1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti


FORMAL MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI (PRINSIPLARI)



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə5/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
,,

FORMAL MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI
(PRINSIPLARI)

Olamdagi narsa va hodisalar qarakati o‘ziga xos ichki qonunlar negizida yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni x,am o‘ziga xos ob’ektiv konuniyatlar asosida amalga oshadi.
Falsafada konun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatla- rini ifodalaydi. Formal mantiq ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidati ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. Ular dialektika konunlari va formal mantiq qonunlaridir. Dialektika qonuilari ob’ektiv olam va bilish jarayoniga xos bo‘lgan eng umumiy qonunlar bo‘lib, dialektik mantiq ilminish o‘rganish sohasi xisoblanadi. Formal mantiq qonunlari esa faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mangiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birlitida olib o‘rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrnish to‘g‘ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini e’tiborga olgan holda o‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zaruriy boglanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzok vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonushtr fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’- minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushun- chalar, muloxazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va uzaro aloqaparini ifodalaydi.
Tafakkur konunlari yuzaki Karaganda sub’ektiv konun- lardek bo‘lib tuyulsa ham, aslini olganda, ob’ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal kiluvchi umuminsonii qonushtrdir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin emas.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, anik,, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Anikdik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘zri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy konunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan muhim xislatlardan biri fikrning aniq bo‘lishidir. Ma’lumki, ob’ektiv voqelikdagi har bir buyum, hodisa o‘ziga xos belgi va xususiyatlarga eta. Bu belgi va xususiyatlar buyum va hodisalarni bir-biridan farkdashga, ularning o‘ziga xos tomonlarini anikdashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, buyum va hodisalarning inson tafakkurida aniq aks etishini, har bir fikr, mulohazaning aniq, ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Fikrning noaniqligi fikrdagi mantiqning sayozlashuviga, mantiqsizlikka olib keladi. Masalan, ob’ektiv va sub’ektiv sabab tushunchalarining mohiyatini aniqlab olmasdan birorta hodisaning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida anik, fikr yuritib bo‘lmaydi. SHu sababdan fikrdagi anikdik to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
Ob’ektiv voqelikdagi buyum va xodisalarning joylashishi, o‘zaro munosabati va boglanishida muayyan tartib, izchil- lik, ketma-ketlik mavjuddir. Buyum va xodisalarning bu xususiyatlari fikrlash jarayonining izchil amalga oshishida o‘z ifodasini toptan. Tafakkurga xos bo‘lshn izchillik belgisi xar bir fikrning muayyan tartibda o‘zaro bog‘langan holda bayon etilishini talab qiladi. Fikrdagi izchillikning buzilishi fikr ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi va bunday fikrni tushunib olish kiyinlashadi. Masalan, birorta faylasuf - mutafakkirning umumfalsafiy qarashlarini o‘rganmasdan turib, uning ijtimoiy yoki axloqiy ta’limoti- ning mohiyatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi.
Tafakkurga xos bo‘lgan belgilardan yana biri fikrlash jarayonining ziddiyatsizlik xususiyatiga ega bo‘lishligidir. Bu belgi ham ob’ektiv asosga eta. Ma’lumki, ob’ektiv vo- qelikda xar bir buyum yoki hodisa bir vaqtning o‘zida biror sifatiga ko‘ra ikki zid belgiga ega bo‘lmaydi. Masalan, biror buyum bir vaqtning o‘zida ham bor, ham yo‘q bo‘la olmaydi yoki inson ham e’tiqodli, ham e’tiqodsiz bo‘la olmaydi. Fikrda mantiqiy ziddiyatlarning mavjud bo‘lishi uning noaniq, chalkash, tushunarsiz bo‘lishiga olib keladi.
Buyum va hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlar tafakkurga xos bo‘lgan asoslilik belgisining ob’ektiv negizidir. Inson fikr yuritish jarayonida ilojsh boricha chinligi asoslangan mulohazalarni bayon qilishga intiladi.
YUqorida bayon qilingan belgilar tafakkur qonunlarining mazmunini tashkil etadi. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘shan barcha muxdm belgilar, tomoilar kdmrab olinadi. Predmet haqvdagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga eta bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu anikdik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatipi tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doira- sida aypi bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu konun formal mantiq ilmida «A-A» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya’ni mulohazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘ida o‘ziga xos ko‘rinishda ifodalanadi.
Mulohazalar mantig‘ida a -> a va a o a. (Bunda, a - har qanday fikrni ifodalovchi belgi, —> - implikatsiya belgisi, <-» - ekvivalentlik belgisi.)
Predikatlar mantig‘ida (x(R(x)—> R(x)). Bu ifoda kuyi- dagicha o‘qiladi: har qavday X uchun, agar X R belgiga eta bo‘lsa, X shu belgiga ega, degan fikr to‘g‘ri bo‘ladi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi kuyidashcha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aypanlashtirish va aksincha, o‘zaro aynap bo‘lgan fikrlarga tent emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu konunni bilib yoki bilmasdan buzish holaglari uchravdi. Ba’zan bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bogliq bo‘ladi. Masalan, «dialektika konunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy konushtri» tushunchalari shakliga ko‘ra turlicha bo‘lsa xam mazmunan aynandir.
Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlash- tirilishiga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Masa­lan: falsafiy nuqtai nazardan «sifat» tushunchasi o‘ziga xos mazmunga eta bo‘lsa, biror xunarmand tomonidan bu,. tushuncha boshqa mazmunda (yarokdi, foydali) qo‘llaniladi.
SHuningdek, u, bir tushunchaga kasb-hunari, hayotiy taj- ribasi va dunyoqarashi turli xil bo‘lgan shaxslar tomo­nidan turli mazmun yuklatilishida ham namoyon bo‘ladi.
Bahs-munozara jarayonida qanday qilib bo‘lsa ham ra- qibni aldash va yutib chiqish maqsadida ayniyat qonuni- ning talablarini ataylab buzuvchilar sofistlar deb ataladi. Ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.



Ba’zan turli ma’nodagi bir xil so‘zlarni mohirlik bilan ishlatish orqali ajoyib she’riy misralar yarati- ladi. SHarq adabiyotida «tuyuq» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu she’riy misralar go‘zalligi, insonga o‘ziga xos zavq berishi bilan ajralib turadi. Buiga Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining quyidagi misralari misol bo‘la oladi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
YAxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim,
YOlg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.
YUqoridagi to‘rtlikda «ot» tushunchasining turli ma’- nolarda qo‘llanilishi ayniyat qonuni talabining buzili- shini emas, balki unga rioya qilinganligini ifodalaydi.
SHuningdek, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan askiya san’atida ayniyat qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalarning o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’nolarda ko‘llanilishini kuzatish mumkin. Bu o‘ziga xos so‘z o‘yini bo‘lib, unda qo‘lla- niladitan nozik qochirimlar askiya aytuvchining mahoratini ko‘rsatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo‘ladi.
Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma’nolar­da qo‘llanilishidan g‘arazli yoki beg‘araz, yaxshi yoki yomon maksadlar uchun foydalanish mumkinligini ko‘ramiz.
Ayniyat qonuni predmet va hodisalarning nisbiy bar- qarorligini ifoda etgan holda, tafakkurning rivojlani- shini, tushunchalar va bilimimizning o‘zgarib, boyib bo- rishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni predmet va hodisalarni to‘laroq bilib borishimiz bilan o‘zgari- shini e’tirof etadi va uni hisobga olishni taqozo qiladi.
Ayniyat konuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakl- lariga xos bo‘lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos bo‘lgan konkret qoidalarda aniq ifodalanadi. Tafakkurning tushuncha, mulo- haza (hukm), xulosa chiqarish shakllari, ular o‘rtasvdagi muno- sabatlar shu qonunga asoslangan holda amalga oshadi.



Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin