1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə34/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
,,

Javob - predmet haqidagi avvalgi bilimni qo‘yilgan savolga muvofiq holda aniqtashtiradigan, to‘ldiradigan yangi xukm (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda, yangi bilim olishga
104
imkon beradi. Javobning moxsyatini savo;щa mavjuts bo‘lgan noaniqlikni kamaytirish (yoki yo‘qotish) tashkil etadi.
Savolga javob qidirish davomida, odatda, bilimlar- ning konkret sohalariga murojaat qilinadi. Ular ja- vobni qidirish sohasi, deb ataladi.
Mantikda javobning bir qancha turlari: bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita javoblar, to‘liq va go‘liqsiz javoblar, chin va xato javoblar, qisqa va batafsil javoblar, aniq va noaniq javoblar ajratiladi.
Bevosita (to‘g‘ri) javob - savolda ko‘rsatilgan noma’- lum sohaga taallukdi muloxdzalar to‘plamidan iborat. Masalan, «Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) qachon qabul qilingan?» degan savolga «Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) 1992 yil 8 dekabrda kabul qilingan», deb berilgan javob bevosita javob qisoblanadi.
Bilvosita javob - javobni qidirish sohasidan chetga chiqib, ko‘shimcha ma’lumotlarga murojaat qilish asosida hosil qilinadigan mulohazalar to‘plamidan iborat bo‘lib, bevosita (to‘gri) javob ulardan xulosa chiqarish yo‘li bi­lan hosil kilinadi. Masalan, «Mantiq falsafiy fan- mi?» degan savolga «Mangiq tafakkurning shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan» deb beriladigan javob bilvosita javob bo‘ladi.
To‘liq va to‘liqsiz javoblar javobda beriladigan ma’lu- motlar mikdori bo‘yicha farq qilinadi. To‘liq javob - o‘zida savolning barcha elementlari (qismlari) haqida ma’lumot- larni mujassamlashtirgan mulohazalar to‘plamidir, «Uzbe­kiston Respublikasi Madhiyasini kim yozgan?» degan savolga «Uzbekiston Respublikasi Madhiyasi matnini A.Oripov yoz­gan, uning musiqasini esa, M. Burxonov yozgan», deb berilgan javob to‘liq javob bo‘ladi. To‘liqsiz javob - savolni tash­kil etuvchi elementlarning bir qismi haqidagina ma’lumot- ni ifoda etgan mulohazalardan iborat. Masalan, «Jamiyatni demokratiyalashning mohiyati nimada?» deb qo‘yilgan savolga «Jamiyatni demokratiyalash xalqning davlatni boshqarishda ishtirok ztishini taqozo etadi», deb berilgan javob to‘liqsiz bo‘ladi, chunki unda jamiyatni demokratiyalashtirishning boshqa mezonlari haqida ma’lumotlar yo‘q.
Mantiqiy qiymati bo‘yicha, ya’ni borliqqa munosabatiga ko‘ra chin va xato javoblar farq qilinishi mumkin. Agar javobda ifodalangan fikr-mulohazalar borliqqa muvofiq kelsa, uni adekvat holda aks ettirsa, u chin javob va aksincha, borliqqa muvofiq kelmasa, adekvat tarzda aks ettirma- sa, u xato javob bo‘ladi. Masalan, «Tib qonunlari» asarining muallifi kim?» deb berilgan savolga «Tib qonunlari» asarining muallifi Ibn Sinodir», deb berilgan javob - chin, «Tib qonunlari» asarining muallifi Ar-Roziydir», deb berilgan javob esa xato hisoblanadi.
Grammatik shakliga ko‘ra, javoblar qisqa yoki batafsil bo‘ladi. Qisqa javob «ha» yoki «yo‘q» tarzida beriladigan tasdiq yoki inkor shaklidagi bitta murakkab so‘zdan iborat. Batafsil javob savolning har bir elementi takrorlanadigan mulohazadir. Masalan, «Muhammad paygambar ta- rixiy shaxsmi?» degan savolga «Ha», deb berilgan javob - qisqa javob, «Ha, Muxammad paygambar tarixiy shaxe», deb berilgan javob - batafsil javob bo‘ladi.
Javobning anik yoki noaniq bo‘lishi savolning sifa- tiga, uning mashi kiy tarkibiga bog‘liq. Ma’lumki, savol va javob mantiqan bog‘langan bo‘ladi, ya’ni javobning mazmuni qo‘yilgan savolning sifatiga bog‘liq. Ana shuning uchun xam bahs yuritish jarayonida «savoliga yarasha javob» degan qoida amal qiladi. Noaniq, ko‘p ma’noli savollarga aniq javob olish qiyin.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin