5-6.Mavzu: Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
Reja 1.Qadimgi dunyoda mantiq ilmining sha kllanishi va rivojlanishi 2.O‘rta asrlarda mantiq ilmining taraqqiyoti 3.Yangi va eng yangi davrda mantiq ilmi QADIMGI DUNYODA MANTIQ ILMINING SHA KLLANISHI VA RIVOJLANISHI Har bir fan kabi mantiq shshi ham o‘zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid dastlabki an’analar Qadimgi SHarq mamlakatlarvda, xususan, Hindis- ton, Xitoyda vujudga keddi. Ularning shakllanishiga notiq- lik san’ati, matematika ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta’sir ko‘rsatdi. SHuni aygish kerakki, Kadimgi dunyoda Aristotelgacha bo‘lgan davrda mantiq falsafa tarkibida mavjud bo‘lgan mustaqil fan sifatida shakllanmagan.
Qadimgi Hindistonda mantiq ilmining rivojlanishi uch davrni o‘z ichiga oladi: 1 - ilk budda mantig‘i (er. av. U1-U asrlar); 2 - nyaya, vaysheshika makgablarining mantiqiy ta’limoti^XerGTN-U asrlari); 3 - budda_ mantig‘ining _rivojlangan davri (er. U1-USH asrlario‘
Hind mantiqshunoslari bahs-munozarada nima isbotlanyapti va qanday isbotlanyapti, degan masalani ajratib ko‘rsatishgan. Ular isbotlashning elementlarini (tezis, asos, misol, bir xillik, har xillmk, bevosita hissiy qabullash, xulosa, avtoritet va shu kabilarni) batafsil tahlil etganlar. Nyaya maktabining vakillari xulosa chiqarish masalasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar. SHuningdek, ular besh qismdan iborat sillogizm strukturasini yaratdilar:
Tezis (tepalikda olov bor).
Asos (tepalikdan tutun chiqyapti).
Misol (qaerda tutun bo‘lsa, shu erda olov bor).
SHu holatga nisbatan ko‘llash (bu tepalikda tutun bor).
Xulosa (demak, bu tepalikda olov bor).
Qadimgi hind mantiqshunoslari Dignaga, Dxarmakirti
va ularning shogirdlari tomonidan tushuncha, xukm, ayniqsa, xulosa chiqarish bilan bog‘liq masalalar kengroq, chukurroq taxdil qilindi. Dishaga xulosa chiqarishda mantiqiy asosga xos bo‘lgan uch xususiyatni ko‘rsatib o‘tadi: mantiqiy asosxulosa chiqarish ob’ekta bilan bog‘liq bo‘ladi, bir turdagi ob’ektlar bilan bog‘liq bo‘ladi, har turdagi ob’ektlar bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu xulosa chiqarishning asosiy shartlari bo‘lib, ularning buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi. Dxarmakirti xulosa chiqarishning «o‘zi uchun» va «boshqalar uchun» turlarini, shuningdek, muhokamada uchraydigan mantiqiy xatolarni batafsil o‘rgangan.
Qadimgi Hindistondagi shakllangan mantiq an’ana- lari Qadimgi Gretsiyada. mantiq ilmining paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Qadimga grek falsafasida mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning «Tabiat to‘g‘risida» asarida, Eleylik Zenon- iinGaporiyalarida, Geraklit talimotida u yoki bu darajada ko‘rib chiqilgan. Xristotelgacha bo‘lgan mantiqiy ta’limotlar ichida Demokritning mantiqiy ta’limoti, Sokratning induktiv metoda va Platonning daalektikasi_ diqqatga sazovordar.
Demokrit (er. av. 460-370 ysh.) mantiqiy ta’limotida fikrning chinligi masalasi muhim o‘rin tutadi. U ko‘proq induksiya va analogiyani o‘rganishga e’tibor beradi, xaqiqat- ni bilish ucho‘n yakka buyumlarni kuzatish, his qilish or- qali umumlashtirish zarur, deb ta’kidlayda. Xukmni sub’ekt va predikatning o‘zaro aloqasidan iborat, deb ta’riflay- di. U etarli asos qonunini ontologik asosda tushuntiradi. Demokritning mantiqiy ta’limoti keyinchalik Aristotel va F.Bekon ta’limotlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Sokrat (er. av. 469-399 y.y.) ta’limotiga ko‘ra buyumlarning mohiyatini bilib bo‘lmaydi. Inson, avvalo, o‘z-o‘zini bilishi kerak. Bilim umumiylik to‘g‘risvdagi tushunchadir. Hakiqatni aniklash uchun o‘ziga xos usul darkor. Bu usul vositasida o‘rganilayotgan buyum haqida umumiy tushuncha hosil qilinada va shu tushunchaga asoslanib buyum haqida fikr yuritiladi. Haqiqatni aniklash uchun muxolif fikridagi zidsiyatlar o‘rganiladi. Predmet hakidaga tushunchalar zidsiyatli bo‘lsa, demak, bilim yuzaki bo‘ladi. Sokrat haqiqatni aniklashda induksiya va definitsiyadan foydalanishni tavsiya etada.
Induksiya - kundalik hayotdagi yakka misollar asosida umumiy tushunchalarni hosil qilish usulidir. Definitsiya bahs jarayonida tushunchalarni ta’riflashdan iborat. Bu usul ni Sokrat «mayevtika» deb agaydi.
Aristoteldan so‘ng mantiq ilmi asosan stoya maktabi vakillari, Epikur, skeptiklar ta’limotlarida rivoj- lantirilgan.
Stoya maktabi vakillari birinchi bo‘lib «logika» ter- minini tafakkur haqidagi maxsus fanni ifodalash uchun qo‘llashgan. Ular mantiqni falsafaning tarkibiy qismi, mantiqning maqsadi inson akdini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Stoiklar mantig‘i ikki qismdan iborat bo‘lgan: dialektika va ritorika; dialektika o‘z navbatida grammatika va bilish nazariyasiga bo‘lingan. Stoiklar ham Aristotel kabi nozidlik k,onu- nini to‘g‘ri tafakkurning asosiy prinsipi, deb bilganlar. Hukm masalasida esa ular qat’iy hukmlarni emas, ko‘proq shartli hukmlarni taxdil qilganlar. Ular shartli hukmni sabab va oqibat bog‘lanishlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli deb bilib, xulosa chiqarishning quyidagi besh modusini ko‘rsatganlar:
1} R->‘R ch
r
RAYA,R YA
R V YA,R ch
51 R^YA R
Aytish mumkinki, stoiklar birinchi bo‘lib mulohaza- lar mantig‘iga oid fikrlarni bayon qilganlar.
Epikur (er. av. 341-270 y.y.) fapsafada birinchi o‘ringa bil ish nazariyasi va maptiqni qo‘ygan, ikkinchi o‘rinda fizika, uchinchi o‘rinda axloq bo‘lgan. U tug‘ma g‘oyalar yo‘q, bil imlarimizning manbai - sezgilardir, sezgilarimiz yol- gon ma’lumot bermaydi, faqat xulosa chiqarishdagina inson xatoga yo‘l ko‘yishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Epikur xulosa chiqdrishda ko‘proq analogiya va induksiyaga ahamiyat bergan.
Skeptitsizm vakillari bilish jarayonining nisbiy xarakternыy mutlaqlashtirganlar, haqiqatni bshshb bo‘lmaydi, deganlar. Sezgilar va tasavvur o‘rtasidagi tafovutni bo‘rtgirib ko‘rsatganlar. Ularning insonni haqiqatan adash- tiruvchi holatlar haqidagi qarashlari e’tiborga loyiq.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan ta’limotlar Qadimgi Gretsiyada mantiq ilmining shakllanishi va rivojlanishi bu ilmning bilimlar tizimidan mustahkam o‘rin egalla- shida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, deb xulosa chiqarishi- mizga asos bo‘ladi.