1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorligi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə61/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorligi.
O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillaridanoq jahonning yana bir yirik tashkiloti Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan aloqalar o‘rnatishga intildi. Aslida bu masala Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) katta mansabdor xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi jarayonida ko‘tarilgan edi. 1992-yil 26-fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YeXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YeXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning 1996-yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSh senatorlaridan biri bo‘lgan Liberman tasdiqlab, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, - deydi.
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996-yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22-iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi-sammitda imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan “Sheriklik va hamkorlik” to‘g‘risidagi bitim 1999-yildan kuchga kirgan bo‘lib, bitimning maqsadi quyidagilarga qaratilgan: • O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash; • Siyosiy aloqalarni rivojlantirishga, tomonlar bilan siyosiy muloqot olib borishga sharoit yaratish; • O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish va ularni mustahkamlash, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoniga ko‘maklashish va yakunlash; • savdoni rivojlantirishda investitsion sheriklar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni uyg‘unlashtirish va shu orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; • huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliya, fuqarolik, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlikning huquqiy asosini yaratish.
Shunday qilib, “Sheriklik va hamkorlik” bitimining kuchga kirishi hamda amaldagi faoliyati, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralarining ochilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik jarayonini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xalqaro hamjamiyat va jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim o‘rin tutadi.
Jumladan, 2017-yil noyabrida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Samarqandga tashrifi o‘zaro hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi. 2018-yil 23-noyabrda Bryusselda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ham bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2017-yilda olib borilgan diplomatik harakatlar natijasida Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Yevropa investitsiya banki bilan aloqalar qayta tiklandi, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlik munosabatlari yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi.
Xorijiy davlatlar va moliya institutlari bilan savdo iqtisodiy, investitsiyaviy texnologik va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishda salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, xorijiy hamkorlar bilan 340 dan ortiq kelishuvlar tuzilib, 43 millard dollardan ziyod bitimlar imzolandi.
BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi, ShHT, IHT, MDH sammitlari, Yevropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy davlatlar bilan muzokaralar hamda Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumida O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surgan yangicha yondashuv hamda tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlandi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin