1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə22/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
,,

TASNIFLASH
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qatiy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Mantikda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qigshnadi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniklash imko- nini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.
Tasniflashda tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur.
Tasniflar nisbiy turgun xarakterga eta. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi.
Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujutsga kelishi ko‘p hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, ba’zan esa butunlay yangisi bilan almashtirilishini taqozo etadi. SHunta qaramasdan, tasniflash mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida biliщda o‘zining muhim ahamiyatiga eta bo‘lib qoladi.

TUSHUNCHALARNI TA’RIFLASH (DEFINITSIYA)
Ta’riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beratsigan mantiqiy amaddir. Ta’rif anikdanuvchi va anikdovchi qismlardan tashkil topadi. Anikdanuvchi kssmni mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, anikdovchi qismni esa anikdanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fandir» degan ta’rifda «Mantik» anikdanuvchi qismni, qolganlari esa anikdovchi qismni hosil qiladi. Ta’riflash biliщda kuyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muxsm belgilarini ko‘rsatadi; 2) gushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminnish) ma’nosini ochib beradi;

  1. termin hosil qilishga imkon beradi. YUqoritsagi vazifalardan kdysi birining hal qilinishiga karab nominal va real ta’- riflar farq qilinadi.

Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma’nosi anikdanadi. Masalan, «Mantik, grekcha «1ogos» so‘zidan olingan bo‘lib, tushuncha, fikr, so‘z, qonuniyat kabi manolarga eta», desak, mantik tushunchasiga nominal ta’rif bergan bo‘lamiz. «Til belgilarini o‘rganuvchi fan semiogika- dir», degan ta’rif ham nominal ta’rifga misoddir.
Real ta’rifda predmetning muhim belshsi anikdanadi. Masalan, «Atom - moddasaning yadro va elektronlardan tashkil toptan zarrachasi», degan ta’rif real ta’rifdir.
Real ta’rif aniq va noaniq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Aniq real ta’rif predmetlarning muhim belgilarini to‘fidan-to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Noanik real ta’rif­da esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orkali ochib beriladi. Masalan, o‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini lugatdan foydalanmasdan, boshqa so‘zlarning ma’nosiga qarab anikdashimiz mumkin.
Anik real ta’rifning ikkita asosiy» turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belshsini ko‘rsatish orqali ta’riflash;

  1. genetik ta’rif.

YAqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’­riflash real ta’rifning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniklanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. SHu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniklanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi ko‘rsatiladi. SHu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniklanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so‘z» tushunchasidir. «Metafora so‘zdir» deyish bilan «so‘z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belshlarning metaforaga qam tegishli ekanligini ko‘rsatamiz, ya’ni «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniklaymiz. Ko‘chirma ma’noda ishlatilishi esa, metafora sifatida ishlatilayotgan so‘zning tur belgisi, ya’ni individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yakin jinsga qo‘shib «Metafora ko‘chirma ma’noda ishlatiladigan so‘zdir», degan to‘la ta’rif hosil qilamiz. SHu tariqa eng qisqa yo‘l bilan, ya’ni yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniklaymiz.
Genetik ta’rifda aniklanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko‘rsatish orqa- li ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan kimyo- viy birikmadir», degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy tarkibi yakin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir.
Ta’riflash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniklanuv­chi tushuncha hajmi bilan aniklovchi tushunchalar hajmlari yig‘indisi teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, ta’rif yo haddan tashqari keng, yo hadsan tashkari tor bo‘lib qoladi. Masalan, «Mantiq tafakkurni o‘rganuvchi fandir» - had- dan tashqari keng, «Mantiq isbotlash tarkibini o‘rganuvchi fandir» - haddan tashkari tor ta’rifdir;
b) ta’rif anik bo‘lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol - uchkur ot», «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo‘lishidir» (Gegel) degan ta’- riflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur ma’no bo‘lsa-da, tushunchaning mazmuni anik ochib berilgan Zmas;
v) ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak. Ta’­rif berishda aniklovchi tushunchaning mazmunini aniklash
uchun anikdanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat etilsa, ta’rifda aylana hosil bo‘ladi. Masalan, «Mantiq to‘g‘ri fikr- lash haqidagi fandir», deyilganda ta’rifda aylana vujud- ga keladi. CHunki «To‘gri fikrlash nima?» degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan qolda fikr- lashdir», deb javob berishga to‘g‘ri keladi, ya’ni «mantiq» tushunchasiga murojaat qilinadi.
Tavtologiya ham shu qovdaning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Buvda anikdanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‘ladi. Masalan, «Tamagar tamagarlik qiluvchi kishidir», desak, tavtologiyaga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.
g) Ta’rif iloji boricha inkor shaklvda bo‘lmasliga kerak. Aks hodda predmeta xos bo‘lgan belgi o‘rniga unda yo‘q bo‘lgan begay ko‘rsatildsi. Masalan, «Ong moddiy emas», degan ta’rif «osh» tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin