1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə25/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
,,

11.Hukm (mulohaza) Savol.Norma.


Reja

1.Hukm - tafakkurning mantiqiy shakli
2. Oddiy hukmlar
3. Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari.


HUKM - TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLI
Hukm - predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiya- ti, predmetlar o‘rtasvdagi munosabatlarni ko‘rsagishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakddagi fikrdan iborat buladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning odsiy, tashqi xususiyatlari bilan birga uaarning ichki, zaruriy boglanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmeg va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘r1'anib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi xukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshkdlarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ladi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajassha ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni go‘gri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniklab bo‘lmavdigan hukmlar - noaniq xukmlar mavjuddir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm man- tiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukm- lar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi.
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot - bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.
ODDIY HUKMLAR
Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm, deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohaza- larga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini
o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza odsiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Mulohaza (hukm) tarkibvda mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega - sub’ekt (5) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Man- tiqiy kesim - predikat (R) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikata uning terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘la- madir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada xukm hosil bo‘ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: 8-R.
Oddiy hukmlar sifati va mikdoriga ko‘ra, turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra, tasdiq va inkor hukmlar farkda- nadi. Hukmning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aqsincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «A.Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madqiyasining muallifidir»- tasdiq xukm, «Matematika ijtimoiy fan emas» - inkor hukm. Mikdoriga ko‘ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo‘linadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning sonidan, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.
YAkka hukmlarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Uzbekistan Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas».
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taal- lukdi yoki taallukdi emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan, «Har bir inson baxtli bo‘lishni xoxdaydi» va «Hech bir akdli odam vaqtini behuda sarflamaydi».
Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan, «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko‘pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi», degan ma’noda qo‘llaniladi. SHunga ko‘ra, «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.
Ma’lum ma’noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bi­lan tenglashtirish mumkin. CHunki har ikki hukmda ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taallukdi yoki taallukdi emas, deb ko‘rsatiladi. YAkka hukmlarda esa bu to‘plam birgina predmetdan iborat bo‘ladi.
Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini anikdashda va ba’zi boshqa holaglarda oddiy hukmlarning mikdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular kuyidagilardan iborat:

  1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Xamma 8-Rdir» formulasi orqali ifodalanadi.

  2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umu­miy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir 5-R emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.

  3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgila­nadi va «Ba’zi 8-Rdir» formulasi orqali ifodalanadi.

4Juziy inkor xukm bir vaqtnish' o‘zida ham juziy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shugullanmaydilar». Unish formulasi «Ba’zi 5—R emas» bo‘lib, lotincha O xdrfi bilan belgilanadi.
Oddiy xukmlarda terminlar hajmi. Oddiy xukmlardagi terminlar (5 va R) tushunchalar orkdli ifodalanshnligi zufayli ularning hajmiga ko‘ra, o‘zaro munosabatlarini anikdash mumkin. Hukmlarda terminlar (5 va R) to‘liq yoki to‘liqsiz hajmda olingan bo‘ladi. Termin to‘liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to‘liq mos bo‘ladi yoki mutlaqo mos bo‘lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lsa, unda uning hajmi boshqasinish hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy xukmlarda terminlar hajmi kuyidagicha bo‘ladi:

  1. A - Umumiy tasdiq hukmlarning sub’ekta hammavaqt to‘lik, hajmda olingan bo‘ladi. Predikata esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan, «Hamma inson- lar tirik mavjudotdir».

  2. B
    u hukmning sub’ekta - «inson», predikata - «tirik mavjudot» tushunchasidir, «hamma» - umumiylik kvantori. Bu hukmning sub’ekta to‘liq hajmda olingan, chunki uvda hamma insonlar to‘g‘risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to‘lik, kirisha- di. Uning predikata to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi - insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy shakli quyidagicha; (1-chizma).

Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilarida 8 x,am, R ham to‘la hajmda bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma musul- monlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-chizma).

  1. E - Umumiy inkor hukmlarning sub’ekta ham, pre­dikata ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda 8 - dindorlarni, R - e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir - umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir- birini istisno qiladi (3-chizma).

3-chizma.

  1. I - Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hammavaqt to‘liqsiz hajmda olinadi, predikata esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan, «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi» degan hukmning terminlari quyidagicha: 8 - talabalar, R - ingliz tilini biladiganlar, ba’zi - mavjudlik kvantori. Bu hukmda 8 ham, R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-chizma).


Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin