Takrorlash uchun savollar 1 .Hukm nima va u kanday tarkibga ega?
2.0ddiy hukmning qanday turlarini bilasiz?
A, E, I, O hukmlarida terminlar qanday hajmlarda bo‘ladi?
Murakkab hukm deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlari bor?
5-Xukmning modalligi deganda nimani tushunasiz?
Savol va javob muhokama yuritish jarayonida kanday o‘rin tutadi?
Norma nima?
13. Mavzu:Xulosa chiqarish.
Reja
1.Xulosa chiqarish - tafakkurning mantiqiy shakli 2. Zidlik (kontradiktorlik) munosabatlariga asoslangan holda xulosa chiqarish. 3. Sillogizm aksiomasi
XULOSA CHIQARISH - TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLI Voqelikii bilish jarayonida inson yansh bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslashan xolda vujutsga keladi. Bu}щay bilimlarni hosil qilish mantiq ilmvda xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortik, chin mulohaza- lardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqariivdai iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchuy, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.
Masalan, «Aristotel - mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘- langan bo‘lishi shart. Bunday alokadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qiliigan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘gri xulosa chiqmaydi. Masalan, «Talaba A - a’lochi» degan muloxdzadan «Talaba A - odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.
Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammal- roq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish, zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bi- limlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantikda kuyidagicha ifodalanadi: X5rdzU5r, bunda X va U odsiy
qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), 5 va R lar esa mulohazalarning sub’ekta va predikatini ifodalaydi. X5r- xulosa asosi yoki antesedent, U5r - xulosa yoki konsekvent, deb ataladi..Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi.„Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining mikdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga eta bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud: