1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə27/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
,,

Termin-
larning
munosabati

Formal mantiqia

Matematik mangikda

3

r

Umumiy tasdiq hukm

A

Hamma 5-R 5 a R

Ux(5(x) -4*(x))

+

±

52R

Umumiy inkor hukm

E

Hech bir 5-R 5 e R

Ux(3(x)^>(x))

+

+

3=R

Juz’iy tasdiq hukm

I

Ba’zi 5-R 5 1 R

x(5(x) lR(x))

-

±

Z^R

Juz’iy inkor hukm

0

Ba’zi 8-R emas 3 o R

x(5(x) lR(x))

-

+

5


Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari.
Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mav- judlik xukmlari va munosabat xukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo‘ladi.
Masalan, «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir o‘simlik qayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ik- kinchi hukmda o‘simliklar va hayyunlar sinfining o‘zaro hech qanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan.
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdikdansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr, tasdiqlangan.
Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra, tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo‘linadi. Tasdikdovchi munosabat hukmla- rida predmetlar o‘zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat xukm- larida esa predmetlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar­ning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.
Munosabat xukmlari mikdoriga ko‘ra ham turlarga bo‘lina- di. Xususan, ikki o‘rinli munosabat xukmlari mikdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz’iy-juz’iy, yakka-umumiy, yakka- juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi.
Masalan, «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir talabasi fakultetimizdagi hamma o‘qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Guruximizdagi ba’zi talabalar ba’zi hivd kino yudsuzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy- juz’iy); «Tarix o‘kituvchisi guruximizdagi har bir talabaii yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do‘stim ba’zi masalalarni echa oladi» (yakka-juz’iy); «Guruximizdagi hamma talabalar ingliz tilini o‘rganadilar» (umumiy-yakka); «Guruximizdagi ba’zi talabalar fransuz tilini o‘rganadilar» (juz’iy-yakka); «Guruximizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o‘yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy).
Uch o‘rinli, to‘rt o‘rinli va hokazo munosabat xukmla­ri ham yuqoridagi kabi turlarga bo‘linadilar. Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mav- judlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A-V» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg‘ir yog‘adi)ni ko‘rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qatiy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko‘rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko‘pincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko‘rinishida talqin qilish mumkin.
SHuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farkdanadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qat- nashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o‘qitiladigan fanlardan darsliklar etarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir.
MURAKKAB HUKMLAR
Hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orkali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga ko‘ra murakkab hukmlarning kuyidash asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlash- tiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin