1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə64/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

6. O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi.
So‘nggi yillarda jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida respublika tashqi siyosatida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi kabi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalari yanada kengayib, bu davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik, xalqaro huquq normalarida belgilangan qoidalarga va tamoyillariga asoslandi.
Xususan, 2018-yil davomida ham O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati samarali olib borildi. Xususan, 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davlatlar bilan 52 milliard dollarlik 1080ta loyiha bo‘yicha bitim imzolandi.
Chunki shu yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu esa tashqi siyosatni olib boruvchi idoralarning faolligini ta’minladi.
Ya’ni Farmonda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning samarali amalga oshirilishi bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Bu omil mamlakatda keng ko‘lamli islohotlarni va demokratik o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashda va aholi farovonligining oshishida juda katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi hamda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivoj lantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O‘zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondoshishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi: - Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; - O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish; - Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibining zamonaviylashishiga ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini o‘tkazish; - Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o‘ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo‘ldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” va “Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida”, “Bankrotlik to‘g‘risida” qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investitsiyalarini ishonchli sug‘urta bilan himoyalashni ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi.
Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda, O‘zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to‘lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq to‘lashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to‘lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to‘lovlari ancha kamaytirildi.
Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish lozimki, chet ellik investorlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar tarmog‘i tashkil etildi. Bular qatorida “O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 2y0il1i 9- O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining to‘laqonli a’zosiga aylandi. O‘zbekistonning ushbu Kengashga a’zo bo‘lishi savdo va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, tovarlar, kapitallar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun bojxona va tranzit tartib-qoidalarini hamda moliyaviy va bank operatsiyalarini soddalashtirishga yordam beradi. 2019-yilning oxiri - 2020-yilning boshlarida butun insoniyat jahon miqyosida so‘nggi yuz yilda ro‘y bermagan koronavirus pandemiyasi degan global ofatga duch keldi. 2020-yilning oxiriga kelib JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan. Natijada pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun 2020-yilning har bir oyida qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirib, dunyo bo‘yicha 500 millionta ish o‘rni yo‘qotilgan. Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori O‘zbekiston tashqi siyosati uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qaramasdan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston dunyoning sanoqli davlatlari qatorida ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, uning mamlakatimizda keng tarqalishining oldini olish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 57 ta loyiha asosida O‘zbekistonga boshqa mamlakatlardan (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, XXR, Singapur, Ukraina) asbob-uskunalar keltirildi.
Shu bilan birga, pandemiyaning dastlabki davrida 9 ta mamlakatga O‘zbekistonning gumanitar yuklari yetkazildi (Ozarbayjon, Belarus, RF, XXR, Eron, Vengriya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston).
Pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekistonga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, xalqaro moliya institutlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlar amaliy ko‘mak berib keldi. 2y0il2d0a- mamlakatimizning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlari yanada yaxshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion so‘mlik davlat yevro obligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.
O‘zbekiston “Ochiq ma’lumotlarni kuzatish” xalqaro indeksida 125 pog‘onaga ko‘tarilib, 44-o‘rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi. “Iqtisodiy erkinlik” reytingida ham mamlakatimizning 26 pog‘ona ko‘tarilgani islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir e’tirofi hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida O‘zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faol olib bormoqda. Xalqaro maydondagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro‘-e’tibori tobora yuksalmoqda.
Mamlakatimiz tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi. 2020-yilda AQSh davlat departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgani ham keng ko‘lamli demokratik islohotlarning e’tirofidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining oliy minbaridan O‘zbekiston ilgari surgan global va mintaqaviy tashabbuslar dunyo hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2020-yilning 29-dekabrida Prezidentning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida O‘zbekiston tashqi siyosatida asosiy xorijiy sheriklar hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish belgilab olindi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro miqyosda yangi qiyofaga ega bo‘lgan O‘zbekiston paydo bo‘ldi, O‘zbekiston rahbari dunyoda yangi formatsiyadagi va katta obro‘ qozongan arbob sifatida tan olindi, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlar rivoj topdi. O‘zbekistonning yangi mazmunga ega bo‘lgan tashqi siyosiy faoliyati asoslari shaklandi, bu esa mintaqamizda tinchlik va barqarorlik, samarali hamkorlikning asosiy garovidir.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin