1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə13/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
,,

Takrorlash uchun savollar
GQadimgi SHark mamlakatlarida mantiqiy ga’limotlar kanday sharoitlarda vujudga kelgan? Ularning' asosiy xususiyaglari nimada?
Qadimgi Gretsiyada mantiq ilmining shakllanishi va rivojlanishi qaiday xususiyatlarga ega?
Aristotel nima uchun mantiq ilmining asoschisi deb xisoblaggadi?
O‘rta asrlarda mantik ilmi kaggday rivojlangan? Abu Abdulloh Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Jurjoniy va boshqa SHarq mutafakkirlari mantiq ilmi taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shganlar?
YAngi davrda mantiqni isloh qilishga bo‘lgan urinishlar qanday natijalar bilan tugadi?
Simvolik mantiq qanday shakllandi?

7-8.Mantiq va til.


Reja


1. Til - Axborot Belgilari Tizimi
2. Tabiiy va sun’iy tillar
3. Mantiqning formallashgan tili
Til - Axborot Belgilari Tizimi
Til tafakkur bilan uzviy bog‘langan, fikrimizning bevosita mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot bel- gilari tizimidan iborat. Tilni o‘rganish mantiq fani- ning muhim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma’- lumki, tafakkur olamni mavhumlashtirib va umumlashtirib aks ettiradigan ideal hodisadir. Mavhum narsalarni, umumiylikni faqat til yordamidagina qayd qilish mumkin.
Til va tafakkurning birligi nutkda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi.
Til kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana shuning uchun ham u chuqur ijtimoiy mazmunga eta hamda madaniyatimiz va tariximizning muhim bir kismini tashkil etadi.
Til yordamida bilimlar hosil qilinadi, to‘planadi va bir avloddan boshqa avlodga etkazib beriladi. SHu tariqa u ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniya- timizni taraqqiy ettirishga yordam beradi.
Belgi bilish jarayoiida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u hakda ma’lum bir xabarlar berish, uni sakdash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi modsiy predmetdir. Har qanday belga ham til belgisi bula olmaydi. Tilga aloqasi bo‘lmagan belgilar qatoriga nusxa-belgilar (masalan, fotografiya kartochkasi, barmoq izi va shu kabilar), indeks-oelgilar yoki ko‘rsatuvchi belgilar (masalan, badan haroratining ko‘tarilishi - kasallik belgi­si, tutun - olovning belgisi va shu kabilar) kiradi.
Til belgisi simvol-ramzlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra hech qanday o‘xshashlikka ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini o‘rganishga qaratadi.
Til belgilari o‘z ma’nosiga va mazmuniga ega. Til belgi- sining mazmunini u ifoda qilayotgan, ko‘rsatayotgan ob’ekt tashkil etadi. Masalan, «auditoriya» so‘zi real mavjuts ob’ektni - auditoriyani aks ettiruvchi fikr mazmunini ifoda etadi. Til belgisining ma’nosini esa u ifoda kdlayotgan ob’ektning xarakteristikam (tavsifi) tashkil etadi. Masalan, «Auditoriya» so‘zining ma’nosini «Mashg‘ulot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xona», «Maxsus jihozlangan xona» va shu kabi ekanligi haqidagi axborotlar tashkil etadi.
Belgilarning bilishdagi vazifasini o‘rganishga Aristotel, Leybnits kabi mutafakkirlar katta e’tibor berganlar. Belgilar haqidagi ta’limotni taraqqiy etti- rish XIX asrda aktual masalaga aylangan. Mana shu davrda amerikalik faylasuf CHarlz Pirs (1839-1914 y.y.) belgilar haqidagi fan - semiotikaga asos solgan. Bu fan til belgisini uch xil yo‘nalish bo‘yicha tahlil qiladi. Birinchisini semantika tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan ob’ekt o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Ikkinchisi pragmatika bo‘lib, u kishilarning belgilarga munosabatini xamda belgsh1ar yordamida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganadi. Uchinchisi, sintaksis deyilib, u belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni (tilni qurish qoidalarini) o‘rganadi. Mantiq fanini ko‘proq til belgilarinish semantikasi qiziqgiradi.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin