TUSHUNCHALARNI CHEGARALASH VA UMUMLASHTIRISH Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshioip
(jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran
o‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini chegaralagan bo‘lamiz. CHegaralashda berilgan tushuncha - «mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha - «aylanma harakat» tushunchasi hosil bo‘ladi.
CHegaralash amalini davom ettirib, «Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi» tushunchasiga o‘tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo‘lgan har bir yangi tushunchaavvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo‘ladi. CHegaralash amali yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirilishi mumkin. CHunki yakka tushunchaga nisbatan tur bo‘lgan tushuncha yo‘q. Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi kuyidagicha: A - Harakat.
V - Mexanik harakat.
S - Aylanma harakat.
D - Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
Tushunchani umumlashtirish xdjmi tor tushunchadan haj- mi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fik- ran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb kabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan kengroq, lekin hajmiga ko‘ra torroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur bel- gilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushuncha- sini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. CHunki kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi kuyidagicha: A - Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishsh,
V - Aylanma harakat.
S — Mexanik harakat.
D - Harakat.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kun- dalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qo‘llaniladi. Xu- susan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadi- gan nazariy qonunlar, goyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish na- tijasida hosil bo‘ladi.
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tu- shunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmavdi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, goya, nazariya va shu kabilar- ni) talqin etiщsa ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanika- svdagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.