1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə70/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

5. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish ham Respublika Kengash (yuqorida qayd etilgan) oldidagi asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Shuningdek, Kengashning asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash belgilangan.
Binobarin, bundan buyon davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga ta’siri nuqtayi nazaridan kompleks baholab boriladi.
Kengash O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishini nazorat qilib boradi. Farmonda belgilab berilgan vazifalar kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, bundan buyon mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilandi. Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi uchun e’lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilishi nazarda tutiladi. Bu jarayonda Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Dunyoning nufuzli reyting agentliklari e’lon qilib borayotgan mazkur reyting ko‘rsatkichlari ushbu ro‘yxatda ishtirok etayotgan mamlakatlarning xalqaro maydondagi obro‘sini ham belgilab beradi. Unda yuqori o‘rinlarni olgan mamlakatlarga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, yangi g‘oyalar ham oqib kelishi barchaga ma’lum.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha tashkil etilgan Respublika Kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi.
Senat raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari Kengash ishchi organlari sifatida Moliya va Adliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda” yagona portali ham ishga tushirildi. Kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj lantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi.
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Shu bilan birga, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat: 1. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish; 2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish; 3. Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga ta’siri nuqtayi nazaridan kompleks baholab borish. Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash - mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri bo‘lib, u bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘ satkichlari quyigilardan iborat: Tt/r Toifalar nomlanishi Joriy holat 2020-yil 2022-yil 2030-yil Suveren kredit reytinglar (Sovereign Credit Ratings) 11 Fitch Ratings «BB-» (barqaror) «BB-» (barqaror) «BB» (barqaror) «BBB-» (ijobiy) 12 S&P Global Ratings «BB-» (barqaror) «BB-» (barqaror) «BB» (barqaror) «BBB-» (ijobiy) 2 “Biznes yuritish” indeksi (Doing Business Index) 69,90 (69-o‘rin) 72,43 77,08 89,36 21 Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (Starting a Business) 96,2 96,2 97,2 97,45 22 Qurilish uchun ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction Permits) 61,7 64,7 70,7 88,2 23 Elektr ta’minoti tizimiga ulanish (Getting Electricity) 86,9 88,4 91,4 97,4 24 Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (Registering Property) 67,9 70,9 76,9 91,9 25 Kredit olish (Getting Credit) 65 70 75 90 26 Minoritar investorlarni himoya qilish (Protecting Minority Investors) 70 72 76 90 27 Soliqlar to‘lovi (Paying Taxes) 77,5 79 82 91 28 Xalqaro savdo (Trading across Borders) 58,2 61,2 67,2 88,2 29 Kontraktlar ijrosini ta’minlash (Enforcing Contracts) 71,9 74,4 78,9 85,9 210 To‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilish (Resolving Insolvency) 43,5 47,5 55,5 74,53 Boshqaruv sifati indikatorlari (Worldwide Governance Indicators) 31 Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik / terrorizmning mavjud emasligi (Political Stabilityand Absence of Violence / Terrorism) 44,3 (136-o‘rin) 46,3 50,3 66,332 Hukumat samaradorligi (Government Effectiveness) 39,1 (139-o‘rin) 41,1 45,1 61,1 33 Tartibga solish sifati (Regulatory Quality) 27,9 (184-o‘rin) 31,9 39,9 71,934 Aholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik (Voice and Accountability) 17,7 (182-o‘rin) 21,3 28,5 57,3 35 Huquq ustuvorligi (Rule of Law) 28,5 (191-o‘rin) 31,5 37,5 61,536 Korruptsiyani tiyib turish (Control of Corruption) 28,6 (183-o‘rin) 31 39 71,64 Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi (E-Government Survey) 41 Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index) 0,62 (81-o‘rin) 0,66 0,70 0,86 42 Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi (Telecommunication Infrastructure Index) 0,33 0,40 0,47 0,75 43 Inson kapitali indeksi (Human Capital Index) 0,74 0,76 0,78 0,8644 Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksi (Online Service Index) 0,79 0,82 0,85 0,9745 Elektron ishtirok etish indeksi (E-ParticipationIndex) 0,76 (59-o‘rin) 0,78 0,80 0,88 5 “Korruptsiyani qabul qilish” indeksi (Corruption Perception Index) 25 (158-o‘rin) 27 31 65 6 “Logistika samaradorligi” indeksi (Logistics Performance Index) 51,55 (99-o‘rin) 56, 4461, 2880,61 61 Bojxona 42,07 48,07 54,07 78,07 62 Infratuzilma 51,40 56,40 61,40 81,40 63 Xalqaro jo‘natmalar 48,47 53,47 58,47 78,47 64 Logistika xizmatlarining sifati 51,75 55,75 59,75 75,75 65 Yuklarni kuzatib borish imkoniyati 54,18 59,18 64,18 84,18 66 Yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish imkoniyati 61,80 65,80 69,80 85,80 7 Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi (Statistical Capacity Indicators of the World Bank) 64,4 67,8 74,4 100,0 8 Iqtisodiy erkinlik indeksi (Economic Freedom Index) 57,2 (114-o‘rin) 57,2 63,6 82,3 81 Huquq ustuvorligi Mulkchilik huquqi 59,1 59,1 63,8 82,8 Sud faoliyati samaradorligi 34,20 34,20 43,02 78,30 Davlatning yaxlitligi 28,20 28,20 34,20 58,20 82 Davlat aralashuvi darajasi Soliq yuki 91,60 91,60 92,42 95,70 Davlat xarajatlari 74,70 74,70 77,64 89,40 Fiskal salomatlik 98,90 98,90 98,80 99,50 83 Tartibga solish samaradorligi Biznes erkinligi 72,60 72,60 76,98 94,50 Mehnat bozori erkinligi 59,90 59,90 64,06 80,70 Monetar erkinlik 59,90 59,90 63,00 75,40 84 Bozorlarning ochiqligi Savdo erkinligi 67,60 67,60 68,80 73,60 Investitsiyalar erkinligi 20,00 20,00 40,00 80,00 Moliyaviy erkinlik 20,0020,00 40,00 80,00 9 Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi (OECD Country risk classification) 5-guruh 10. Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) 0,71 (108-o‘rin) 0,72 0,74 0,82 10.1 Kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi indeksi 0,79 0,80 0,82 0,90 10.2 10.3 11. (94-o‘rin) 11.1 11.2 11.3 11.4 11.5 11.6 11.7 11.8 12. (157-o‘rin) 12.1 12.2 12.3 12.4 12.5 13. o‘rin) 47 Ta’lim indeksi 0,72 0,73 0,75 0,83 Daromad indeksi 0,63 0,64 0,66 0,74 Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of law, World Justice Project) 0,46 0,48 0,51 0,64 Hukumat vakolatlarining cheklanganligi 0,33 0,35 0,39 0,55 Korruptsiyaning mavjud emasligi 0,38 0,39 0,43 0,60 Hukumatning ochiqligi 0,31 0,33 0,37 0,53 Fundamental huquqlar 0,39 0,40 0,42 0,50 Tartib va xavfsizlik 0,91 0,91 0,92 0,96 Qonunlarga rioya etish 0,44 0,45 0,47 0,55 Fuqarolik odil sudlovi 0,51 0,53 0,57 0,73 Jinoiy odil sudlov 0,44 0,46 0,50 0,66 Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi(Democracy Index) 2,01 2,07 2,29 4,8 Saylov jarayoni va plyuralizm 0,08 0,09 0,5 4 Hukumat faoliyati 1,86 1,95 2,2 5 Siyosiy ishtirok 2,22 2,27 2,35 5 Demokratik siyosiy madaniyat 5,0 5,1 5,3 6,0 Fuqarolar erkinligi0,88 0,95 1,1 4,0 Matbuot erkinligi indeksi (World Press Freedom Index) 53,07 (156­38 20
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini tizimli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilayotganiga uzoq vaqt o‘tmagan bo‘lsada, ayrim sohalarda oldinga siljishlar kuzatildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha: “Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo‘llanib kelinadi. Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YuNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDHga a’zo davlatlar orasida 5 o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2 o‘rinni egallagan (2020-yil holatiga). Shuningdek, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishiga olib kelgan”.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish borasidagi davlat siyosati, bu tegishli huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar, birinchi navbatda, respublikada olib borilayotgan islohotlarning natijasini jahon miqyosida e’tirof etishga qaratilgan bo‘lsa, eng asosiysi, bu harakatlar xalqning farovonligi va turmush tarzining yaxshilanishi va haq-huquqlarining himoya qilinishi tizimining yanada yuqori saviyaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar nafaqat ichki tartib-qoidalar, ya’ni tegishli hukumat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan, balki jahonda tan olingan xalqaro reyting va indekslarning (mustaqil) identifikator-laridagi reytinglari asosida baholanib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonini tezlash-tirishga, dunyo miqyosida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amaldagi natijalarini yaqqol ko‘rsatishga xizmat qilib, rivojlangan davlatlarning respublikaga turli ko‘rinishdagi investitsiyalar kiritish imkonini kuchaytiradi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin