1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə49/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

2. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
O‘zbekistonning Birinchi rahbari Islom Karimov mustaqillik ostonalarida, ya’ni 1990-yil 20-yanvarda Toshkent shahar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Toshkentni yuksak madaniyatli shaharga aylantirish kerakligi, zamondoshlarini emas, kelajak avlod ham u bilan haqli ravishda faxrlanadigan shaharga aylantirish masalasi qo‘yildi. Ushbu yig‘ilishda Islom Karimov shunday degan edi: “Tariximiz uchun ham, hozirgi kun uchun ham o‘zbek ishchilarining, o‘zbek dehqonlarining, o‘zbek ziyolilarining uyalishlariga hech bir asos yo‘q. Aksincha, ular juda og‘ir sinovlarga, ba’zan esa nohaq sinovlarga qaramay, o‘zlarining mashaqqatli ishlarini munosib ravishda ado etib kelmoqdalar, bu bilan ular haqli ravishda faxrlanishlari mumkin”.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning1994-yil 23-apreldagi farmoni asosida “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi. Bu, o‘z navbatida, respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni esa mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘ldi.
Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy yuksalishning bosh yo‘li deb, avvalo, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, undan faxrlanish tuyg‘usi asosiy o‘ringa qo‘yildi.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Tarixiy tajriba, an’analarning meros bo‘lib o‘tishi - bularning barchasi yangidan-yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog‘i zarur.
Ma’naviy sohadagi o‘zgarishlarning keng ko‘lami, ayniqsa, so‘nggi uch yilda yanada aniq namoyon bo‘la boshladi. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajaruvchi, mamlakat Bosh Vaziri Sh.M.Mirziyoyev “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” nomli ma’ruzasida (2016-yil 18-oktabr) shunday degan edi: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir.
Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan-avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir ”.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosni, madaniy qadriyatlarni tiklash va ularni xalqqa yetkazish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.O‘zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yillarida ikkita renessansni (ya’ni buyuk rivojlanishni) o‘z tarixiga muhrlab qo‘ydi.
Birinchi uyg‘onish davrida (IX-XII asrlar) ilmiy va diniy bilimlarning uyg‘unligi asnosida dunyoni larzaga keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi. Yurtimiz ilm-fan o‘chog‘iga aylandi. Ibn-Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko‘targan bo‘lsalar, At-Termiziy, Moturidiy, Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulamolar islom dinini milliy g‘oya va qadriyatlarimizga uyg‘un holda rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida “hadis ilmining sultoni” sifatida e’tirof etildi. Islom dinidagi hanafiy mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari o‘zbek xalqining milliy g‘oyasiga mos holda rivoj topdi, yurtimiz islom ilmining markaziga aylandi.
Ikkinchi uyg‘onish XIV-XVI asrlarda o‘zbek davlati dunyoda eng rivojlangan, kuchli va adolatli davlatga, Amir Temurning “Kuch adolatdadir” g‘oyasi esa mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar komil inson g‘oyasini fan darajasiga ko‘tardi. Bugun g‘arb olimlari 500 yil oldin o‘rganilgan inson omili, inson huquqi masalasini antropologiya fani tarkibida katta qiziqish bilan o‘rganishmoqda. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan chop etilgan “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” nomli asarda ma’naviyatning mustaqil O‘zbekiston uchun ahamiyatiga shunday to‘xtalgan edi: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqillik yillarida, xususan, 1991-yil - Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi, 1992-yil -Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi, 1993-yil - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi, 1994-yil - Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996-yil - Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997-yil - Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi, 1998-yil - Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil -“Alpomish” dostonining 1000 yilligi, 2000-yil - Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, 2000-yil -Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi, 2001-yil -“Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi nishonlandi. 1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib respublikada shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan haykalning ochilish marosimida (1991-yil 1-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov: “O‘z tarixi va ajdodlarini siylagan xalqning kelajagi, albatta, porloq bo‘ladi. Ishonamizki, O‘zbekistonimiz tez orada dunyo hamdo‘stligi o‘rtasida o‘ziga munosib o‘rinni egallaydi, inshoolloh. Ana o‘shanda ham Alisher Navoiyning qutlug‘ nomi bizga madadkor bo‘ladi” - deya niyat bildirgan edi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida badiiy ijod, tasviriy san’atga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod tavalludining 540 va 550 yilligi keng nishonlandi, 545 yilligi YuNESKO qaroriga binoan xalqaro miqyosda Toshkentda o‘tkazildi. Kamoliddin Behzod nomidagi muzeyga asos solindi. 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNESKOning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tkazildi.
YuNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YuNESKOning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzusida anjuman o‘tkazildi va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi. 1999-yili mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. O‘zbekistonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatildi, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua qurildi.
Buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib, jumladan, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa yuzlab bobokalonlarni dunyo e’tirof etgan. Istiqlol yillarida ularning nomlari qayta tiklanib, ma’naviy merosi xalqimizga qaytarib berildi, ularning yubiley tantanalari mamlakatimizda va jahon miqyosda keng nishonlandi. 1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi, al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Abu Mansur al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi, Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Baxouddin Naqshbandiyning 675 yilligi o‘tkazildi va allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar ochildi.
O‘zbek xalqi tarixiy xotirasini tiklash yo‘lida juda muhim me’moriy tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Xartang qishlog‘ida ulkan me’moriy majmuot (maqbara, masjid, me’moriy idora, kutubxona va oshxona) yangi loyiha asosida tiklanishi (1998) musulmon dunyosida g‘oyat minnatdorlik va katta olqish bilan kutib olindi. Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi munosabati bilan Quva va Farg‘ona shaharlarida haykal va saylgoh bog‘lar barpo etildi. Samarqandda Imom Moturudiy qabri ustiga me’moriy yodgorlik tiklandi, Burhoniddin Marg‘inoniy xotirasiga bag‘ishlangan me’moriy majmuot Marg‘ilon shahrida bunyod etildi.
Buxoroda Imom Buxoriy majmuasi qurildi. Shuningdek, Buxoroda Xo‘ja Baxouddin ansambli yangidan rekonstruksiya qilindi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin