1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


Davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə28/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

6. Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
Mustaqillikning asosiy ramzlaridan biri hisoblangan milliy bayroq 1991-yil 18-noyabrda qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi moviy rang - mangu osmon va musaffo suv ramzidir.
Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir.
Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak.
Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo‘llar - bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang - serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy - O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar -musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog‘i - bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo‘yilgan. O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilgan paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi.
Shu boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir tomondan, davlatimiz shon-shuhratini oshirsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur bag‘ishlaydi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Gerbning markazida tasvirlangan - qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi -baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta’riflagan. Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug‘” degan ma’noni anglatadi.
Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri -davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsolidir. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko ‘rsatib turadi. Boshoqlar - rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari - serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimizning ramzidir.
Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilgani - bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuv tilla rangda, g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangda, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valyutamiz - so‘mda ham davlat gerbi o‘z ifodasini topgan. “O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi.
Davlat madhiyasi mamlakat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin