1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə14/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
,,

TABIIY VA SUN’IY TILLAR
Tilning ikkita turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar tarixan shakllashan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv)ning axborog belgilari tizimidan iborat. Tabiiy tidning aloxdda olingan har qanday belgisi o‘z holicha hech narsani ifoda qilmaydi. Bu belgilar inson amaliy faoliyati va tafakkuri taraqqiyotining negizida vujudga kelgan til sistemasiga kirgandagina ma’lum bir ma’no va mazmun kasb etuvchi belshlarga aylanadi.
Tabiiy til ob’ektiv olamning va bilishning turli xil sohalariga tegishli bo‘lgan predmetlar, hodisalar hamda ularning xossalari va munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U semantik jihatdan yopiq tizim hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tabiiy til boshqa tillarga murojaat qilmagan holda mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin.
SHuning bilan bir qatorda, tabiiy tildan foydalanish bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Ular kuyidagilar bilan bog‘liq: 1) tabiiy tilde gi so‘zlarning ma’nosi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qshshnishi (sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida ifoda qilingan fikr aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini yaxshi bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga nisbatan chet tilini yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan). Tabiiy tildagi mana shu kabi hodisalar- dan xoli bo‘lish uchun ilmiy bilishda atamalardan (termin- lardan) foydalaniladi. Atama o‘zining qatiy va aniq ma’- nosiga ega so‘z bo‘lib, bu ma’no definitsiya (ta’rif) yordami­da ko‘rsatiladi. SHuningdek, tabiiy tilda aniklikka suniy tshщan fovdalanish yo‘li bilan ham erishiladi.
Suniy til tabiiy til negizida yaratilgan yordamchi axborot belgilari tizimidan iborat bo‘lib, u mavjud xabarlarni aniq hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat kdladi. Suniy tilda suniy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simyullar - ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tshщash konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, suniy til fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan holda faqag simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi.
Suniy tillar hozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, kibernetika, hisoblash texnikasi va shu kabi sohalar rivojlanishida hissasi katta. Suniy tillarning ishlatilishiga misol qilib matematikadagi to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlarini ifoda qiluvchi Soz2a+5t2a=1formulasini, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N20 formulani, mexanikadagi tezlikni ifoda
qiluvchid = — formulasini va shu kabilarni ko‘rsatish
I
mumkin. Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzishda esa maxsus algoritmik tillar ishlatiladi. Ular «Algol - 60», «Algol - 65», «Fortran», «Kobol», «PL - 1», «Assembler», «Beysik» va boshqalardan iborat. Suniy tildan mantiq fani ham fikrimiz tuzilishini nazariy jihagdan taxdil qilishda foydalanadi.
Demak, ilmiy bilishda tabiiy tildan ham, suniy tildan ham foydalaniladi. Ilmiy til esa tabiiy til, suniy til va maxsus atamalardan tashkil toptan bo‘ladi.



Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin