«agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy xukmning o‘zaro bog‘lanishvdan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligani aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart hisoblansa, uvda bu hukm ekvivalent xukm bo‘ladi. Masalan, «Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, uvda u ikkiga qoddiqsiz bo‘linadi».
Ekvivalent hukmning mantiqiy bog‘lovchisi (<->) simvo- li, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent hukmning chin bo‘lish shartlari quyidagicha:
r
CH
RoR
ch in
ch in
ch in
ch in
xato
xato
xago
ch in
xato
xato
xato
ch in
Hukmlarning inkor qilinishi. Ikki hukm bir-birsh a zid bo‘lib, ulardan biri albatta, chin, boshqasi xato bo‘lsa, bu hukmlar bir-birini inkor qiluvchi hukmlar bo‘ladi. Inkor qilinayotgan hukm chin bo‘lsa, inkor qilayotgan hukm xato bo‘ladi. Inkor qilinayotgan hukm xato bo‘lsa, inkor qilayotgan hukm chin bo‘ladi. Quyidagi hukmlar bir-birini inkor qiladi:
A-0. Hamma o‘zbek ayollari oliy ma’lumotli (xato).
Ba’zi o‘zbek ayollari oliy ma’lumotli (chin).
E-1. Hech bir inson tosh emas (chin).
Ba’zi insonlar toshdir (xato).
Hukmlarni predikatning sub’ektga taallukli emasli- gini ko‘rsatish va hukmni xato deb ko‘rsatish orqali inkor qilish mumkin. Birinchisi ichki inkor, ikkinchisi tashqi inkor deyiladi.
Masal an:
Ba’zi talabalar a’lochi emas (ichki inkor).
Quyoshning Er atrofida aylanishi - noto‘g‘ri fikrdir (tashqi inkor).
Kon’yunktiv va diz’yunktiv hukmlar inkor qilinganda ularning mantiqiy bog‘lamalari almashadi va tarkibidash oddiy hukmlar inkor qilinadi.
1) Ayiruvchi hukmni inkor qilish.
Men darsdan so‘ng yo kutubxonaga, yo do‘stimnikiga bo- raman. Men darsdan so‘ng kutubxonaga ham, do‘stimnikiga mm bormshim. ^ ^
2) Ayiruvchi inkor xukmni inkor qilish.
«Hunar o‘rganmagan yoki ilm olmagan insonlar xayotda o‘z o‘rnini topmaydi». «Hunar o‘rgangan, ilm olgan insonlar hayotda o‘z o‘rnini topadi».