1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə63/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

5. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. 1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sovet ittifoqining barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari imzo chekdilar. 13-dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21-dekabrda Almatida o‘tkazilgan uchrashuvda jami 11 davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: - tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish; - umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumyevropa, YevroOsiyo bozorini shakllantirish; - iqtisodiy islohot o‘tkazish; - bojxona siyosatini birga olib borish; - transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish; - ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash; - uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berilib, uning MDH doirasidagi hamkorligi yuzasidan quyidagi holatlar belgilab berildi: - yangi mustaqil davlatlarning ko‘p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi; - respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo‘lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida bo‘lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o‘zaro aloqalarini uzib qo‘yishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi; - MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi; - mustaqil davlatlarning o‘zaro hamkorligi xalqaro maqomda o‘z mavqeyini saqlab qolishi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanishi. 1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001-yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ichki va tashqi siyosatida keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tish joizdir. Bu ikki mamlakat o‘rtasida 1992-yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. 2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning “Gazprom” va “Lukoyl” kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv yuzasidan ishlayotgan korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi. 2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi.
O‘zbekistonga 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. Shu yili 16 iyunda ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishga tushdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarga to‘xtalib: “...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz” - degan edi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federatsiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo‘lga qo‘yildi. 1994-yili Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining o‘rtasidagi o‘zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, mineral xomashyo qazib olish, fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan aloqador bo‘lgan masalalar asosiy o‘rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. Leonid Kuchma o‘zining O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo‘ldi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib bergan bo‘lsa, Ukrainadan O‘zbekistonga texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 20 dan ortiq o‘zbek-ukraina qo‘shma korxonalari ishlab turibdi. 2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘z ishini boshladi. Sammitda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. 2y0il1d7a-n boshlab, MDH davlatlari bilan o‘zaro munosabatlar yangi sifat pog‘onasiga ko‘tarildi. Xususan, MDH davlatlari bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar hajmi 20 %ga ko‘tarildi. MDH davlatlarining 2017-yil 11-oktabrdagi Sochi sammitida unga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining “Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha” bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019-yilni Kitob yili, 2020-yilni 1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi yili - deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilindi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorligiga doir konsepsiyalar ma’qullandi. Shuningdek, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yana qator hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatning 2020-yilda MDHga birinchi raisligi strategiyasi haqida so‘z yuritib, jumladan, shunday degan: “Hamdo‘stlikda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlar natijadorligini oshirish va ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida insonparvarlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”. Bugungi kunda O‘zbekiston MDHda o‘z milliy koordinatori darajasini Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosaridan Bosh vazir o‘rinbosarigacha ko‘tardi, MDH Iqtisodiy kengashidagi o‘z ishtirokini tikladi. 2020-yilda O‘zbekiston ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga raislik qildi va pandemiyaga qaramasdan, ko‘zda tutilgan 60 dan ziyod barcha xalqaro tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi, 70 ga yaqin muhim hujjatlar qabul qilindi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorlik o‘rnatish bilan bir vaqtda qo‘shni mamlakatlar bilan ham har tomonlama aloqalarni rivojlantirdi. 1993- yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xomashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruhan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini uyg‘otib kelmoqda. 1994- yil 10-yanvarda Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti N.Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga amaliy poydevorni qo‘ydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari “Yagona iqtisodiy hudud” barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, sog‘liqni saqlash yo‘lida imzolangan hujjatlar bo‘lsa o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bo‘lib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston keyinchalik Tojikistonning ham kirishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994-yil Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar. Kelishuvda qatnashgan mamlakat vakillarining davlatlararo ijroiya qo‘mitasi Almati shahrida joylashdi. y19il95- 15-dekabrda Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari davlatlararo Kengashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda Prezidentlar 2000-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarni hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokoma etdilar.
Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi.
Iqtisodiy sohadagi uzviy hamkorolikning davomi Markaziy Osiyo respublikalari prezidentlarining 1999-yil aprel oyida Cho‘lpon-Ota shahridagi uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni barchaning diqqat e’tiborida turgan Afg‘oniston hisoblanmish xalqaro terrorizm o‘chog‘ining xavfi masalasi keskinligini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti yig‘ilish qatnashchilari hamda BMTning butun xalqaro hamjamiyatga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston respublikasi rahbariyati va jamoatchiligi I.A.Karimovni tojik xalqining og‘ir kunlarda yordam beruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari hamda do‘sti sifatida qabul qildi. Prezident I.Rahmonov I.A.Karimovni tojik xalqining “boshidagi toji, ko‘zidagi nuri” - dedi. Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanish, Saraz ko‘lining toshish xavfining oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi asosiy xavf Afg‘oniston mojarosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi. Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘ savdosi kabi muammolarni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston Prezidentining Do‘rmon qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana ko‘tarildi. O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazini tuzish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqida hujjatni imzoladilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozog‘iston va O‘zbekiston respublikasi Prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini kengaytirish to‘g‘risida kelishib olindi. 2002-yil 28-fevral-1-mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan uzoqlashishini ko‘rsatmaydi, balki murakkab o‘tish davrida mintaqa mamlakatlarining o‘zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirdir. Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’i nazar davlatning tashqi siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo‘lib qoldi. 2016- yil oxirlaridan boshlab O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zaro qo‘shni davlatlar bilan chegara, savdo-iqtisodiy, madaniy, xo‘jalik aloqalarni yanada yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston tomoni qator takliflar bilan chiqdi.
Xususan, 2017-yil davomida “Markaziy Osiyo tashqi siyosatning bosh ustuvor yo‘nalishi doirasida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mintaqadagi davlat rahbarlari bilan 20 ta uchrashuv va muzokara 8 ta davlat tashriflari, 4 ta amaliy tashriflar uyushtirildi. 2017- yildan boshlab Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston davlatlari bilan ham o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasida qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etildi. 2017-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shofeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari, Rossiya, Xitoy, AQSh va Yevropa Ittifoqidan yuqori martabali vakillar ishtirok etdi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasiga mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus rezalyutsiyasini ishlab chiqish haqidagi tashabbus yuzasidan murojaatnoma qabul qilindi. Mintaqa davlatlari rahbarlari darajasida muntazam maslahatlashuvlar tashkil etish haqidagi kelishuvga erishildi.
Qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida mintaqada mutlaqo yangi do‘stona siyosiy muhit shakllanib, xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘stlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tashqi siyosatini olib borar ekan, qo‘shni davlatlar bilan chegara masalasiga alohida yondashdi. Xususan, davlat chegarasini qo‘shni mamlakatlar bilan belgilash borasida muzokaralarni davom ettirish maqsadida 2017-2018-yillarda O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi qo‘shni mamlakatlar bilan jami 63 ta, jumladan, Qozog‘iston bilan 17 ta, Qirg‘iziston bilan 27 ta, Tojikiston va Turkmaniston bilan 9 tadan va Afg‘oniston bilan 1 ta uchrashuv muzokaralarini o‘tkazdi.
2018-yil 15-martda Astanada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari 2017-yilning 10-noyabr kuni BMT shafeligida Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada mazkur uchrashuvni o‘tkazish taklifini ilgari surgan edi. O‘shanda bu tashabbusni mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatlagan va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev birinchi uchrashuvni Astanada o‘tkazishni taklif qilgandi.
Oliy darajadagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Respublikasi Majlisi raisi Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi.
Uchrashuvni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ochdi. Sammitda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makon bo‘lib, bu omil mintaqada barqaror rivojlanishni ta’minlagan holda, mamlakatlarning sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini to‘la ishga solish imkonini beradi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari MDH, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini qayd etdi. Shuningdek, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarini ko‘p ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnilik rishtalari bog‘lab turadi. Tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi. Mintaqamizda dunyo tamadduni rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot mavjud bo‘lib, bu Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajagi, barqaror rivojlanishi va farovonligini ta’minlashda mustahkam poydevor bo‘la oladi. Keyingi yillarda mintaqa davlatlari yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish yo‘lida sobitqadam bo‘lmoqda. Davlatlar umummintaqa manfaatlaridan kelib chiqib chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir masalalarga samarali yechim topmoqda.
Jumladan, transport sohasidagi hamkorlik borgan sari kengaymoqda.
Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia, temir yo‘l va avtomobil qatnovi tiklandi.
Amudaryodan o‘tadigan Turkmanobod - Forob yangi temir va avtomobil yo‘llari
ko‘priklari ishga tushirildi. O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy temir yo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan mintaqa mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda yetakchi korxonalari vakillari ishtirokida ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi. O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasi o‘rtacha 20-30 foizga o‘sdi. 2019-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalari Bosh vazir o‘rinbosarlari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi o‘tkazildi. Bu esa davlatlarning o‘zaro savdo hamkorligiga ijobiy ta’sir qilmoqda.
O‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilash maqsadida 2019-yildan boshlab, Qozog‘istonda O‘zbekiston konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha atteshe lavozimi joriy etildi.
Yana bir jihat davlatlarning o‘zaro madaniy - gumanitar sohada hamkorligi 2019-yilda yanada mustahkamlandi. Xususan, Toshkent shahrida xorijiy va mamlakat ekspertlari hamda olimlari ishtirokida “Markaziy Osiyo umumiy uyimiz” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligini mustahkamlash, madaniy - gumanitar sohada almashuvni kengaytirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda xalq diplomatiyasi rolini kuchaytirish, xalq diplomatiyasini amalga oshirishda milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining ahamiyati hamda ular oldida turgan vazifalar va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarida Qozog‘iston alohida o‘rin egallaydi. 2018-yilga kelib Qozog‘iston bilan o‘zaro hamkorlik aloqalariga oid 170 dan ziyod hujjatlar imzolangan bo‘lib, ular orasida “Abadiy do‘stlik” va “Strategik sheriklik” to‘g‘risidagi shartnomalar alohida o‘rin egallaydi. Oxirgi yillarda bu hamkorlik aloqalariga katta ahamiyat berilib, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 2017-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini yanada rivojlantirishda yangi sahifani ochdi. O‘zbekistonda qozog‘istonlik investorlar ishtirokida 260 ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘shni davlatda yurtimiz ishbilarmonlari ishtirokida 105 ta biznes sub’yekti faoliyat olib bormoqda. 2017-yil Ostona va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan biznes-forumlar natijasi bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlarga erishildi. Siyosiy jabhadagi muloqotlar rivoji iqtisodiy aloqalarni yanada jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Bu nafaqat savdo aylanmasi va sarmoyalar hajmini kengaytirishga xizmat qiladi, balki madaniy - gumanitar aloqalar rivojini ham kafolatlaydi. 2017-yilning sentabr oyida ikki davlat rahbarlari 2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili hamda 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazishga kelishib olgan edi.
Qozog‘iston Respublikasi 2018-yilni mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qildi.
Bu qozoq eli va Qozog‘iston davlatining o‘zbek xalqiga hurmati, yurtimizga yuksak ehtiromi ramzidir.
Erishilgan kelishuvlar asosida, Qozog‘iston chegara o‘tkazish punktlari (M­39) faoliyati qayta tiklandi. “Toshkent - Olmata” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 2 mlrd. AQSh dollaridan ortiq hajmdagi savdo va sarmoyaviy bitimlar imzolandi, shuningdek, hududlararo aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi faol hamkorlik aloqalari va turli ko‘rinishdagi bitimlarning imzolanishi natijasida 2021-yilga kelib, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegara chiziqlarini delimitatsiya qilish ishlari yakunlandi. Qirg‘iziston bilan chegaraning 95 foizi kelishildi. Tojikiston bilan chegaraning 99,9 foiz qismida kelishildi.
Biroq bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida bir qator tahdid va xavf-xatarlar saqlanib qolmoqda: Davlatchiligi zaif, iqtisodiy nuqtayi nazardan nobarqaror mamlakatlar mavjudligi; Mintaqaga radikal diniy oqimlarning tarqalish xavfi; Xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotiklar oqimi; Mintaqadagi geosiyosiy raqobat; Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoni tugatilmaganligi; Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish muammolari; Afg‘onistondagi vaziyatning mavhumligi.
Yuqoridagi masalalarni hal etishda mintaqa mamlakatlarining o‘zaro birgalikdagi sa’y-harakatlari muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi yillarda respublika tashqi siyosatida o‘zaro hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik, manfaatli munosabatlar, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillarining yanada rivojlantirilishi nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari xalqlari, balki xorijiy davlatlarning ham e’tiborini tortdi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Prezidentining mazkur siyosati jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy e’tirof etildi. Xalqaro “The Economist” jurnali talqini bo‘yicha 2019-yil yakunlariga ko‘ra Prezident Sh.M.Mirziyoyev “Yil odami” deya e’lon qilindi.
Toshkent mintaqadagi barcha qo‘shni davlatlar bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzgan bo‘lib, bu yuqori darajada regional siyosat tuzish imkonini beradi. Ushbu maqsadlarda amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va rolini mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Toshkent hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surgan holda mintaqada biron-bir ustuvorlikni ko‘zlamaydi. O‘zbekiston tashabbuslari barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga oladi, konsensus tamoyiliga asoslanadi.
Toshkentning faol, tashabbuskor va konstruktiv diplomatiyasi tufayli shakllangan mintaqadagi yangi siyosiy reallik Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida keng doirali masalalar bo‘yicha o‘zaro harakatlarni kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
2018-yil mart oyida Astanada, 2019-yil noyabr oyida Toshkentda, 2021-yil avgust oyida Turkmanistonning Avaza shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining konsultativ uchrashuv yig‘ilishlari bunga yorqin misol bo‘ldi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar Markaziy Osiyo kun tartibidagi bir tomonlama formatda ham, ikki tomonlama formatda ham hal qilishning imkoni bo‘lmagan ko‘plab muammoli masalalar yechimini muhokama qildilar. Bundan tashqari bunday turdagi uchrashuvlarni muntazam asosda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bunda qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining konsultativ uchrashuvlarini o‘tkazish mintaqada yangi xalqaro tashkilot yoki o‘z ustaviga ega va davlat organlaridan yuqori turuvchi biron-bir integratsion tuzilma tashkil etilishini nazarda tutmaydi. Ushbu faoliyat faqat regional rivojlanishning muhim masalalari bo‘yicha “soatlarni to‘g‘rilab olish”ga mintaqaning savdo-iqtisodiy hamda madaniy aloqalarini kuchaytirishga, xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratiladi.
O‘zbekistonning mintaqa bo‘yicha yo‘nalishi faollashuvi regional yaqinlashish, ishonch va o‘zaro tushunishni tiklash, shuningdek, yig‘ilib qolgan masalalarni oqilona murosalarga kelish asosida operativ hal qilish yuzasidan allaqachon yetilgan talabga o‘z vaqtida va amaliy javob bo‘ldi. Oliy darajada o‘rnatilgan ochiq va ishonchli muloqot barcha hamkorlik yo‘nalishlarini kuchaytirish uchun mustahkam asos yaratdi.
Birinchidan, oliy va yuqori darajalarda siyosiy muloqot sezilarli faollashdi, parlamentlararo, muassasalararo va hududlararo aloqalar kuchaytirildi. O‘z navbatida, qayd etilgan davrda regionning barcha davlat rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Tahlil ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu uchrashuvlar yakunlari o‘z samaradorligi bo‘yicha misli ko‘rilmagan natijalar bergan.
Ikkinchidan, ekstremistik va terroristik tuzilmalar faoliyatiga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. 2019-2020-yillar uchun O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan tegishli kompleks chora-tadbirlar rejalari imzolandi. 2018-yil iyuldan sentabrgacha O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan qo‘shma antiterroristik mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal qilish ancha ilgari surildi.
Bularning barchasi nafaqat ikki tomonlama da’voli masalalarni hal qilish, balki butun regionning kun tartibidan o‘tkir nizoli potensialni olib tashlash va siyosiy ishonch darajasini oshirishdan ham iborat.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy sohadagi o‘zaro hamkorligi faollashuvi bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-insonparvarlik sohalarida yangi impuls olindi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning yaxshilanishi, umuman, mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yordam berdi. Xususan, 2017-yil boshidan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston va region mamlakatlari o‘rtasida 300 tadan ko‘proq shartnoma, shuningdek, taxminan 75 mlrd. dollar summada shartnomatlar va bitimlar imzolangan.
Mintaqada ekologik, jumladan, suv-energetikaga bog‘liq masalalarni hal qilishda oldinga siljishlar kuzatilmoqda. Toshkent Qambar-Ota va Rog‘un GESi qurilishi loyihalarida o‘z ishtiroki imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. “O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - O‘mon” transport yo‘lagining muhim uchastkasini amalga oshirishga start berildi, Amudaryo orqali “Turkmanobod -Forob” temir yo‘l va avtomobil ko‘priklari ochildi. Ularning ishga tushirilishi “O‘zbekiston - Turkmaniston - Kaspiy dengizi - Janubiy Kavkaz” yo‘nalishi bo‘yicha Boku - Tbilisi - Kars hamda Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengiz portlariga chiqish yo‘llari bilan oraliq transport-kommunikatsiya magistralini yaratish g‘oyasini amalga oshirish imkonini berdi.
Bundan tashqari 20 yillik muzokaralardan so‘ng Xitoy va Markaziy Osiyoni Qirg‘iziston orqali bog‘lovchi temir yo‘l qurilishi bo‘yicha jiddiy rivojlanishga erishildi. Dastlabki baholarga ko‘ra, ushbu loyiha amalga oshirilganida yuklarni yetkazib berish muddatlari 7-8 sutkaga qisqaradi, Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlariga yo‘l masofasi 900 km. ga qisqaradi.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida madaniy-insonparvarlik sohasida yaqindan hamkorlikni, do‘stona va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birgalikda yaxshi tushunamizki, ushbu jarayon - oldindagi manzilning faqat boshlanishi. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida to‘laqonli hamkorlikni to‘xtatib turgan hal qilinmagan masalalar majmui mavjud. Yuqorida qayd etilganlardan xulosa chiqarib ta’kidlash mumkinki, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash nafaqat mintaqa mamlakatlari manfaatlariga javob beradi, balki uning qo‘shni regionlardagi xavfsizlikka ta’siri nuqtayi nazaridan butun Yevrosiyo qit’asining barqaror rivojlanishiga ham ko‘maklashadi.
Prezidentimiz boshchiligida O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati natijasida: - Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan muloqotimiz jadallashdi, munosabatlarimiz sifat nuqtayi nazaridan yangi pog‘onaga ko‘tarildi, yangi siyosiy muhit yaratildi; - o‘zaro ishonch va hurmat sezilarli kuchaydi; - iqtisodiy aloqalar misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi; - mamlakatlar hamkorligi yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etildi; - mintaqa sokinlik, barqaror rivojlanish va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylandi.
Shu tariqa O‘zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohalar, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi hamkorlik aloqalari doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlarda ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat yuritish tarafdori bo‘lib qoladi. Markaziy Osiyo muammolari xalqaro huquq normalari asosida tashqi kuchlarning aralashuvisiz yechilmog‘i zarur.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin