1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


Xalqaro reyting va indekslar haqida ma’lumot, ularning dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə68/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

3. Xalqaro reyting va indekslar haqida ma’lumot, ularning dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri.
Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatib, mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan maqsadlarni ko‘zlagan holda tashqi siyosat olib bormoqda.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlilik, demokratik tamoyillarga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi. Shuninglek, Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayonida ko‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi, xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilib, O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi.
Bu jarayonda mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlarni dunyo miqyosida e’tirof etilishi borasida ham samarali ishlar qilindi va davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalarida dunyo mamlakatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xalqlarning turmush darajasi yoki yashash uchun eng xavfsiz davlatlar kabi reytinglar muntazam e’lon qilib boriladi, tahlil va taqqos qilinadi.
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar har qanday mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Zero, mazkur yo‘nalishdagi islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi.
Ammo islohotlarning ijobiy natijalari, xalqning erishgan va erishayotgan yutuqlarini dunyo hamjamiyati e’tiboriga taqdim etish alohida chora-tadbirlarni, maqsadli sa’y-harakatlarni talab etishini ta’kidlash kerak. Bu jarayonlarda xalqaro reyting agentliklarining xizmati katta. To‘g‘ri, har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘tkazar ekan, birinchi o‘rinda aholi turmushi farovonligini oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlashni asosiy maqsad qilib belgilab oladi. Mamlakatlarning ana shu iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda erishgan yutuqlarini hamda insonlarning haq-huquqlarini ta’minlanishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini turli reyting agentliklari baholab boradi, ular ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni aslo e’tiborsiz qoldirmaydi.
Chunki xalqaro hamjamiyatning e’tiborini tortish, xorijiy investorlarning qiziqishini qozonish ko‘p hollarda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining baholariga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi davrda xorijiy reytinglar xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos omillardan biri hisoblanadi. Mustaqil ekspertlar xulosasi aks etgan reytinglar mamlakat xalqaro imijiga, kirib kelayotgan investitsiyalar miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, rivojlanib borayotgan va o‘z iqtisodiyotiga sarmoyalarni jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlar mazkur reytinglarga kirish va o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich ko‘tarib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Keyingi yillarda Sharqiy Yevropa hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo ayrim mamlakatlar eng nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori darajaga ega bo‘lish bo‘yicha maxsus dasturlar asosida ish olib borayotgani ma’lum. Zero, har qanday chet ellik investor muayyan qarorga kelishdan avval o‘zi qiziqayotgan davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ob’yektiv, mustaqil baholarni sinchiklab o‘rganib chiqadi.
Qayd etish kerakki, xalqaro reytinglarni tuzuvchi agentliklar iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholashda turli usullardan foydalanadi. Shu boisdan investorlar o‘z tahlillarida faqatgina bitta reyting agentligining ma’lumotlariga tayanib qolmasdan, bir qancha reyting ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilishga harakat qiladilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir jahonda 160 dan ortiq xalqaro reyting mavjud, ulardan 50 taga yaqini ta’sir darajasi yuqori mezonlar sirasiga kiradi.
Global raqobatbardoshlilik indeksi, biznesni yuritish yengilligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, sanoat raqobatbardoshliligi indeksi, global innovatsion indeks, inson salohiyati rivojlanishi indeksi, transchegaraviy investitsiyalash indikatorlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish indeksi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlik indeksi shular jumlasidandir. Ana shu kabi asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekistonning ham munosib o‘rinlarda bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin