lib kelgan va islom tamadduni tarixidagi o‘rni beqiyosdir.
Keyingi yillarda shaharsozlikning yangi konsepsiyasi yaratildi. Ya’ni bunyodkorlik jarayonlari mintaqaning iqlimi, aholining tarixan shakllangan urf-odatlari, madaniy-maishiy ehtiyojlari inobatga olinib, ko‘rkam manzillarda, zamonaviy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Bosh rejani ishlab chiqishda va qurilishda kichik biznes ob’yektlarining imkoniyatlari alohida e’tiborga olinib, qulay muhandislik infratuzilmalari yaratilyapti. Bugungi kunda O‘zbekistonda “Aqlli shahar” innovatsion texnologiyalarini joriy etishning boshlang‘ich bosqichi davom etmoqda. “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar”, “Aqlli hisoblagichlar”, “Aqlli transport”, “Aqlli tibbiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki sinov loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Nurafshon shahrida zamonaviy shahar infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar bilan birga “Tashkent City” va “Delta City” loyihalari doirasida zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida 2019-yil 18-yanvar “O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 48-sonli qarori asosida Konsepsiya ishlab chiqilishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Qadimiy shaharlarimizdan biri Buxoro shahrida “Bukhara City” majmuasini qurish uchun 2019-yil 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-565-sonli qarori chiqdi. Unga asosan Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoyev, Ibrohim Mo‘minov va Sanoatchilar ko‘chalariga tutash hududlarda samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydon “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga ajratildi.
Andijon viloyatida “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyunda “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5154-sonli qarori chiqdi hamda yangi shaharchani barpo etish uchun davlat byudjetidan qaytarib bermaslik sharti bilan 100 million AQSh dollori ajratildi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shaharlar arxitekturasi zamonaviy ko‘rinishda o‘zgarib bordi. Bu esa tarixiy kentlarimizda milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos me’morchilik uslubini namoyon etdi.
O‘rta asrlarda bunyod etilgan Samarqanddagi Registon, Buxorodagi Labi Hovuz, Devonbegi, Xivadagi Muhammad Rahimxon ansambllari an’analarining davomi istiqlol davrida Toshkentdagi Hazrati Imom, Navoiy nomidagi Milliy bog‘, Mustaqillik maydoni, Urganchdagi Shovot kanali yoqasida bunyod qilingan ansambllarda zamonaviy qiyofada davom ettirilganligini e’tirof etish kerak.
Poytaxtdagi ilgari ko‘rimsiz holatda bo‘lgan bosh maydonda barpo etilgan Ezgulik arkasi, Bahtiyor Ona, Xotira maydoni, Senat bog‘i, mustaqillik Chorbog‘i, Anhor saylgohi singari qator landshaft ansambllari shaharga mutlaqo yangi manzara baxsh etdi. Vaholanki, sovet davrida bunyod etilgan mazkur maydon na mashtab va na qulaylikka ega edi. Yoz oylarida benihoya qizib, qishda izg‘irin shamollar tufayli o‘ta noqulayliklar tug‘dirar edi. Mustaqillik yillarda bu maydonda, eng avvalo, yangi jamiyat uchun mutlaqo yot bo‘lgan sho‘rolar bosh timsoli V.Lenin haykali olinib, uning o‘rniga Yer yuzidagi davlatlar qatoriga yangi mamlakat hur O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilganligini anglatuvchi, ustiga O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tushirilgan Yer sharining timsoli o‘rnatildi. Mavhumlik bilan sug‘orilgan “Noma’lum askar monumenti” o‘rniga Ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatib, qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning ismi sharifi zarhal lavhalarda bitilgan xotira ayvonlari barpo etildi. Uning markaziga Motamsaro va mushtipar Ona haykali o‘rnatildi. O‘zbekistonda sobiq sovet davridagi har bir tumanda mavjud bo‘lgan, paxta changi (lint) bosib, ulkan hududni egallab yotgan paxta va yog‘ zavodlari o‘rniga mustaqillik yillarida ixcham, atrofi va ko‘rinishi badiiy jihatdan puxta o‘ylab chiqilgan, yangicha ko‘rinishdagi paxta zavodlari qurildi. Ayni paytda shahar bo‘ylab tobora keng tus olib borayotgan ko‘p qavatli, keng, baland, go‘zal, zamon talablari asosida qurilayotgan 4-5 va 7-8 qavatli mahalliy sharoitlarga mos keluvchi g‘ishtli uy-joylar qurilishi ko‘paymoqda.
Ularning rejali barpo etilishi, yo‘l-transport tizimi bilan bog‘lanishi, landshaft dizayni bilan uyg‘unlashuvi, savdo va maishiy xizmat tizimi bilan bog‘lanishi shahar aholisiga qulaylik, qiyofasiga esa zamonaviy ruh bag‘ishlamoqda.
Zamonaviy jahon shaharsozligida XX asrdagi nazariy paradigmalarning asosiy qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va “shaharlarning barqaror rivojlanishi” g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi. XX asr o‘rtalarida zo‘r berib rivojlantirilgan “megapolislar” yaratish g‘oyasi o‘rnini “ekopolislar” yaratish loyihalari egalladi. Ekopolislar atrof-muhitga zararsiz bo‘lish bilan birga uni sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Ekopolislarning to‘qimasini, shahar strukturasini “yashil belbog‘”, “yashil koridor”, “yagona suv tizimi”, “yashil tomlar” tashkil qiladi. Bularning barchasi ekologiyani yaxshilashga, muhitni sog‘lomlashtirishga inson faoliyati uchun qulaylik yaratishga qaratilgan bo‘lib, yuqorida belgilab o‘tilganidek, qadimiy an’analar asosida yangi texnologik tizimga asoslanib rivojlantirilmoqda. Barqaror shaharsozlikning iqtisodiy tomoni insonning jismoniy, iqtisodiy va boshqa imkoniyat hamda resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan.
Bunda aholi yashash hududlaridan unumli foydalanish g‘oyalaridan boshlab, energiya tejamkorligi, ergonomik ratsionalizm singari cheksiz ko‘p indikatorlardan foydalaniladi. “Aqlli arxitektura” tushunchasi va yo‘nalishining kelib chiqishi shu omilning rivojlanayotganligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda zamonaviy shahar qurilishi va obodonchilik sohasida olib borilayotgan ulkan ishlarni barcha viloyat markazlari siymosida kuzatish mumkin. Masalan, Urganch shahrida Pahlavon Mahmud, Abu Alg‘oziy Bahodirxon, Al Xorazmiy ko‘chalari ilk marta halqa tizimida o‘zaro bog‘landi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin