1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə18/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
,,

TUSHUNCHANING MAZMUNI VA HAJMI
Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga eta. Tushuncha­ning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning mu- him belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari,ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob’ektiv chin (haqiqiy) bilimlar tizimidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan pred- metlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazo- larni o‘zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo‘lish belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda f>aqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan, san’atda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tuщunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
TUSHUNCHANING TURLARI
Mantikda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
YAkka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi», «O‘zMU asosiy kutubxona- si» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushuncha­lar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Ku- tubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miq- dori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Ma­salan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr kilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. «YUlduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz.Fikr yuritish jarayonvda ayiruvchi va to‘plovchi tushuncha- larni farq qilish ham muxdm ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetshd xosdir. Masalan, «UzMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘kkizinchi sessiyasi materiallarini o‘rganmoqsa» degan fikr UzMUning har bir talabasiga tegashli. Demak, «O‘zMU talabalari» tushunchasi bu ersa ayiruvchi tushunchadir. «O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasi materiallarini muhokama etishmokda» degan fikrda esa «O‘zMU talabalari» tushunchasi to‘plovchi tushuncha sifatida ishtirok kdladi, chunki fikr ularnish' to‘plamiga nisbatan biddirilgan.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret. tushunchalarga bo‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilina- di. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belshlari uvdan fikran ajratyb olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari - konkret tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borlikdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh..t^shunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjuts bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida pred­met unta xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tu­shunchalarning mazmunida predmet unta xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chikdik. O‘ yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilarita mansub ekanligini anikdash unta mantiqiy tav- sif berish demakdir. Masalan, «talaba» - umumiy, ayiruv­chi, chegaralangan, anik, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A.Navoiy nomli O‘zbekiston davlat kutubxonasi» - yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin