Mantiqning formallashga tili Umumiy mantiq o‘zining ilmiy formallashgan maxsus tiliga ega. U inson tafakkurining tuzilishini aniq va ravshan holda ifoda qilish maqsadida yaratilgan. Buning moqiyatini tushunish uchun formallashgirishning o‘zi nima ekanligini aniklab olish zarur.
Formallashtirish konkret mazmunga ega bo‘lgan fikr- larni simvollar bilan almashtirish, ya’ni propozitsional funksiya hosil qilish, formulalar kiritish, mantikiy qoidalarni yaratish orqali tafakkurning (fikrning) tuzilmasipi ifoda qilish demakdir. Tafakkurning tuzidmasi bilan mantiqning tilda ifoda qilinishi tuzilmasi o‘rtasida o‘zaro muvofikdik mavjud, ya’ni har bir konkret fikr tuzilmasiga ma’lum bir til tuzilmasi muvofiq keladi. Buni proiozitsional funksiya hosil qilish misolida ko‘rishimiz mumkits. «Toshkent - O‘zbekistonning noytax- ti» degan fikrdagi «Toshkent» tushunchasini - 8, «Uzbekis- tonning noytaxti» tushunchasini - R bilan almashtirsak, 8- R ko‘rinishiga ega bo‘lgan nropozitsional funksiya hosil bo‘ladi. Propozitsional funksiya o‘zgaruvchi qiymatga eta ifoda bo‘lib, bu qiymat argument bilan almashtirilganda konkret mazmunli fikr hosil bo‘ladi.
Formallanlan shl kuysdaga talablarga javob berishi kerak:
Asosiy belshlar aniq ifoda kdlingan bo‘lishi kerak. Bu belshlar asosiy tushunchalar, atamalarni ifodalaydi.
Ta’riflashning barcha koidalari ko‘rsatilgan bo‘li- shi kerak. Bu qoidalarga asoslashan holda mavjud belgilar yordamida yangi, qisqaroq belgilar hosil qilinadi.
Formulalarni tuzishning barcha qoidalari berilgan bo‘lishi kerak. Busha misol qilib tushunchalardan gap hosil qilish qoidalarini ko‘rsatish mumkin.
Xulosa chiqarish qoidalarining barchasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qo‘llaniladigan belgilarnish (so‘z, gap, simvollar) grafik usul bilan ifodalanishiga tegishlidir.
Qo‘llaniladigan belgilarning ma’nosini talkin qilish qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Formallashgan tilga ega bo‘lgan mantiq chin fikrni ifoda qiluvchi bir formula yordamida xuddi shunday chin fikrni ifoda kiluvchi boshqa formulani keltirib chiqara oladi. Bunda bershlan fikrning konkret mazmuni e’tiborga olinmaydi.
Formallashgan tilning ustunligi shundaki, unda man- tiqiy xulosa chiqarishda ko‘zda tutilmagan asoslarning qatnashib qolishi mumkin emas. Matematika va mantiqning ko‘p masalalari faqat mana shu yo‘l bilan echilishi mumkin.
Nihoyat, formallashgan tilning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda bir sohada yaratilgan formallashgan tildan boshqa bir sohaga oid masalalarni echishda foy- dalanish mumkin. Masalan, mantikda sinflar bilan bo‘la- digan amallarda matematika tilidan (qo‘shish, ko‘paytirish, to‘ldirish kabi atamalardan hamda ularni ifoda qiluvchi belgilardan) fikr tuzilishini ifoda qilish uchun foydalanish mumkin. Bunda, albatta, foydalanilayotgan belgilarga maxsus ma’no beriladi.
Formallashgan tilning kamchiligi esa shundaki, u tabiiy tilga karagagщa ob’ektni yuzaki holda ifoda qiladi. Hozirgi davrda mavjud formallashgan tillar borliqning va bilishning juda kam sohalarini qamrab olgan. Bilishning qaysi sohalarida formallashgan tilni yaratish mumkinligini oldindan aytish qiyin.
SHuningdek, formallashgan til empirik tadknkotlarning o‘rnini bosa olmaydi. Ana shuning uchun ham ilmiy til formallashgan tildan foydalanish bilan chegaralanib qolishi mumkin emas.
SHunga qaramasdan formallashgan til hozirgi paytda ilmiy bilishda va amaliy hayotda muhim ahamiyatga ega. U, ayniqsa, fikrning tuzilishini o‘rganishga, uning mantikiy qiymatini, ya’ni chin yoki xatoligini anikdashga to‘lik kulay sharoit yaratadi. SHuning uchun mantiqning formallashgan tilini yaratishga va uni chukurroq o‘rganishga qiziqish katga.
Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganigssa semantik kategoriyalar muhim ahamiyatsh ega. Semantik kategoriyalartil ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir- birlaridan qavday ob’ektlarni aks ettirishi bilan farq qiladitar. Asosiy semantik kategoriyalar kdtoriga gap va uning tarkibida nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lgan qismlari - deskriptiv va mantiqiy atamalar kiradi.
Gap hukmni, savolni va normani ifoda qilishi mumkin. Hukmni ifoda qiluvchi gap predmetga birorta bel- gining (xossa yoki munosabatning) xosligini tasdiklaydi va inkor qiladi. U darak gapdan iborat.
Gapda predmetlarni, ularning xossalari va munosabat- larini aks ettiruvchi ifodalar deskriptiv atamalar deyi ladi. Deskriptiv atamalar predmetlar nomlari yoki termalar (predmetlarni, predmetlar to‘plamini aks ettiruvchi ifodalar) va predikatorlar (predmetlarning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar)ga bo‘linadi.
Predmetlarning nomlari ayrim so‘zlar va so‘z birik- malari bo‘lib, ular moddiy (planeta, elektr toki) va ideal (sezgi, tafakkur) predmetlarni ifodalaydi. Predmet nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni predmetni ifoda qiladi va mantikda denotatdeb ataladi. Nomning ma’nosi esa predmetning muxim, umumiy belgilarini ifoda qiladi va konsept deb ataladi. Masalan, «Aristotel», «Mantiq fanining asoschisi», «Topika asarining muallifi» kabi ifodalarning mazmuni bir xil, ya’ni bitta predmetni ifodalaydi, ma’nosi esa turli xil, ya’ni fikr qilayotgan ob’ektning har xil belgilarini qayd qiladi.
SHuningdek, nomlar yakka («Toshkent shahri») yoki umumiy («shahar») bo‘lishi mumkin. Bunda yakka nom bigga predmetni, umumiy nom esa predmetlar sinfini aks ettiradi.
Predikatorlar ganda kesim o‘rnida kelib, o‘zi taal- lukdi bo‘lgan nomning mikdoriga bbgliq holda bir o‘rinli yoki ko‘n o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunda predmetning xossasini ifoda kiluvchi predikatorlar bir o‘rinli, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda qiluvchi predikatorlar ko‘p o‘rinli predikatorlar xisoblanadi. Masalan, «Uzbekiston mustaqil respublikadir» degan muloxazada predikator bir o‘rinli, «Uzbekiston Turkiya bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi» degan, fikrda «iktisodiy shartnoma tuzdi» iredikatori ikki o‘rinli, «Uzbekiston Sirdaryo va Amudaryo oraligida joylashgan» degan fikrda «oraligida joylashgan» iredikatori uch o‘rinlidir.
Mantiqiy atamalar (mangiqiy konstantalar) doimiy mantiqiy qiymatga ega bo‘lib, gapda deskriptiv atama- larni boglashda ishlatiladi. Ular o‘zbek tilida «va», «ham», «hamda», «yoki», «yoxud», «barcha», «hech bir», «ba’zi», «emas» kabi so‘zlar orqali ifodalanadi va turli xil (oddiy va murakkab) hukmlar, mulohazalarni hosil kiluvchi elementlar hisoblanadi. Masalan, «Hech bir tovar qiymatsiz emas» degan fikrda «hech bir», «emas» mantikda atamalar bo‘lib, ularsiz deskriptiv atamalarni - «tovar», «qiymat» so‘zlarini bog‘lab bo‘lmaydi.
Mantiqning formallashgan tilini yaratishda semantik kategoriyalar aniq ta’riflanishi va tavsiflanishi kerak. Bunga semantik kategoriyalarni konkret simvollarda aks ettirish orqali erishish mumkin.
Ala shu simvollar mantikding formallashgan tilining alifbosini tashkil etadi. Maltikda ikkita til - predikatlar mantig‘i tili va mulohazalar mantig‘i tili mavjud.