SAVOL VA JAVOB Bilimlarimiz predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlar (mulohazalar)dan yangi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi.
SHuni aytish kerakki, savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun hukmni ifoda qila olmaydi. Ular bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Xususan, hukmning vazifa- si predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yaigi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishta, o‘rganishta qaratilgan bo‘ladi. Savol bir qancha muhim mantiqiy xususiyatlarga ega. Birinchidan, sa- volda ma’lum bir boshlangich bilim mujassamlangan bo‘la- di. Masalan, «Qanday sabablarga ko‘ra GFR va GDR yagona davlatga birlashdi?» degan savolda mustaqil Germaniya Federat i v Resiublikasi va Germaniya Demokratik Respubli- kasining mavjud bo‘lganligi, ularning yagona davlatga bir- lashishidan avval qandaydir voqealarning sodir bo‘lganli- gi hakdsa ma’lumot berilgan. Ikkinchidan, savolda mavjud bo‘lgan bilim noaniq bo‘ladi. YUqorida keltirilgan misol- da yagona nemis davlati - GFR haqida ma’lum bir ma’lumot mavjud bo‘lsa-da, u fikrlash predmetini tushunish uchun etarli emas. SHuning uchun ham savol qo‘yish va unga javob qidirish yo‘li bilan yagona nemis davlatining paydo bo‘lish shart-sharoitlari haqida bilim hosil qilinishi zarur. Uchinchidan, savolda predmet haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lish ehtiyoji o‘z ifodasini topadi.Ana shundan kelib chiqib, savolbilimlarimizdagi noaniqliklarni, shubhalarni yo‘qotish hamda aniqroq va to‘laroq bilimlar hosil qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir, deb aytishimiz mumkin.
Savol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U o‘zining asosiga, (yaoip siezyotz) bazisiga ega. Savolning asosini unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi.
Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo‘ladi. Xususan, savol o‘zining asosiga ko‘ra to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘yilgan savollarga bo‘linadi. Asosi chin va ziddiyatsiz bilimdan iborat bo‘lsa, savol to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. «Milliy g‘oya nima?» degan savol bunga misol bo‘la oladi. Xato va zidsiyatli asosga ega savol esa, noto‘g‘ri qo‘yilgan savol hisoblanadi. Masalan, «Arvoh qanday kun kechiradi?» desak, savol noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi.
Bilishdagi funksiyasi bo‘yicha anikdovchi va to‘ldiruvchi savollarga ajratish mumkin. «I.Prigojin haqiqatan ham sinergetikaning asoschisimi?» degan savol anikdovchi savol, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?» to‘ldiruvchi savol hisoblanadi.
Tarkibiga ko‘ra oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida boshqa savol bo‘lmasa odsiy savol, bo‘lsa - murakkab savol deb yuritiladi. Masalan, «Suv necha gradusda muzlaydi?» - oddiy savol, «Assimilyasiya va dissimilyasiyalar organizmning mavjud bo‘lishida qanday o‘rin tutadi?» - murakkab savoldir.
Masala - savolning alohida bir turi bo‘lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o‘zgartirishni, etishmayotgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishni, muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo‘lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.
Savolni to‘g‘ri qo‘yish uchun ma’lum bir qoidalarga rioya etish zarur:
Savol til talablariga javob berishi kerak.
Savol aniq, ravshan, qat’iy holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak.
Savolning asosi (bazisi) chin hukmlardan iborat bo‘lishi kerak.