Tushuncha - Tafakkurning Mantiqiy Shakli Tushuncha - predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-oiridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olam- dagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo‘lganligi uchun ko‘p belgilarga eta. Ularning ba’- zilari faqat bitga predmetga xos bulgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil kdlsa, ooshqalari pred- metning ma’lum bir guruhiga teshshli bo‘lib, umumiy belgi- lar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual bel- gilarga ega. SHuning bilan oirga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegish- li) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoii munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo‘lgan umumiy oelgilarga ega.
Individual va umumiy oelgilarning ba’zilari pred- metning mavjud bo‘lishi uchun zar^r bo‘lib, uning tabia- tini, moxiyatini ifodalaydi. Bundai belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bulishi uning uz maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yuqolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taallukdi bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas.
SHuni ham aitish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar boshqa munosabatda muhim bulishi mumkin. Masalan, kishining layokdti uning kdnday kasoni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muxim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan zaruriy alokdda bo‘lgan belgilardan) farq kiladi.
Nihoyat, predmet to‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun vaqt o‘tishi bilan uning muhim bo‘lgan belgisi nomuhim bo‘lgan belgiga yoki aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bi- lish bosqichida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, nazariy bi- lish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet o‘zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgalar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. Masalan, «G‘afur G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Sen etim emassan» she’rining mualdifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo‘lmaydi. CHunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo‘lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan spetsifik belgilar bo‘lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetla- shar ekan, demak, uni to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borlikdan uzoqrokda turadi. Pekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in’ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‘laroq ifoda etadi.
Tushuncha, xissiy bilish shakllaridan farkdi o‘laroq, inson miyasvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qili- nadi. Bu usullar taqqoslash, taxdil, sintez, abstraksiya- lash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtiri- lib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari anikdanadi. Taqqoslash taxlilni taqozo qiladi. CHunki predmet- larni yaxlit holda solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xos- salar ajratilishi lozim. Taxdil yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi.
Sintez taxdilga teskari usul bo‘lib, u taxdil davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo‘lmay- di. Taxdil va sintez uzviy bogliqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqorvdagi usul- lar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuxdmlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiri- ladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmet- larning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir.
Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan, «talaba», «tarix fakulteta», «Uzbekistan milliy universiteta» va shu kabi so‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xiddir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha qar xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil hodsa mavjudlitadan dalolat beradi.
SHuni ham aytish lozimki, so‘zning ko‘p ma’noga eta bo‘lishi ba’zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. SHuning uchun ham fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qatiy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi.