1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə4/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
,,

MANTIQNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘sti- radi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini rivoj- lantiradi; bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda bo‘lishiga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi.
Muhokamani to‘g‘ri qurishga, formal ziddiyatlar, xato- larga yo‘l ko‘ymaslikka erishish, aytish mumkinki, o‘ziga xos san’at teatatr, san’ati xisoblanadi. Bu san’atnish nazariy asoslariny chukur egallagan kishigina uning imkoniyatlari- ni amaliy muhokama yuritishda namoyish kila oladi. Shu o‘rinda buyuk mutafakkir Forobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan kuyidagi fikrlarining aloxdda e’tiborga loyiq ekanligini ta’kiddash zarur. U shunday yozadi: «Bizning maqsadimiz akdni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda, to‘g‘ri tafakkurga etaklaydigan, uning yordamida har safar xulosa chiqarayotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rsatadigan san’atni - mantiq san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xutsdi grammatika kishilarning tilini go‘grilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unta xizmat qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo‘l ko‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda akdni to‘g‘irlab turadi».

Uning talim sohasvdagi vazifalari ham jidsiydir. O‘quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri fovdalanishga bog‘liq.


Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal zidsiyaglar bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga eta.



Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin