1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə7/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
,,

ETARLI ASOS QONUNI
To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muxim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligaga hech kanday shubxd bo‘lmasligi uchun uni isbotlashga, asoslashga harakag qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon kilingan fikrning chishshsh avvachщan ma’lum bo‘lgan, chishshga tasdikdangan ooshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati etarli asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi GLeybnits ta’rif- lab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun etarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’iko- si bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Etarli asos qonunining bu talabi kuyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud». Etarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati ifodalana- di. Bu qonun avvalgi ko‘rib o‘tilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos deb, berilgan mulohazaning o‘zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
Mantiqiy asos bilan ob’ektiv, haqiqiy real asosni aralashtirib yuborish mumkin emas. Asos va natija orasi- dagi mantiqiy bog‘likdikni sabab va oqibat aloqadorliga- dan farkdash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor», degan mu- lohazani «U shifoxonada davolanyapti», degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada davolanish dastlab- ki mulohazaning sababi emas, balki oqibatidir. Ko‘rinib turibdiki, mantiqiy asos hammavaqt ham hodisaning saba­bi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning etarli asosga ega bo‘lishligining ob’ektiv manbai faqat sabab-okibat muno- sabatinigina emas, shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bo‘lish xususiyatlarini xam, ya’ni ob’ektiv mazmuni sabab-oqibat munosabatlaridan tashqarida bo‘lgan boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bo‘lib, unda bir yoki undan ortiq o‘zaro bog‘langan muhokamalar tizimidan foydalaniladi. Keng ma’noda biror muloxdzani asoslash deganda, shu mulohazaning chin­ligini tasdikdovchi ishonchli va etarli dalillarning mav- judligini anikdash tushuniladi. Bu ishonchli va etarli dalillarni shartli ravishda ikki guruhga: empirik va nazariy asoslarga bo‘lish mumkin. Bulardan birinchisi asosan hissiy bilish, tajribaga asoslansa, ikkinchisi akdiy bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bo‘lgani kabi, empirik va nazariy asoslar o‘rtasidagi farq ham nisbiydir.
Insonning shaxsiy tajribasi makon va zamonda chegara- langan bo‘lib, sezgalari bergan ma’lumot esa hammavaqt ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. SHunga qaramasdan, mulohazalarni empirik asoslashning ahamiyati katta, chunki bilish jonli hissiy mushohadadan, bevosita kuzatishdan boshlanadi. Hissiy taj- riba insonni tashqi olam bilan bog‘lab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisning ustkurmasi hisoblanadi.
Nazariy asoslashda keng foydalaniladigan usul- deduktiv xulosa chiqarish usuli, ya’ni umumiy chin mu- lohazalarga tayanib fikr yuritishdir. Berilgan mulohazani mantiqiy usul orqali boshqa chin mulohazalar yordamida asoslash mumkin bo‘lsa, unda berilgan mulohaza chin, ya’ni asoslangan bo‘ladi. Bunda fikrlar o‘rtasidagi bog‘lanish umumiylik, xususiylik va yakkalik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, to‘g‘ri tafakkur qonunlarining ob’ektiv xarakterga ega ekanligini barcha ilmiy qonunlarning ob’ektiv xarakterga ega ekanligi haqidagi umumiy-chin mulohaza yordamida asoslash mumkin.
Umumiy chin mulohazalar sifatida fanlarning qonun- qoidalaridan, tushunchalarning ga’riflaridan, shuningdek, aksiomalardan foydalaniladi. Bularning barchasi nazariy asoslashning ratsional yoki demonstrativ usullari bo‘lib, ular umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan isbotlash metod- larining asosini tashkil etadi.
SHuningdek, asoslashning sub’ektiv xarakterda bo‘lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr yuritishga taallukdi bo‘lmagan usullari mavjud. Intui- siyaga, e’tiqodga, avtoritetlarga va urf-odatlarga asos- lanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan ko‘proq kundalik ong darajasida foydalaniladi.
Intuitsiya xech ka!щay muhokama va isbotlarsiz to‘tridan- to‘g‘ri haqiqatga erishish kobiliyatini ifodalaydi. Intuitsiya - lotiicha tSHSHo so‘zidan olingan bo‘lib, «dikkat bilan tikilib qarayman», de1an ma’noni bildiradi. Intuitsiya bilish jarayonida sezilarli ahamiyatga ega bo‘lib, hissiy va akdiy biliщsan o‘zgacha bir ko‘rinishni tashkil etmaydi; o‘ziga xos fikr yuritish, tafakkur qilish usulini ifodalaydi. Intuitsiya orqali inson murakkab hodisalarning mohiyatini, uniig turli qismlariga e’tibor bermagan holda, fikran yaxlit qamrab, tushunib oladi. Bunda tafakkur jarayonining alohida qismlari u yoki bu darajada anglanmaydi va asosan fikr yuritish natijasi - haqiqatgina anglangan xdpda aniq, ravshan qayd etiladi. Intuitsiya haqiqatni aniqlashda etarli asos hisoblansada, lekin bu haqiqatga boshqalarni ishontirish uchun etarli hisoblanmaydi.
E’tiqod - kishining ishonchini qozongan va shuning uchun ham uning faoliyatida xatti-harakatlarini belgilab beradigan, uning dasturi bo‘lib xizmat qiladigan qarash- larning majmuasidan iborat. E’tiqod chinligi isbotlan- gan mulohazalarga yoki tanqidiy taxdil qilib ko‘rilmagan, chinligi noma’lum boshlang‘ich bilimlarga asoslangan bo‘li- shi mumkin. Intuitsiya kabi e’tiqod ham sub’ektiv xarak­terda bo‘lib, davr o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. «Anglash uchun e’tiqod qilaman», degan edi Avliyo Avgustin va Anselm Kenterberiyskiylar (1033-1109 y.y.). Fransuz faylasufi va teologi Per Abelyar (1079-1142 y.y.) esa aql va e’tiqodning o‘zaro nisbatini haqqoniy ko‘rsat- gan holda «Etiqod qilish uchun tushunaman», devdi. Albatga, e’tiqod haqida fikr yuritganda ko‘r-ko‘rona e’tiqod bilan tarixiy va hayotiy tajriba natijasi bo‘lgan, bilimga asoslangan e’tiqodni farkdash zarur. Faqat ilmiy bilimga asoslangan e’tiqodgina fikr va mulohazalarning chinligini aniqlashda etarli asos bo‘ladi. SHuning uchun ham ular inson qalbida mustahkam o‘rnashib qoladi. Prezidentimiz I.A.Karimov: «Milliy mafkura - bu xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan o‘lmas e’tiqodidir», degadsa aynan shuni nazarda tutgan edi.
Avtoritet (aiYUSHaz - hokimiyat, ta’sir) - keng ma’noda ijtimoiy hayotning turli sohalarida biror shaxsning yoki tashkilotniig ko‘pchilik tomonidan tan olingan no- rasmiy ta’siridir. Etarli asos qonuni bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilishda avtoritet tushunchasi obro‘li, e’tiborli, nufuzli manba ma’nosida qo‘llaniladi. Avtoritetlarga asoslanish deganda esa, biror fikr, mulohaza- ning chinligini asoslashda obro‘li, e’tiborli, nufuzli manbalarga murojaat qilish tushuniladi. Nufuzli manba sifatida alohida shaxslarning fikr va mulohazalari, muqaddas diniy kitoblarda yozilgan sura va oyatlar, xalq maqollari va hikmatli so‘zlaridan foydalaniladi.
Avtoritetlarning amal qilish doirasi va davomiyligi turli xil bo‘ladi. Tor doirada amal qiladigan, qisqa mudsatli avtoritetlardan fikr-mulohazalarni asoslashda hammavaqt ham foydalanib bo‘lmaydi. CHunki vakt o‘tishi yoki amal qilish doirasining o‘zgarishi bu avtoritetlar­ning mavqeini tushirib yuborishi mumkin.
Keng doirada amal qiladigan va doimiy, muntazam bo‘lgan avtoriteglargina fikr-mulohazalarning chinligini anikdash
uchun etarli asos bo‘ladi. Bunday avtoritetlar tarixiy sharoitning, siyosiy o‘zgarishlarning ta’sirida o‘z qadr-kdm- matlarini yo‘qotmaydilar, vaqt sinovita bardoshli bo‘ladi- lar. Umuminsoniy ma’naviy madaniyat xazinasidan joy olgan buyuk mutafakkirlarning hikmatli so‘zlari, umuminsoniy- axloqiy qadriyatlar, xalqlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini aks ettirgan maqollar fikr-mulohazalarning

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin